6-mavzu: Qo‘zg‘almas kolonnaga nisbatan burilish Reja 1


Prujinali yuk kutaruvchanlikni cheklash moslamasi



Yüklə 0,78 Mb.
səhifə6/8
tarix29.03.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#91262
1   2   3   4   5   6   7   8
6 mavzu

6.6. Prujinali yuk kutaruvchanlikni cheklash moslamasi
6.13 - rasmda prujinali yuk ko‘tarishni cheklash moslamasining konstruksiyasi ko‘rsatilgan.



6.13 rasm. Prujinali yuk kutaruvchanlikni cheklash moslamasi.

Unda yukli arqon bloki richag 1 ning qisqa yelkasiga o‘rnatilgan. Richag 1 ning ikkinchi yelkasi shtok vositasida prujina 2 qisiladi va planka 3 avtomat o‘chirgichning shtoki 4 ni harakatlanib yuk ko‘tarish mexanizmining elektr zanjirini ajratadi.


Strelali kranlarda yuk massasi bilan birgalikda ilgak qulochining o‘zgari ishiga bog‘liq holda yukning momenti ham cheklanadi.
6.14 – rasmda torsion yuk momentini cheklagich ko‘rsatilgan.

6.14 – rasm. Yuk momentining torsion cheklagichi.
U torsion po‘lat 3 dan tashkil topgan. Val 3 bir uchi bilan po‘lat truba 9 ga bikr qilib mahkamlangan. Torsion valning ikkinchi uchi harakatlanish imkoniyatiga ega bo‘lib, unga podshipnik 10 vositasida sirg‘a 2 mahkamlangan. Sirg‘a 2 strela qulochini o‘zgartiruvchi arqon 1 ning qo‘zg‘almas uchi bilan bog‘langan torsion valning buralishi ya’ni unga o‘rnatilgan richag 4 ning burilishi val 3 ning ish jarayonida elastik deformatsiya chegarasida bo‘lib, yukni ko‘tarishda strela polispastida hosil bo‘ladigan taranglik kuchiga proporsional.
Taranglik kuchi ruxsat etilgan qiymatidan ortganda richag 4 mikro o‘chirgich 5 ga ta’sir etib, elektr zanjirini uzadi va avariya paytida chalinadigan tovush hamda yorug‘lik signallarini ulaydi.
Kranning qo‘shimcha nagruzkasi 10 % dan ortganda strelaning barcha og‘ish burchaklarida ishlay olishini ta’minlash uchun cheklagich ma’lum profili kulachok shaklidagi sozlovchi moslama 6 bilan ta’minlangan. U richag 7 vositasida strela 8 bilan bog‘langan. Strelaning og‘ish burchagi o‘zgarganda kulachok 6 buriladi va mikroo‘chirgich 5 ning holati o‘zgaradi. Bunda mikrouchirgichning shtogi bilan richag 4 orasidagi masofa o‘zgaradi. Bu esa kuch momentining ham o‘zgarishini ta’minlaydi.
Kran va aravachalarni harakatlantirish mexanizmlarining harakat xavfsizligini ta’minlash uchun kran va kran aravachasi harakat yo‘llarining ikki chetiga bufer moslamalar hamda chetki o‘chirgichlar o‘rnatilgan.
Bufer moslamalar asosan yumshoq rezina yoki prujinadan tayyorlanib xarakat oxirisida inersiya kuchlarini so‘ndirish uchun xizmat qiladi. Ustki o‘chirgich sifatida knopkali o‘chirgichlar qo‘llanilib, ular bufer moslamalar bilan birgalikda o‘rnatiladi yoki xarakat tezligi katta bo‘lganda, harakat yo‘lining oxirida bufer moslamasidan ma’lum masofa oldinroqda o‘rnatiladi. Bu masofa kranning harakatlanishidan hosil bo‘ladigan inersiya kuchining kattaligiga va tormozlash yo‘liga bog‘liq bo‘ladi.
Ochiq maydonda ishlaydigan kranlar (strelali, minorali, portal kranlar) tormozdan tashqari, haydab ketilishga qarshi moslamalar v anemometrlar bilan ham jihozlanadi. Bundan ko‘zlangan maqsad shamol kuchli bo‘ladigan zonalarda kranlar ishining xavfsizligini ta’minlashdir.
Agar shamolning bosim kuchi kranning tinch holatida uning o‘z massasidan g‘ildiraklarda hosil bo‘ladigan harakatga qarshiligi kuchidan katta bo‘lsa, kran garchi tormozlab qo‘yilgan bo‘lsa ham, o‘z-o‘zidan harakatlana boshlashi mumkin.
Kranlarda qo‘llaniladigan anemometrlar shamol bosimi kuchini o‘lchab beradi va uning kran turg‘unligi uchun xavfli qiymatlarida kran xarakatini to‘xtatishni talab etuvchi tovushli yoki yorug‘lik signali beradi.

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin