6-mavzu: Qo‘zg‘almas kolonnaga nisbatan burilish Reja 1


— rasm. Kranlarning turg‘unligi aniqlash sxemalari



Yüklə 0,78 Mb.
səhifə4/8
tarix29.03.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#91262
1   2   3   4   5   6   7   8
6 mavzu

6.9 — rasm. Kranlarning turg‘unligi aniqlash sxemalari.
a-ish holatda (yukli turg‘unlik); b,v- yuksiz turg‘unlik); g-to‘satdan yuk olingandagi turg‘unlik.
GOST 13994-81 ga binoan turg‘unlik:
yukli:

yuksiz:

to‘satdan yuk olingandagi turg‘unlik.
Bu yerda: -ag‘daruvchi momentlar, mos ravishda, massasidan, dinamik yuklanishdan, shamol yuklanishdan.
Kranning og‘irlik kuchidan og‘darilishidan saqlovchi moment
-me’yoriy yuk massasi
-Kran qismlarining og‘irlik markazidan ag‘darilish chizig‘idan o‘tuvchi vertikal tekislikkacha bo‘lgan masofa.
- Kranning me’yoriy massasi
-polispastdan ag‘darilish chizig‘idan o‘tuvchi vertikal tekislikkacha bo‘lgan masofa.
R ag‘darilish chizig‘i
Yukli turg‘unlik koeffitsienti quyidagi formuladan aniqlanadi:

- ag‘darilish chizig‘i nisbatan yukdan hosil bo‘lgan moment,
- ag‘darilish chizig‘i nisbatan kran qismlari va posangi massasidan qiyalikni hisobga olgan holda hosil bo‘lgan moment,
- ag‘darilish chizig‘i perpendikulyar shamol ta’sirida kranning yukli holatida hosil bo‘lgan moment,
-kranni yurgizishda va tormozlashda, hamda burishda kran qismlari va yukdan holda hosil bo‘lgan moment.
6.4. Yuk ko‘tarish mexanizmlarining xavfsizlik qurilmalari.
Yuklarni ko‘tarish, tushirish va ko‘chirish ishlarini bajarishda xavfsizlik ta’minlash maqsadida kranlarning mexanizmlari avtomatik to‘xtatgich qurilmalar turli cheklovchi moslamalar bilan jihozlanadi. Bunday moslamalarning aniq ishlashi va ishonchli bo‘lishi xavfsizlikni ta’minlash garovidir.
Xavfsizlik qurilmalari ishlash prinsipi, bajaradigan vazifasi va tuzilishiga ko‘ra quyidagi gruppalarga klassifikatsiyalanadi:
1. Mexanizmlar, yuk va kranning xarakatini cheklovchi moslamalar. Bularga chetki o‘chirgichlar va cheklagichlar kiradi.
2. Yuk massasi va momentini cheklovchi qurilmalar.
3. Yurib ketishda saqlovchi moslamalar.
4. Shamol kuchi va tezligini o‘lchovchi, ogohlantiruvchi qurilmalar.
5. Mexanizm va kranning harakat yo‘lini cheklovchi bufer qurilmalar.
6. Kran mexanizmlarini noto‘g‘ri ishga tushirilishidan saqlovchi blokirovka qurilmalari.
7. Krenomerlar va ilgak qulochining o‘zgarishini ko‘rsatuvchi qurilmalar. Krenomerlar kran ishlayotgan maydonning eng xavfli qiyaligi to‘g‘risida ogohlantiradi.
8. Yukni vertikal tekislikdan og‘ishdan saqlovchi qurilmalar.
9. Kran mexanizmlarining maksimal tezligini cheklovchi qurilmalar.
10. Ish xavfsizligini ta’minlovchi tovush va yorug‘lik bilan ogohlantiruvchi qurilmalar.
11. Elektr motorning o‘ta yuklanishdan himoyalovchi tok, issiqlik ximoya vositalari.
12. Yashin qaytargichlar. Elektr yuritmali yuk ko‘tarish mexanizmlari oxirgi o‘chirgichlar bilan jihozlanadi.
Bunday qurilmalar yukning eng yuqorigi va pastki holatlarida elektr zanjirini tok manbaidan avtomatik tarzda uzadi. Ular shunday o‘rnatiladiki, mexanizm harakatdan to‘xtatilganda yuk ilgagi bilan balandlikni cheklovchi tirgak orasidagi masofa elektr tallarda 50 mm, yuk ko‘tarish mashinalarining boshqa turlarida 200 mm dan kam bo‘lmasligi kerak.

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin