6-mavzu: Qo‘zg‘almas kolonnaga nisbatan burilish Reja 1


Devorga o‘rnatilgan osma kran



Yüklə 0,78 Mb.
səhifə3/8
tarix29.03.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#91262
1   2   3   4   5   6   7   8
6 mavzu

6.7.Devorga o‘rnatilgan osma kran.


6.3. Kranlarning turg‘unligi.
Barcha o‘ziyurar strelali kranlar (minorali, avtomobil, portal va h.) Davlat texnika nazorati talabiga ko‘ra ish paytida va ishdan tashqari paytda ag‘darilishdan saqlash uchun ishonchli turg‘unlikka ega bo‘lishi kerak.
Erkin turgan kranga quyidagi kuchlar taesir etadi: kran massasi G ,yuk massasi Q, shamol kuchi W, inersiya kuchi, tezligi. Bu kuchlarning ba’zilari kranni ag‘darishga harakat qiladi.
6.8 – rasmda ko‘rsatilgan yuklanish sxemasidan foydalanib quyidagilarni belgilaymiz.

6.8-rasm. Kranning yukli va yuksiz turg‘unligi.
- kranning massasi t; Q – yukning yo‘l qo‘yilgan maksimal massasi, t; - strela hamda jihozlarining strela kallagi keltirilgan massasi, t;
a – kran gorizontal tekislikka o‘rnatilganda kranning aylanish o‘qi orqali ag‘darilish qirrasiga parallel o‘tuvchi tekislikdan ilgakka osilgan maksimal massadagi yukning massa markazigacha bo‘lgan masofa, m.
Strela ag‘darilish qirrasiga nisbatan perpendikulyar turganda a=l bo‘ladi; l – kran gorizontal tekislikda turganda kran aylanish o‘qidan yukning og‘irlik markazigacha bo‘lgan masofa, m; v – kranning aylanish o‘qidan ag‘darilish qirrasigacha bo‘lgan masofa, m; s – kranning ag‘darilish qirrasiga parallel aylanish o‘qidan o‘tuvchi tekislikdan kranning massa markazigacha bo‘lgan masofa, m; N – strela kallagidan osilgan yukning massa markazigacha bo‘lgan masofa, m.
X – strela kallagidan tayanchning kontur nuqtalari orqali o‘tuvchi tekislikkacha bo‘lgan masofa, m; x1 – kranning massa markazidan to tayanchning kontur nuqtalari orqali o‘tuvchi tekislikkacha bo‘lgan masofa, m;  va 1 – tayanchning kontur nuqtalari orqali o‘tuvchi tekislikdan shamol nagruzkasi tushadigan markazgacha bo‘lgan masofa;  - kranning qiyalik burchagi, gard; W va W1 - ag‘darilish qirrasiga perpendikulyar ravishda va kran turgan tekislikka parllel ravishda ta’sir etadigan shamoldan kranning shamol esayotgan tarafdagi maydoniga bo‘ladigan bosim kuchi; W2 – kran ishsiz turgan paytida shamolga tik turgan yuzasiga ta’sir etayotgan shamolning bosim kuchi; 2 – tayanchning kontur nuqtalaridan o‘tuvchi tekislikdan shamol nagruzkasi tushadigan markazgacha bo‘lgan masofa, m.
O‘zi yurar kranlarning turg‘unligi ikki xil bo‘ladi:
1. Yuk bilan turg‘unligi (6.8-rasm, a), ya’ni ish xolatida nagruzka ta’sirida bo‘lgan kranning oldinga, ya’ni strela tomonga ag‘darilishiga turg‘unligi.
2. Yuksiz turg‘unlik (6.8-rasm, b), ya’ni ish holatida bo‘lmagan kranning foydali nagruzkalarsiz paytida orqaga yonboshga, strelaning qarama-qarshi tomonga ag‘darilishga turg‘unligi.
Kranning yuk bilan va yuksiz turg‘unligi hisoblash yo‘li bilan tekshiriladi. Ish holatidagi kranning turg‘unlik darajasi – yuk bilan turg‘unlik koeffitsienti, ish xolatida bo‘lmagan kranning turg‘unlik darajasi esa, yuksiz turg‘unlik koeffitsienti bilan aniqlanadi.
Kranning barcha qismlaridan ag‘darilish qirrasiga nisbatan vujudga keladigan momentning ana shu qirraga nisbatan yukning massasidan yuzaga keltirilgan momentga nisbati yukli turg‘unlik koeffitsienti K1 deyiladi. Davlat texnik nazorati talabiga binoan bu koeffitsient 1,5ga teng yoki undan katta bo‘lsa, kranning yukli turg‘unligi qoniqarli deb topiladi.
b u yerda Mo – kranning o‘z massasidan va posangi masssidan hosil bo‘ladigan momenti:
, Nm
Mm.k – kranning aylanuvchi qismi burilganida vujudga keladigan markazdan qochma kuchdan hosil bo‘ladigan moment:
, Nm
n – burilish chastotasi, - pastga tushayotgan yuk birdaniga to‘xtatilganda yukdan hosil bo‘ladigan inersiya momenti.
, Nm
t – ko‘tarish mexanizmining barqaror ish rejimi vaqti; g – og‘irlik kuchining tezlanishi, gq9,81 m/s2.
- harakatlanayotgan kran to‘xtatilganda yukdan hosil bo‘ladigan inersiya kuchi momenti.
, Nm
t1 – harakatlantirish mexanizmining barqaror ish rejimi vaqti; V1kranning harakat tezligi; - harakatlanayotgan kran to‘xtatilganda inersiya kuchidan hosil bo‘ladigan moment:
, Nm
Mw – ish holatidagi kranga ta’sir etayotgan shamol bosimidan hosil bo‘ladigan moment:
, Nm
Mw1 – ish holatidagi kran ko‘tarayotgan yukka ta’sir etadigan shamol bosimidan hosil bo‘ladigan moment:
, Nm
Agar kranning yuk bilan turg‘unlik koeffitsienti kranning barcha qismlaridan ag‘darilish qirrasiga nisbatan hosil qiladigan momentining yuk og‘irligidan ana shu qirraga nisbatan yuzaga keladigan momentga nisbati sifatida aniqlansa, bu koeffitsientning qiymati kamida 1,4 bo‘lishi kerak.
Kranning barcha qismlaridan ag‘darilish qirrasiga nisbatan momentining shamol nagruzkasidan ana shu qirraga nisbatan vujudga keladigan momentga nisbat xususiy turg‘unligi K2 deyiladi.
Agar «Yuk ko‘tarish kranlarini o‘rnatishi va xavfsiz ishlatish qoidalari»ga binoan aniqlangan xususiy turg‘unlik koeffitsienti 1.15 ga teng yoki undan katta bo‘lsa, kranning turg‘unligi qoniqarli deb hisoblanadi.





Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin