6-mavzu: Qo‘zg‘almas kolonnaga nisbatan burilish Reja 1



Yüklə 0,78 Mb.
səhifə1/8
tarix29.03.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#91262
  1   2   3   4   5   6   7   8
6 mavzu


6-mavzu:
Qo‘zg‘almas kolonnaga nisbatan burilish
Reja
6.1 Burish mexanizmlari sxemalari.
6.2. Burish mexanizmlarining dinamik hisoblash.
6.3. O‘zi yurar kranlarning kranlar turg‘unligi.
6.4. Yuk ko‘tarish mashinalarining xavfsizlik qurilmalari.
6.5. Richagli va knopkali o‘chirgichlar.
6.6. Prujinali va ko‘taruvchanlikni cheklash moslamasi.
6.7. Yuk ko‘tarish va tashish ishlarini xavfsiz tashkil etish.
Tayanch so‘zlar: burish mexanizmi, tayanch, ustun, burish momenti, posangi, burish mexanizmi dinamikasi. turg‘unlik, ag‘daruvchi moment, muvozanat, shaxsiy turg‘unlik, yukli turg‘unlik, to‘xtatgich bufer, o‘chirgich, rыchag.
6.1 Burish mexanizmlarining sxemalari.
Burish mexanizmlari kran metall konstruksiyasini va yukni burish uchun xizmat qiladi. Aylanuvchi kranlarni bir-biridan prinsipial farqlanuvchi ikki gruppaga bo‘lish mumkin. Birinchi gruppaga shunday aylanuvchi kranlar kiradiki, ularning yuk ko‘taruvchanligi quloch uzunligiga bog‘liq bo‘lmaydi.
Ikkinchi gruppaga strelali kranlar kiradi. Ularning yuk ko‘taruvchanligi quloch o‘zgarishiga bog‘liq bo‘ladi. Burish mexnizmlari kranning qo‘zg‘almas yoki aylanuvchi qismiga o‘rnatilishi mumkin.
6.1 – rasmda kran metall konstruksiyasining buriladigan qismiga joylashgan burish mexanizmi tasvirlangan. Bu holda kichik burish tezligini olish uchun odatda chervyakli uzatma 4 ishlatiladi.

6.1 – rasm. Burish mexanizmining kinematik sxemasi.
1- elektr dvigatel; 2- tormoz; 3- mufta; 4- chervyakli uzatma;
5- prujin 6-mufta; 7- chervyak g‘ildirak vali; 8-kran kolonkasi.

Yuqori foydali ish koeffitsientini olish uchun va shuningdek kranni to‘xtatganda uzatmalarda hosil bo‘ladigan zarbli zo‘riqishlar ta’sirini yo‘qotish uchun o‘z-o‘zidan tormozlanadigan chervyakli tormozlanadigan chervyakli uzatma ishlatiladi. Ushbu mexanizmda saqlovchi mufta 6 ko‘zda tutilgan, uning siljuvchi elementi shponkada val bo‘yicha sirpanadi va prujinada 5 bosimi ta’sirida bo‘ladi.


Chervyak g‘ildiragi val 7 da erkin o‘tiradi. Chervyak valiga tormoz 2 o‘rnatilgan. Chervyak vali elektr dvigatel 1 rotori bilan kompensiyalanuvchi mufta 3 yordamida birikkan. Aylanma harakat chervyak g‘ildirak validan kran kolonkasiga 8 tishli uzatma yordamida uzatiladi. qo‘zg‘almas kolonnali kranlar posangili va posangisiz bo‘lishi mumkin.


Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin