5-Mavzu: Sezishning fiziologik mexanizmlari va sezgi turlari. Sezgilar va sezgi turlari haqida tushuncha



Yüklə 380,6 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix25.06.2023
ölçüsü380,6 Kb.
#135060
1   2   3   4   5   6   7   8
793920 (1)

Eshitish sezgilari 
Eshitish sezgilari tovushlarni sezishdan iboratdir. Tovushlar musiqiy 
tovushlarga (ashula tovushi, cholgʼu asboblarining tovushi) va shovqinli 
tovushlarga (taraq-turuq, tars-turs, sharaq-shuruq, taqir-tuqur va boshqa shu kabi 
tovushlarga) boʼlinadi. Eshitish sezgilari organi quloq boʼlib, u uch qismdan: 
tashqi quloq, oʼrta quloq va ichki quloqdan iboratdir. 
Tashqi quloq — quloq suprasi bilan eshituv yoʼlidan iborat. Tashqi quloq 
havo toʼlqinlarini yigʼuvchi karnay desa boʼladi. Tashqi quloq bilan oʼrta quloq 
oʼrtasida bir parda bor, u nogʼora parda yoki oʼrta quloq pardasi deb ataladi. Oʼrta 
quloq — nogʼora parda va unga yopishgan uchta suyakcha: bolgʼacha sandon va 
o‘zangidan iborat. Nogʼora parda, shuningdek, unga yopishuvchi suyakchalar 
(bolgʼacha, sandon va o‘zangi) havo tebranish¬larini ichki quloqqa oʼtkazadi. 
Oʼrta quloq maxsus kanal (Evstaxiy nayi) yordami bilan ogʼiz boʼshligʼiga va 
burun boʼshligʼiga tutashgan. 
Ichki quloq yoki quloq labiranti oʼzaro birlashgan uchta boʼlakdan iborat. 
Ichki quloqning yuqori qismi uchta yarim joyga kanaldan, oʼrta qismi kameradan 
(u ichki quloq dahlizi deb ataladi) va pastki qismi chigʼanoqdan iborat. Eshitish 
sezgilarining fizik sababi havo toʼlqinlarining harakati boʼlib, bu havo toʼlqinlari 
tovush chiqaruvchi jismlar tebranganda hosil boʼladi.
Hid bilish va taʼm bilish (maza) sezgilari 
Hid bilish sezgilariga hidlarni his qilish kiradi. Hidlar nihoyatda koʼp va 
xilma-xil boʼladi. Hidlarni klassifikatsiya qilish uchun umumiy bir mezon yoʼq. 
Hidlar odatda hidli narsalarning nomi bilan ataladi, masa¬lan, rayhon hidi, non 
hidi, olma hidi va hokazo. Hidlar odatda, xush va noxush deb ikkiga boʼlinadi, 
lekin bu taqsimot hidlarning mohiyatini koʼrsatib bermaydi, balki oʼsha hidlarga 
qanday qarashimizni koʼrsatadi. 


Hid bilish sezgilarining organi burun kovagining yuqori tomoni boʼlib, bu 
yerda hid bilish hujayralari va sezuvchi nervning tarmoqlari bor, sezuvchi nervning 
tarmoqlari «hid bilish sohasining shilliq pardasiga botib turadi. Hidli moddalar 
sezuvchi nervni qoʼzgʼaydi, bu qoʼzgʼalish bosh miyaga oʼtadi, natijada biz turli 
hidlarni sezamiz. Hid bilish markazi bosh miya yarim sharlari orqa yuzasining 
pastki qismida deb faraz qilinadi. Hidli moddalar hid bilish hujayralariga faqat gaz 
holatidagina taʼsir yetadi va kimyoviy reaksiya yoʼli bilan ularni qoʼzgʼaydi. 
Maʼlumki, hidli moddalarning hammasi bugʼlanadi va yeriydi. Gaz holatidagi 
moddalar nafasga olinadigan havo bilan burun kavagiga kiradi.Taʼm bilish 
sezgilariga shirin-achchiq, nordon-shirin his qilish kiradi. Shu asosiy taʼm bilish 
sezgilaridan tashqari, umumiy klassifikatsiyasi boʼlmagan juda koʼp va xilma-xil 
taʼm bilish sezgilari ham bor. Hid bilish sezgilari kabi taʼm bilish sezgilari ham, 
muayyan taʼmli narsa yoki mod-dalarning nomi bilan ataladi. Masalan, sutning 
mazasi, yogʼning mazasi, goʼshtning mazasi, nonning mazasi va b. Taʼm bilish 
sezgilarining organi tilning yuzasi va tanglayning yumshoq qismidir Tilning shilliq 
pardasida maxsus taʼm bilish soʼrgʼichlari bor. 
Ularning ichida tayoqchasimon hujayralardan to‘zilgan maxsus taʼm bilish 
«kurtaklari» yoki «sugonlari» bor. Har bir taʼm bilish sezgisining oʼziga xos 
to‘zilgan «sugoni» boʼladi. Spetsifik sifatlari bilan farq qiladigan bu taʼm bilish 
sugonlari til yuzasida bir tekisda taqsimlangan yemas. Tilning asosiy yoki orqa 
qismi achchiq mazani, ayniqsa, yaxshi sezadi, til uchi, asosan, shirin mazani, 
ayniqsa, yaxshiroq sezadi, tilning chetlari esa nordon mazani yaxshiroq sezadi. 
Tilning oʼrtasi taʼm sezmaydi. Taʼm bilish organlarining hujayrali qismlarida 
maxsus sezuvchi nervlarning chekka uchlari bor, bular maza (taʼm) bilish 
organidagi qoʼzgʼalishni bosh miyaga oʼtkazadi.

Yüklə 380,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin