5-Mavzu: Sezishning fiziologik mexanizmlari va sezgi turlari. Sezgilar va sezgi turlari haqida tushuncha


Kishi hayotida va uning faoliyatida sezgilarning ahamiyati



Yüklə 380,6 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix25.06.2023
ölçüsü380,6 Kb.
#135060
1   2   3   4   5   6   7   8
793920 (1)

Kishi hayotida va uning faoliyatida sezgilarning ahamiyati. 
Bola ona qo‘rnida 7-9 oylik boʼlgan chogʼlaridayoq uning barcha sezgi 
organlari ancha oʼsib yetilgan boʼladi. Ammo bundan, bola dunyoga kelgan 
hamono tevarak-atrofdagi narsalarni katta yoshli kishilar bilan bab-baravar idrok 
qila olar yekan, degan maʼno kelib chiqmaydi. Bolalarning sezgi organlari 
tajribaga, tarbiyaga qarab oʼsadi, mustahkamlanadi, sezish qobiliyati 
mukammallashadi. Goʼdak bolaning sezgilarini biron qoʼzgʼovchiga javoban 
koʼrsatadigan reaksiyalariga qarab bilib olamiz, holos. Shu reaksiyalarga qarab, 
bola hayotining dastlabki kunlaridanoq unda issiq va sovuqni teri sezgisi bilan 
sezish qobiliyati bor deb aytish mumkin. Tegishga javoban boʼladigan reaksiyalar 
ham ancha yaqqol koʼrinadi. Bolada taʼm bilish sezgilari ham boʼladi: bolada 
shirin eritmaga (qandga) boshqa, achchiq eritmaga (xininga) boshqa reaksiya 
boʼladi. 
Bola dunyoga kelgan dastlabki kunlardanoq yorugʼlikning oʼzgarishiga 
qarab, koʼz qorachigʼi torayadi yoki kengayadi. Ammo bola koʼz harakatlarini hali 
muvofiqlashtira olmaydi (koʼzini tuta olmaydi): bir koʼzi bir tomonga, ikkinchi 
koʼzning ikkinchi tomonga qarab turishi, bir koʼzini ochib ikkinchi koʼzini yumib 
yotishi mumkin. Bola har narsaga tikilib tura olmaydi. Bola taxminan ikkinchi oy 
oxirida narsalarga tikilib qaraydigan boʼladi; shu vaqtda bola tikilgan narsasi 
chetga surilsa, uni koʼzlari bilan birinchi marta qidira boshlaydi. Besh oylik bola 
yorqin ranglarni ancha ayiradigan boʼlib qoladi. 
Bola tugʼilgan dastlabki kunlarda hech narsani eshitmaydi. Buning sababi 
shuki, yangi tugʼilgan bolaning oʼrta qulogʼiga maxsus modda toʼlgan boʼladi, bu 
modda tovushning oʼtishiga toʼsqinlik qiladi. Bu modda birin¬chi hafta davomida 
aksari shimilib ketadi, bola tovushga javoban reaksiya koʼrsata boshlaydi. 
Avvallari bola faqat tovushning kuchiga javob bersa, ikki-uch oyligida tovushning 
qay tomondan kelayotganligini bila bosh¬laydi va tovush kelgan tomonga boshini 
bura boshlaydi. Bolaning tovush¬larga sezgirligi oʼsa boshlaydi, yoqimli ashula 
yoki musiqa tovushini eshitganda talpinib suyunadi va aksincha, qattiq tovushlar 
eshitganda, buni yoqtirmaganligidan chinqiradi. 


Bola hayotining dastlabki 3-4 oyida sezgi organlarining hammasi oʼz 
vazifasini oʼtaydigan boʼlib qoladi; keyinchalik shu organlar oʼsadi va farq qilishga 
doir sezgirlik kuchayishi bilan sezgilar bir-biridan ajratila boshlaydi. Masalan, bola 
toʼrt yoshligida koʼpgina ranglarni bir-biridan ayiradi. Ikki-uch yashar bolalarda 
eshitish sezgisi shu qadar oʼsadiki, ular ayrim kishilarning ovozlarini va ayrim 
narsalarning tovushlarini bemalol ayirish bilan birga, murakkab kuylarni ham ayira 
oladi va eng oddiy kuylarni ayta boshlaydi. 7 yoshdan 10 yoshgacha bolalarda 
ranglarning tuslarini sezish 45 foiz ortishi, 10 yoshdan 12 yoshgacha bolalarda 65 
foizgacha ortishi olimlar-ning maxsus tekshirishlarida aniqlangan. Maktab 
oʼquvchilarini rasmga oʼrgatish ranglarni ayirish sezgirligining oʼsishiga katta 
taʼsir koʼrsatadi. Sezgilarning oʼsishi uchun jismoniy tarbiyaning muhim ahamiyati 
bor.

Yüklə 380,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin