5-Mavzu: Sezishning fiziologik mexanizmlari va sezgi turlari. Sezgilar va sezgi turlari haqida tushuncha


Teri sezgilari va muskul-harakat sezgilari



Yüklə 380,6 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix25.06.2023
ölçüsü380,6 Kb.
#135060
1   2   3   4   5   6   7   8
793920 (1)

Teri sezgilari va muskul-harakat sezgilari
Teri sezgilariga tuyush va harorat sezgilari kiradi, bu sezgilarning teri 
sezgilari deb atalishiga sabab shuki, bu sezgilarning chekka nerv apparatlari 
(retseptorlar) terida va organizmimizning tashqi shilliq pardalarida boʼladi. Tuyush 
sezgilari — tegish, tarqalishni tuyush sezgilari yoki tuyush tanachalari. Taktil 
sezgilar, shuningdek, silliq yoki gʼadir-budurni tuyush sezgilaridir. Biror narsaning 
tegishini sezish tashqi taʼsir (qoʼzgʼalish) kuchayganda siqiq sezishga aylanadi. 
Qoʼzgʼalish yanada kuchayganda siqiq ogʼriq sezgisiga aylanishi mumkin. Ammo 
terida seziladigan har qanday ortiq teriga taʼsir yetadigan tashqi qoʼzgʼalishga 
bogʼliq boʼlavermaydi, albatta. 
Tuyush sezgilari organi — teridagi va tashqi shilliq pardalardagi tuyush 
tanachalari degan maxsus tanachalardir. O‘sha tanachalarning ichida, qisman esa 
tashqarisida (bevosita epiteliyda) tuyush nervining chekka tarmoqlari bor. Ular 
terida va gavdamizning shilliq pardalarida bir tekisda taqsimlangan yemas. Bu 
tanachalar barmoqlarning uchida, til uchida, labda zich joylashgandir. Shuning 


uchun ham gavdamizning ana shu qism¬lari tekkan narsani, silliq va gʼadir-
budurni boshqa qolganlaridan yeng koʼp sezgiridir. Tuyush tanachalari orqa 
terisida juda siyrakdir. Tuyush tanachalari va sezuvchi nervning chekka tarmoqlari 
nechogʼli zich taqsim langanligi esteziometr nomli maxsus asbob yordamida 
aniqlanadi. 
Tuyush markazi bosh miya poʼstining orqadagi markaziy pushtasida deb 
faraz qilinadi. Tuyush sezgilarining tashqi, fizik sababi biron-bir bu-yumlarning 
teriga bevosita tegishidir. Bunda biz narsaga tegish bilan birga uni paypaslasak
uning bilan biron ish qilsak, tuyush sezgisi ancha oshadi. Bunday hollarda tuyush 
organlari muskul-harakat organlari bilan bir-galikda ishlaydi. Harakat bilan bogʼliq 
sezgilar taktil sezgilar ila birga qoʼshilganda, narsalarning asosan, sil¬liq yoki 
gʼadir-budur yekanligi bilinadi. Tuyush sezgisida va paypaslashda qoʼl, jumladan, 
qoʼl barmoqlari, ayniqsa, katta rol oʼynaydi. Odamning faoliyatida, tevarak-
atrofdagi olamni bilishida qoʼl tuyush va paypaslashning maxsus organi boʼlib 
xizmat qiladi. 
Harorat sezgilariga issiq va sovuqni sezish kiradi. Terida va shilliq 
pardalarda maxsus tanachalar bor, ularning ichida issiqni yoki sovuqni sezadigan 
maxsus nervlarning chekka tarmoqlari boʼladi. 
Harorat sezgilarining tashqi sababi biron haroratga ega boʼlgan qattiq, suyuq 
va gazsimon jismlarning organizmimizga tegib turishidir. Issiqni yoki sovuqni 
ayirish terimizga tegib turgan narsa (qoʼzgʼovchi) harorati bilan badan harorati 
oʼrtasidagi nisbat bilan belgilanadi. Muskul-harakat sezgilari motor sezgilar yoki 
kinestetik sezgilar deb ham ataladi. Bu xil sezgilarga tazyiq (ogʼirlik)ni bilish 
sezgilari, qarshilikni (qattiqlik, yumshoqlikni) bilish sezgilari va ayrim 
organlarning ha-rakatini bilish sezgilari kiradi. Bu sezgilarning organlari — 
gavdamizdagi hamma muskullar, paylar va boʼgʼim yuzalaridir. Hamma 
muskullarda, paylarda va boʼgʼimlarda maxsus sezuvchi nervlarning chekka 
tarmoqlari bor, muskul-harakat sezgilari va statik sezgilar ana shu nerv tarmoqlari 
yordami bilan hosil boʼladi. Muskul-harakat sezgilarining tashqi, fizik sababi 
muskullarimizga taʼsir etuvchi narsalarning mexaniq tazyiqi yoki qarshiligi
shuningdek, gavdamizning harakatlaridir.
Statik sezgilar gavdamizning fazodagi holatini bilish va muvozanat saqlash 
sezgilari deb ataladi. Gavdaning fazodagi holatini bilish va muvozanat saqlash 
sezgisi uchun ichki quloqdagi vestibulyar apparat retseptor vazifasini oʼtaydi.
Organiq sezgilar. Ochiqqanda, suvsaganda, ortiq toʼyib ketganda, 
charchaganda, koʼngil ayniganda, ichki organlarimiz ogʼriganda ichki sezgilar 
tugʼiladi, bularni organiq sezgilar deyiladi; kishining oʼzini tetik, salomat, kasal his 
qilish-lari ham organiq sezgilar jumlasidandir. Organiq sezgilarning koʼpi 
differensiatsiyalanmagan va betayin boʼladi. Bu sezgilarning retseptorlari ichki 


organlarda: qiziloʼngach, meʼda, ichak, qon tomirlari, oʼpka va shu kabilarda 
boʼladi. Yuqorida aytganimizdek, ichki organlarda boʼlib turadigan jarayonlar 
organiq sezgilar retseptorlarining qoʼzgʼovchilaridir. Ammo ichki organlar salomat 
boʼlib, sogʼlom ishlab turgan vaqtda biz ichki (organiq) sezishlarni yo 
payqamaymiz yoki bu sezgilar oʼzimizni umuman «yaxshi» his qilish tetiklik
sogʼlomlik va boshqa shu kabi tuygʼular tarzida ifo-dalanadi.

Yüklə 380,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin