5-Mavzu: Sezishning fiziologik mexanizmlari va sezgi turlari. Sezgilar va sezgi turlari haqida tushuncha



Yüklə 380,6 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix25.06.2023
ölçüsü380,6 Kb.
#135060
  1   2   3   4   5   6   7   8
793920 (1)



5-Mavzu: Sezishning fiziologik mexanizmlari va sezgi turlari.
Sezgilar va sezgi turlari haqida tushuncha. 
Tevarak-atrofimizda bo‘lgan va bizga taʼsir etib turadigan narsa va 
hodisalarning xilma-xil xossalari bor. Bu xossalar koʼruv, eshituv, tuygʼu organlari 
va shunga oʼxshash sezgi organlari yordami bilan ongimizda bevosita aks etadi. 
Sezgi organlarimizga taʼsir etadigan narsalardagi ayrim xossalarning miyamizda 
shu tariqa bevosita aks etishi sezgi deb ataladi. Biz qizil, yashil ranglarni, shirin, 
achchiq taʼmlarni, ogʼir-engilni, issiq-sovuqni va shu kabilarni sezamiz. Sezgi 
organiga taʼsir yetib, sezgini vu¬judga keltiradigan har bir narsa (yoki hodisa) 
qoʼzgʼovchi deb ataladi, uning taʼsiri esa qoʼzgʼalish deb yuritiladi. 
Sezish jarayoni quyidagicha ro‘y beradi:
1) narsa yoki hodisalar sezgi organlariga (retseptorga) taʼsir etib, tegishli 
sezuvchi nervning chekka (periferi) uchlarini qoʼzgʼaydi;
2) shu yerda kelib chiqqan qoʼzgʼalish oʼsha nervning oʼtkazuvchi yoʼli 
orqali bosh miya poʼstining tegishli markaziy hujayralar sistemasiga oʼtadi; 
3) bu yerda nerv qoʼzgʼalishi psixik hodisaga, yaʼni sezgiga aylanadi. 
Sezish jarayonining ana shu 3 bosqichi I.P. Pavlov tomonidan analizator deb 
atalgan sezuvchi nerv apparatining tuzilishiga muvofiq ravishda oʼtadi. Har bir 
analizator sezuvchi nervning chekka tarmoqlaridan, oʼtkazuvchi yoʼlidan va bosh 
miya poʼstining markaziy hujayralaridan iborat. Аnalizatorning yuqorida 
koʼrsatilgan qismlaridan birortasi zararlansa, sezgi hosil boʼlolmaydi. Nomidan 
ham koʼrinib turibdiki, analizatorlar tevarak-atrofdagi olam taʼsirlarini analiz qilib 
beradi. Аnalizatorlar insonning koʼp asrlardan beri davom etib kelgan tarixida 
hayot uchun nihoyatda muhim boʼlib kelgan qoʼzgʼovchilarni boshqa 
qoʼzgʼovchilardan ajratadi, ularni bir-biridan ayirib beradi. 
Sezgilar xilma-xil boʼladi. Turli-tuman sezgini qaysi sezgi organlari yordami 
bilan hosil qilsak, ularni oʼsha organlarga qarab, quyidagi turlarga, yaʼni koʼrish 
sezgilari, eshitish sezgilari, hid bilish sezgilari, taʼm (maza) bilish sezgilari, teri 
sezgilari, muskul-harakat sezgilari va organik sezgilarga ajratiladi. Sezgi organlari 
qayerda ekanligiga va qayerdan qoʼzgʼalishiga qarab, ularni uch guruhga ajratish 
mumkin:

Yüklə 380,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin