5-mavzu: Dunyoning konfetsional manzarasi Rеja: Konfessiya tushunchasi Dunyoning konfetsional manzarasi


Dinlarni tasniflashda G’arb olimlarining qarashlari



Yüklə 270,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/11
tarix02.01.2022
ölçüsü270,11 Kb.
#43064
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
3- семинар мавзулари

Dinlarni tasniflashda G’arb olimlarining qarashlari. 

 

Qadimgi davrlardan dinni o’rganishda muammoga yondashuv va ularni hal 



etish  usullari  bilan  o’zaro  farq  qiladigan  ilohiyot  va  ilmiy  yo’nalishlar  yuzaga 

kelgan.  

 

Ilohiyot ta’limotiga ko’ra olam, undagi barcha narsa va jonzodlarni xudo 



yaratgan. Olamdagi barcha hodisa va jarayonlar uning irodasi bilan yuz beradi. 

Jahon dinlaridan biri bo’lgan xristianlik ta’limotiga binoan xudo insonni o’zining 

jismiga monand qilib yaratdi va moddiy olamga egalik qilishni buyurgan. Xudo 

borliqni, shu jumladan, insonni ham yaratgan vaqtda u bilan bevosita muloqotda 

bo’lgan. Lekin, Odam Ato (Adam) va Momo Havo (Eva) xudoning irodasini 

bajarmay gunohga yo’l qo’yganligi sababli, u bilan bevosita muloqot 

imtiyozidanmahrum bo’ldi.  

Lekin  xudo  insonga  xalos  bo’lish  imkoniyatini  berdi.  Insoniyat  xudoni  bilish, 

ilohiy  haqiqatni  idrok  etish  salohiyatini  saqlab  qoldi.  Zero,  insonning  xudo  bilan 

bevosita  aloqani  qayta  tiklash  yo’lidagi  faoliyati  umumiy  nom  bilan  din  deb 

ataladi.  

 

Insoniyat  xudo  bilan  aloqadan  mahrum  bo’lganidan  keyin  jaholat,  zulmat, 



adolatsizlik,  yovuzlik  va  muhtojlik  kabi  vayronkor  kuchlarga  qarshi  tinimsiz 

kurash olib borishga duchor qilindi. Qiyin sinovlarga duchor bo’lgan inson xudoni 

bilish  maqsadidan  voz  kechmadi.  Uning  buboradagi  dastlabki  qadami  xudoga 

ibodat  qilishdan  boshlangan.  Injilda  qayd  etilishicha,  inson  dastlabki  ibodatida 

xudoga  qurbonlik  keltirgan.  Mashaqqatli  mehnat  bilan  topgan  mahsulotining  bir 

qismini  qurbonlikka  bag’ishlagan  va  yo’l  qo’ygan  xatosi  uchun  har  qanday 

sinovlardan o’tishga tayyorligini namoyish etgan.  

 

Ilohiyot  insoniyat  tarixini  xudoni  bilish  tarixideb  biladi.  Odamzod  asrlar 



davomida  xudoni  bilishga  intilib,  moddiy  dunyo  to’g’risidagi  bilimlarini 

takomillashtirib bordi va bu jarayon hali nihoyasiga yetgani yo’q.  




 

Kishi xudoga e’tiqod qilishni dastlab yakka xudoga sig’inishdan boshlagan. 

Keyinchalik  turli  obektiv  va  subektiv  sabablar  tufayli  tabiat  voqeliklarini 

ilohiylashtirgan  va  ko’pxudolik  paydo  bo’lgan.  Uzoq  vaqt  davom  etgan 

izlanishlardan  keyin  yagona  xudoga  sig’inish  yana  qayta  tiklandi.  Ilohiyot 

an’analariga  asoslanadigan  dinshunoslar  din  tarixini  yuqorida  qayd  etilgan 

prinsiplar asosida o’rganadi.  

 

Fan  dinning  vujudga  kelish  sabablarini  o’rganishda  boshqa  prinsip  va 



qonuniyatlarga  asoslanadi.  Olamning  g’ayritabiiy  kuch  faoliyati  natijasida  paydo 

bo’lganligi g’oyasi inkor qilinadi. Fan dinni madaniyatning tarkibiy qismi sifatida 

ilmiy  uslublarga  tayanibo’rganadi.  Dinni  ilmiy  o’rganish  dalillarga  asoslanadi. 

Dinshunoslikbu dalillarni tabiiy va ijtimoiy fanlardan oladi.  

 

Tarixiy manbalarga ko’ra insoniyat hozirgi holatga ega bo’lishi uchun  



bir  necha  million  yillik  tadrijiy  rivojlanish  davrlaridan  o’tgan.  Bu  jarayon  bir 

qator  bosqichlarga  bo’linadi.  Miloddan  avvalgi  40–35-ming  yilliklarda  «Xomo 

xabilis»  (ishbilarmon  odam)  o’rnini  «Xomo  sapiens»  (ongli  odam)  egallagan. 

«Xomo  sapiens»ning  dastlabki  vakili  «kromanyon  odam»  ajdodlaridan  jismoniy 

tuzilishi,  fiziologik  va  ruhiy  imkoniyatlari  bilan  keskin  farq  qilgan.  SHu  davrdan 

boshlab  madaniyatning  muhim  elementlari  til  orqali  muloqot  qilish,  qon-

qardoshlik aloqalari, o’zaro munosabatlarni axloq normalari asosida tartibga solish 

tsingari madaniyat elementlari vujudga kelgan.  

Bizgacha  yetib  kelgan  arxeologik  manbalarning  tasdiqlashicha,  yuqori  paleolit 

davridan boshlab odamlar vafot etgan urug’doshlarini ko’mish marosimini amalga 

oshirganlar. Marhumlarning tanasiga rangli bo’yoq surtilgan, qabriga ov vamehnat 

qurollari,  maishiy  buyumlar  qo’yilgan.  Qoya  va  g’orlarda  chizilgan  sujetlarda 

odamlar yarim odam va yarim hayvon qiyofasida tasvirlangan. Ushbu ma’lumotlar 

ham o’sha vaqtda dinning paydo bo’lganligini ko’rsatadi.  

 

Dinning  vujudga  kelish  sabablarini  ilmiy  o’rganish  qadimgi  davrlardan 



boshlangan.  Dastlabki  ilmiy  qarashlar  Qadimgi  SHarq  va  Qadimgi  O’rta  Yer 

dengizi tsivilizatsiyalarida namoyon bo’lgan. O’rta Yer dengizi havzasida vujudga 

kelgan  Qadimgi  Grek  va  Rim  tsivilizatsiyalarida  dinning  vujudga  kelishini  ilmiy 

o’rganishda  katta  yutuqlar  qo’lga  kiritilgan.  Qadimgi  grek  mutafakkirlari  bunga 

munosabat  masalasidaikki  oqimga  bo’linadi.  Birinchi  oqim  tarafdorlari 

odamlarning  xudoga  e’tiqod  qilishi  sabablarini  ruhiy  (ideal)  kuchlarning  obektiv 

mavjudligi  bilan  bog’lab  tushuntirganlar;  ikkinchi  oqim  tarafdorlari  esa  dinning 

vujudga kelishini tabiiy  va ijtimoiy  sabablarini  axtarib topishga  harakat qilganlar. 

Ularning  fikrlariga  ko’ra,  din  o’z-o’zidan  (immanent)  vujudga  kelmagan,  balki  u 

odamlarni qo’rqitish va jamiyat qonunlarini bajarishga majbur qilish uchun o’ylab 

topilgan. Qadimgi grek mutafakkirlaridan biri bo’lgan Demokrit dinni odamlarning 

tabiatdagi  dahshatli  kuchlardan  qo’rqishlari  va  ular  oldidagi  ojizliklar  sababli 




vujudga kelgan deb hisoblagan. Albatta, buni inkor etib bo’lmaydi, lekin xudoga 

munosabatda  odamlarda  ko’proq  qo’rqinch  hissi  emas,  balki  mehr-muhabbat 

tuyg’usi  ustuvorlik  qiladi.  Bundan  tashqari,  qo’rqinch  hissining  odamda  nafratni 

vujudga keltirishini ham unutmaslik kerak.  

 

Antik  davr  hurfikrligi  dinning  vujudga  kelishi  sabablarini  moddiy  borliq 



bilan  uzviy  bog’lab  tushuntirishda  erishgan  yutuqlari  ilmiy  dinshunoslikning 

vujudga kelishidakatta ahamiyatga ega bo’ldi.  

 

O’rta asrlarda ijtimoiy va siyosiy shart-sharoitlar ta’sirida dinning iqtisodiy, 



siyosiy va madaniy hayotdagi o’rni vamavqei yanada ortdi.  

 

Cherkov va ruhoniylar dunyoviy hokimiyatga da’vogarlik qilish bilan birga 



hurfikrlikning  har  qanday  ko’rinishlariga  qarshi  keskin  kurashdilar. 

Mutafakkirlarning  haqiqatni  izlash  yo’lidagi  sa’y-harakatlarida  diniy  dogmalar 

doirasidan chetga chiqishga yo’l qo’yilmadi.  

 

Evropada  Uyg’onish  davriga  kelib,  ijtimoiy-iqtisodiy  va  siyosiy  hayotda 



amalga  oshirilgan  o’zgarishlar  (kapitalistik  munosabatlarning  vujudga  kelishi  va 

rivojlanishi,  fan  va  san’atning  yuksalishi,  gumanizm  va  reformatsiya  harakatlari)  

natijasida hurfikrlilik asta-sekin qayta tiklana boshlagan. Ingliz mutafakkiri Tomas 

Gobbs  (1588–1679  yillar)  dinning  vujudga  kelishi  sabablarini  odamlarning  tabiat 

vajamiyat  rivojlanishi  qonuniyatlarini  bilmasligi,  ular  oldidagi  ojizligi,  doimo 

tahlika  va  qo’rquvda  yashashlari  bilan  bog’lab  tushuntirgan.  Niderlandiyalik 

mutafakkir  B.  Spinoza  esa  (1632–1677  yillar)  T.  Gobbsning  g’oyalarini 

rivojlantirgan.  U  o’z  kuchiga  ishonmaslik,  umid  va  qo’rquv  o’rtasida  doimiy 

ikkilanish  odamlarga  xos  deb  hisoblagan  va  diniy  e’tiqodning  ular  ta’sirida 

vujudga kelgani to’g’risidagi g’oyani ishlab chiqqan.  

XVIII  asrda  feodal  tuzum  inqirozi  sababli  burjua  revolutsiyalarining  yangi  kuch 

bilan  Yevropada  yoyilishi  mutafakkirlarning  dinga  munosabatida  o’ta  keskin 

namoyon  bo’lgan.  Din  –  feodal  tuzumning  inqirozi  sababchisi  va  ijtimoiy 

taraqqiyotga  to’sqinlik  qiluvchi  kuch,  degan  kayfiyat  ustuvorlik  qilgan.  Bunday 

fikr ayniqsa frantsuz ma’rifatparvarlarining qarashlarida keskin namoyon bo’lgan. 

Ma’rifatparvar  P.  Golbax  (1723–1789)  dinni  kishining  xayolida  vujudga  kelgan 

safsata deb baholagan. F. Volter (1694–1778) diniy e’tiqod va cherkov an’analarini 

tanqid qilib, agar din bo’lmaganida uni o’ylab topish kerak edi, deb P. Golbaxning 

fikrini  qo’llab-quvvatlagan.  Ma’rifatparvar  P.  S.  Mareshal    (1750–1803)    dinni  

tanqid  qilishda  yanada  keskin  fikr  bildirgan  va  din  inson  uchun  afyundir  degan 

xulosaga kelgan.  

 

Ma’rifatparvar  mutafakkirlarning  din  vujudga  kelishi  sabablarini 



o’rganishda  aytgan  mulohazalariniamaliyotdan  yiroq  deb  bo’lmaydi.  Lekin 

ularning  muammoni  o’rganishdagi  ilmiy-obektivyondashuvlari  buzilganligi 

shubhasizdir, chunki dinni quruq safsatadaniborat voqelik yoki inson uchun afyun 



deb  baholash  uning  ijtimoiy  hayotdagi  ahamiyatini  to’liq  inkor  etishdan  boshqa  

hech narsa emas. Ayni damda ma’rifatparvarlarning, o’ta keskin bo’lsa-da, dinning 

vujudga kelishini ijtimoiy hayot bilan bog’lab tushuntirishga urinishlari antik davr 

hurfikrligining  qayta  tiklanishi  va  jamiyatda  mustahkam  o’rniga  ega  bo’lishiga 

sharoit yaratganini qayd etish lozim.  

 

XIX  asrda  dinning  mohiyati  va  vujudgakelishi  sabablarini  kompleks 



o’rganish  boshlagan.  Ilmiy  dinshunoslik  maktablari,  yo’nalishlari  va  ta’limotlari 

paydo  bo’lgan.  Birinchilar  qatorida    V.  Grimm,    M.  Myuller    kabi  shaxslar 

rahbarligida  mifologik  maktab  vujudga  kelgan.  Ushbu  maktab  vakillari  diniy 

e’tiqodlarni  qadimgi  munajjimlar  bajarganlar  va  afsonalarda  ta’riflangan 

marosimlarni  o’rganishdan  paydo  bo’lgan  deb  hisoblaganlar.  Ammo  maktab 

vakillari rivojlangan diniy tizimlarni tahlil qilishda aniq xulosalar bermaganlar.  

 

Dinning paydo bo’lishini o’rganishda o’sha davrda antropologik maktabning 



vujudga  kelishi  muhim  bo’ldi.  Ushbu  maktabning  vakillaridan  biri  L.  Feerbax 

(1806–1880)  dinni  tushuntirishda  uning  yerdagi  manbalari  va  ildizlarini  izlab 

topishga  harakat  qilgan.  Odamlar  din  timsolida  o’zlarining  tasavvurlari    orqali 

vujudga  keltirilgan  obrazlarga  sog’inadi  deb  diniy  qarashlar  va  hissiyotlar 

kishilarda tug’ma mavjudligi to’g’risidagi ilohiyot g’oyasini tanqid qilgan. Uning 

vujudga  kelishi  sabablarini  odamlarning  ruhiy  fiziologik  xususiyatlari  va  qurshab 

turgan  tabiatdan  axtarib  topishga  harakat  qilgan.  Mutafakkir  diniy  e’tiqodning 

vujudga kelishida salbiy his-tuyg’ular, ya’ni qo’rqish, qayg’u-iztirob kabilar bilan 

birga  shodlik,  mehr-oqibat,  sevgi,  minnatdorlik  tsingari  ijobiy  his-tuyg’ular  ham 

ishtirok yetishini qayd etgan.  

 

XIX asrning o’rtalarida vujudga kelgan marksizm dinni o’rganishda  



o’zgacha  yondashuvga  asoslanadi.  Unda  ijtimoiy  shart-sharoitlar  va  jamiyat 

rivojlanishi  darajasiga  alohida  e’tibor  beriladi.  Marksizm  ta’limotiga  binoan, 

individ  shaxs  sifatida  tarixiy  shart-sharoitlar  ta’sirida  shakllanadi.  Shu  bois  diniy 

tasavvurlar inson ongida emas, balki tarixiy jarayonlar ta’sirida paydo bo’ladi. Din 

turlarining  rivojlanishi  ham  o’z-o’zidan  yuz  bermaydi.  Ularijtimoiy  shart-

sharoitlarning pishib yetilishi va jamiyatning rivojlanishi ta’sirida o’zgarib boradi.  

 

Marksizm  dinning  ijtimoiy  hayotdagi  o’rni  va  ahamiyati  masalasida  dinni 



hukmron  sinflarning  afkor  xalqommasini  ezish  vositasi,  ijtimoiy  taraqqiyotga 

qarshi kuch hamda ma’naviy zulmshakli deb baholagan.  

 

XX 


asrda 

dinning 


vujudga 

kelishisabablarini 

antropologik 

yondashuvidagidek ibtidoiy odamning abstrakt tafakkuri mahsuli, ongning mantiq 

qoidalariga  zid  kelishi  natijasi  sifatida  baholash  va  marksizmdagi  hukmron 

sinflarning  afkor  xalq    ommasini  ezish  vositasi,  ijtimoiy  taraqqiyotga  to’sqinlik 

qiluvchi kuchkabilar bilan bog’lab tushuntirishdan farq qiluvchi g’oyalar vujudga 

kelgan.  




 

XIX  asrning  oxiri  –  XX  asrning  boshlarida  dinni  sotsiologik  o’rganishda 

katta  yutuqlar  qo’lga  kiritilgan.  Bu  sohada  nemis  mutafakkiri  M.  Veber  (1864–

1920) va frantsuz mutafakkiri E. Dyurkgeymlarning (1858–1917) xizmatlari katta 

bo’lgan. 

 

M.  Veberning  fikriga  ko’ra,  sotsiologiyani  dinning  manbalari  va  metafizik 



mohiyati  masalasi  emas,  balki  uning  mavjudligi,  shart-sharoitlari  qiziqtiradi. 

Sotsiologiya  esa  diniy  g’oyalar  va  tasavvurlarning  kishilar  xatti-harakatlari  va 

ijtimoiy hayotga ta’siri kabi masalalarni o’rganishi kerak.  

 

M.  Veber    sotsiologiya  predmetini  dinning  sotsial  funksiyasidan  kelib 



chiqqan  holda  belgilagan.  Dinni  individ  va  jamiyatning  ahamiyati,  simvollari  va 

qadriyatlarini belgilovchi madaniy tizim, ijtimoiy institut deb hisoblagan.  

 

Din qadriyatlarning birlamchi asosidir.  Zero, din  kishi harakatiga  ma’no va 



mazmun  baxsh  etuvchi  eng  muhim  usul  sifatida  uning  maqsadini  belgilaydi.  Din 

vositasida  dunyo  manzarasi  ishlab  chiqiladi,  unda  amal  qiladigan  qadriyatlar  va 

normalar  tizimi  hosil  qilinadi.  Bu  esa  hayot  uchun  nimalar  ahamiyatli  yoki 

ahamiyatsiz ekanligini aniqlovchi vosita vazifasini bajaradi.  

 

E.  Dyurkgeym  dinni  o’rganishda  M.Veberga  nisbatan  tamoman  boshqacha 



yondashadi. U dinni o’rganishda sotsiologik tadqiqotlarning umumiy prinsiplariga 

tayanadi.  Uning  fikriga  ko’ra,  sotsial  ma’lumotlarning  manbai  tafakkurda  yoki 

alohida  olingan  kishilarning  xattiharakatlarida  emas,  balki  jamiyatdadir.  Sotsial 

voqelik hosilbo’lishi uchun kamida bir necha kishi birlashib harakat qilishi va bu 

jarayon  yangi  natijani  vujudga  keltirishi  kerak.  Mazkur  jarayonlarning  natijasi 

individ ongidan tashqarida yuzaga kelganligi sababli, individual tafakkurlar uchun 

xatti-harakatlar,  qadriyatlar  va  normalar  namunasi  vujudga  keladi  va 

mustahkamlanadi. Natija ijodiy jarayonda ishtirok etayotgan individ uchun obektiv 

voqelikka aylanadi. Din ijtimoiy voqelik bo’lib, unda boshqa ijtimoiy institutlarni 

o’rganishdagi uslublar va baholash mezonlaridan ham foydalanish mumkin.  

 

Din  muayyan  ijtimoiy  ehtiyojlarni  ta’minlash  maqsadida  yuzaga  kelgan 



ijtimoiy  institutdir.  Uning  manbai  odamlarning  ijtimoiy  hayotidan  kelib  chiqadi. 

Din  orqali  jamiyat  o’zini  ilohiylashtiradi.  Uning  mavjudligi  va  mohiyati  ijtimoiy 

his-tuyg’ularni 

muqaddaslashtirishga, 

jamiyatning 

shaxsga 


ta’sirini 

mustahkamlashga xizmat qilishdan iborat bo’ladi.  

 

Dinni  sotsiologik  o’rganish  uni  ijtimoiy  voqelik  sifatida  yondashuvga 



asoslanadi. Lekin din nafaqat sotsiologik, balki ruhiy voqelik ham hisoblanadi. Din 

psixologiyasi vakillari uni o’rganishda ushbu jihatlariga alohida e’tibor beradilar. 

Ular  dinning  vujudga  kelishi  sabablarini  odamni  o’rab  turgan  tashqi  dunyodan 

emas, balki insonning o’zida, ichki borlig’i va hissiy-irodaviy kechinmalarida deb 

hisoblaydilar.  



 

Din psixologiyasini o’rganishda  Z.  Freydning  (1856-1939) xizmatlari  katta 

bo’lgan.  Z.  Freyd  dinni  inson  faoliyatining  mahsuli  deb  hisoblagan.  U  dinning 

kishi  tabiatga  qaramligi  sababli  vujudga  kelganligini  qayd  etgan  holda  bilishning 

irratsional  (lotinchada  –  mantiqsizlik,  tafakkurga  zid  qarashlar  degan  ma’nolarni 

anglatadi)  mexanizmlarini  hal  qiluvchi  ahamiyatga  ega  ekanligialohida 

ta’kidlagan.  

 

Z.  Freydning  ta’limotiga  ko’ra,  inson  psixikasi  uch  darajaning  o’zaro 



hamkorligidan  hosil  bo’ladi:  ongsizlik,  ong  oldi  va  onglilik  darajalari.  Bularning 

ichida  ongsizlik  darajasi  psixikada  katta  ahamiyatga  ega.  Inson  psixikasining  bu 

darajasida  tabiiyinstinktlar  va  «birlamchi  mayllar»  ustuvorlik  qiladi.  Z.  Freyd 

asosiy mayllar qatorida jinsiy mayllarni ustun qo’ygan. Individning ongsizlik bilan 

bog’liq  mayllari  jamiyat  uchun  katta  xavf-xatar  tug’diradi.  Jamiyat  o’zini  kishi 

mayllaridan  himoya  qilishi  uchun  ijtimoiy  normalar  va  boshqa  madaniyat 

elementlaridan  iborat  ustqurma  mexanizmlarni  vujudga  keltirgan.  O’ta  kuchli 

tabiiy 


ehtiyojlarni 

ijtimoiy 

normalar 

bilan  tiyib 

turishdin 

yordamida 

mustahkamlanadi.  Z.  Freydning  fikriga  ko’ra,  tabiiy  mayllarning  tiyilishi  individ 

psixikasida  nevroz  holatini  vujudga  keltiradi.  Din  ham  jamoa  nevrozining  bir 

turidir.  Lekin  din  jamoa  nevrozi  sifatida  kishini  individual  iztiroblardan  saqlaydi, 

individual nevrozning rivojlanishini to’xtatadi va fojiali oqibatlarga olib kelishiga 

yo’l qo’ymaydi.  

 

Yuqorida  qayd  etilgan  fikrlardan  kelib  chiqib,  dinni  vujudga  kelishi 



sabablarini  uning  alohida  xususiyatlarini  o’rganish  bilan  to’liq  tushuntirib 

bo’lmasligiga  amin  bo’lamiz.  Masalaga  bunday  yondashuv  dinni  kompleks 

o’rganishni taqozo etadi. Zero, kompleks o’rganish uning jamiyatda takror ishlab 

chiqarishga sabab bo’ladigan ildizlarini aniqlashga yordam beradi.  




Yüklə 270,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin