5-mavzu: Dunyoning konfetsional manzarasi Rеja: Konfessiya tushunchasi Dunyoning konfetsional manzarasi



Yüklə 270,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/11
tarix02.01.2022
ölçüsü270,11 Kb.
#43064
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
3- семинар мавзулари

 

Sekta  so‘zi,  eng  umumiy  ma’noda,  muayyan  diniy,  siyosiy  yoki  falsafiy 

qarashlarga  ergashuvchilar  guruhini  anglatadi.  Diniy  sekta  deganda  ma’lum  bir 

dindagi  rasmiy  aqidalarga  zid  ravishda  ajralib  chiqqan  yoki  mavjud  dinlar  va 

konfessiyalarga  umuman  aloqasi  bo‘lmagan  holda  din  bayrog‘i  ostida  faoliyat 

ko‘rsatadigan guruhlar tushuniladi. Bugungi kunda har ikkala yo‘nalishga mansub 

bo‘lgan  ko‘plab  sektalar  faoliyat  ko‘rsatmoqda.  Mutaxassislar  ularning  sonini 

taxminan 5000 atrofida, deb baholaydilar. 

 

Zamonaviy  voqelik  diniy-ekstremistik  xarakterdagi  sektalarning  inson  ongi 



va  qalbi  uchun  kurash  yo‘lidagi  faoliyatining  jonlanishi  kuzatilayotganini 

ko‘rsatmoqda.  Xususan,  ma’lumotlarga  ko‘ra,  bizga  qo‘shni  bo‘lgan  davlatlarda 

"Bogorodichiy  sentr",  "Serkov  ob’edineniya",  "Serkov  Isusa",  "Serkov  Novogo 

Zaveta",  "Beloe  bratstvo",  "Bojestvennыy  orden  Pervogo  Angela"  kabi  o‘nlab 

diniy  sektalar  noqonuniy  ravishda  faoliyat  olib  bormoqda.  "Satanizm"  deb 

ataladigan  sekta  ham  keng  tarqalgan.  Ayrim  ma’lumotlarga  ko‘ra,  o‘ta  xavfli 

bo‘lgan bu sektaning Rossiyada 100 ming, Er yuzida 5 milliondan ortiq tarafdorlari 

bor. 


 

Ular  aholining  diniy  bilimlari  pastligidan  foydalanib,  oxiratning  yaqinligi 

bilan qo‘rqitish hamda asosan yoshlar va moddiy ahvoli nochor bo‘lganlar ichida 

ish  olib  borish  yo‘li  bilan  o‘z  tarafdorlarini  ko‘paytirishga  harakat  qilmoqdalar. 

Bunday  sektalarga  asos  solgan  "avliyo"lar  o‘z  izdoshlarini  aldash  yo‘li  bilan 

ularning mol-mulklariga egalik qilishga urinmoqdalar. 

 

Yashirin  faoliyat  olib  borishi,  sekta  ichida  bo‘layotgan  voqealarning 



ko‘pchilikka  ma’lum  bo‘lib  qolmasligining  qattiq  nazorat  qilinishi,  ular 

faoliyatidan jamoatchilikning bexabar qolishini keltirib chiqarmoqda. 

 

Ugandadagi  "Oxirat  kuni"  sektasi  boshliqlarining  faoliyati  bunga  misol 



bo‘ladi. Oxiratni 1999 yilning 31 dekabriga "belgilagan" ushbu sekta rahbarlari o‘z 

tarafdorlarini mol-mulklarini sotish, tushgan mablag‘ni ularga berishga va shu yo‘l 

bilan  gunohlardan  forig‘  bo‘lishga  chaqirgan.  Qiyomatning  2001  yil  1  yanvarga 

"ko‘chirilishi"  sekta  rahbarlariga  nisbatan  shubha  uyg‘onishiga  olib  kelgan. 

SHundan  so‘ng  rahbarlar  Kanungu  qishlog‘ida  500  dan  ortiq  o‘z  tarafdorlarini 

aldab bir joyga to‘plab, ustlaridan yopib binoga o‘t qo‘yib yuborishgan. Ommaviy 

axborot  vositalari  xabarlariga  ko‘ra,  tezkor  tadbirlarni  o‘tkazgan  politsiya  yana 

to‘rt joyda ommaviy qabrlarni topgan. Umuman bu sektaning qurbonlari 1000 ortiq 

bo‘lgani qayd qilingan. 


Yüklə 270,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin