5-mavzu: Dunyoning konfetsional manzarasi Rеja: Konfessiya tushunchasi Dunyoning konfetsional manzarasi


O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatuvchi diniy tashkilotlar



Yüklə 270,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/11
tarix02.01.2022
ölçüsü270,11 Kb.
#43064
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
3- семинар мавзулари

O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatuvchi diniy tashkilotlar. 


 

Tarixdan  ma’lumki,  har  qanday  davlatning  barqarorligi  undagi  xalqlar, 

millat  va  elatlarning  huquq  va  erkinliklari  faqatgina  qonuniy  hujjatlarda 

belgilanishiga  emas,  balki  ularning  amalda  qay  darajada  o‘z  tasdig‘ini  topishiga 

ham  bog‘liqdir.  SHu  nuqti  nazardan  qaraganda,  mamlakatimizda  fuqarolarning 

vijdon  erkinligi  bilan  bog‘liq  huquqlari  nafaqat  qonunan  mustahkamlab 

qo‘yilganini, balki amaliyotda ham ushbu Qonundan kelib chiquvchi tamoyillarga 

qat’iy rioya qilinayotganini hayotiy dalillar ham ko‘rsatmoqda. 

 

Mamlakatimizda diniy tashkilotlar hech qanday tazyiqlarsiz, cheklashlarsiz, 



emin-erkin  faoliyat  ko‘rsatishlari  uchun  barcha  sharoitlar  yaratilganini  ta’kidlash 

lozim. SHu bilan birga, diniy tashkilotlarning soni o‘sganini ham qayd etish zarur. 

 

Xususan, 1990 yilda respublikamizda 119 ta diniy tashkilot (89 ta islomiy va 



30 ta noislomiy)  mavjud bo‘lgan bo‘lsa, 1991 yilda 179 taga (146 islomiy va 33 

noislomiy) etdi, 2007 yilning yanvariga kelib esa, ularning soni 2227 tani (2046 ta 

islomiy,  181  ta  noislomiy)  tashkil  etdi.  Ulardan  eng  yirigi  O‘zbekiston 

musulmonlari  idorasi,  Rus  Pravoslav  cherkovining  Toshkent  va  O‘rta  Osiyo 

Eparxiyasi,  Evangel  xristian-baptistlar  cherkovi,  Rim-katolik  cherkovi,  To‘liq 

Injil  xristianlari  cherkovi,  O‘zbekiston  Bibliya  jamiyati.  SHuningdek,  1987  ta 

masjid,  163  ta  xristian  cherkovi,  8  ta  yahudiy  sinagogalari,  6  ta  Bahoiylar 

jamoasi,  1  ta  Krishnani  anglash  jamiyati,  1  ta  Budda  ibodatxonasida  fuqarolar 

emin-erkin ibodat qilishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.  

 

Mustaqillikkacha  bor-yo‘g‘i  ikkita  islomiy  diniy  o‘quv  yurti  (Toshkent 



islom  instituti  va  «Mir  Arab»  madrasasi)  bo‘lgan  bo‘lsa,  o‘tgan  yillar  davomida 

ularning  soni  11  taga  etdi.  Boshqacha  aytganda,  Imom  al-Buxoriy  nomidagi 

Toshkent  islom  instituti,  Buxorodagi  «Mir  Arab»,  Toshkentdagi  «Ko‘kaldosh», 

Qoraqalpog‘istondagi  «Beruniy»,  Namangandagi  «Mulla  Qirg‘iz»,  Xorazmdagi 

«Faxriddin 

ar-Roziy», 

Andijondagi 

«Sayyid 


Muhyiddin 

Maxdum», 

Qashqadaryodagi  «Xoja  Buxoriy»,  Toshkentdagi  «Xadichai  Kubro»  va 

Buxorodagi  «Jo‘ybori  Kalon»  xotin-qizlar  o‘rta  maxsus  islom  bilim  yurtlari  va 

Imom al-Buxoriy nomidagi hadis ilmi markazidan iborat yaxlit diniy ta’lim tizimi 

yaratildi.  

 

2000–2001 o‘quv  yilidan  boshlab diniy  ta’lim  muassasalarida Oliy  va o‘rta 



maxsus ta’lim vazirligi Kasb-hunar ta’lim markazining Davlat ta’limi standartlari 

bo‘limi  bilan  hamkorlikda  ishlab  chiqilgan  ta’lim  standartlari  va  o‘quv  rejasi 

asosida  o‘qitish  joriy  qilindi.  Sodda  qilib  aytganda,  o‘quv  yurtlarida  diniy  va 

dunyoviy ta’limning uzviyligi ta’minlandi. 

 

2000  yildan  boshlab  Toshkent  islom  instituti  va  o‘rta  maxsus  islom  bilim 



yurtlari bitiruvchilarini O‘zbekiston musulmonlari idorasi yo‘llanmasi bilan rejali 

ravishda  respublikada  faoliyat  ko‘rsatayotgan  masjidlarga  ishga  taqsimlash  va 




2001  yil  yanvar  oyidan  boshlab,  ilk  marta  diniy  bilim  yurtlari  talabalariga 

stipendiya berish joriy qilindi.  

 

Yuqoridagi  kabi  o‘zgarishlarni  boshqa  konfessiyalar  misolida  ham  ko‘rish 



mumkin.  Xususan, 1998  yildan  Toshkent  Pravoslav  hamda  Samarqand  Protestant 

seminariyalari  faoliyat  ko‘rsata  boshladi,  Rus  pravoslav  cherkovi  Toshkent  va 

O‘rta  Osiyo  eparxiyasining  125  yilligi  va  Evangel-Lyuteran  jamoasining  100 

yilligi nishonlandi. 

 

Xulosa  qilib  aytganda,  xalqimizning  diniy  va  ma’naviy  qadriyatlarining 



hozirgi  demokratik  jamiyat  qadriyatlari  bilan  uyg‘unlashishi  respublikamizning 

kelajakda  yanada  ravnaq  topishi,  jahon  hamjamiyatiga  qo‘shilishida  muhim 

omillardan biri hisoblanadi. 


Yüklə 270,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin