5-mavzu: Dunyoning konfetsional manzarasi Rеja: Konfessiya tushunchasi Dunyoning konfetsional manzarasi



Yüklə 270,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/11
tarix02.01.2022
ölçüsü270,11 Kb.
#43064
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
3- семинар мавзулари

Dunyoning konfessional manzarasi

 

Bugungi  kunda  dinga  bo‘lgan  qiziqishning  kuchayib  borishi  globallashuv 



jarayonlarining o‘ziga xos in’ikosi deyish mumkin. Zero, globallashuv dunyoni bir 


butun va yaxlit qila borishi bilan bir qatorda, uning hosilasi sifatida alohida olingan 

millat  va  jamiyatlar  darajasida  o‘z-o‘zini  anglashga  bo‘lgan  intilishning 

chuqurlashuviga  ham  zamin  yaratmoqda.  Bu  jarayonlar  o‘z  navbatida  inson 

ma’naviyatining uzviy qismi bo‘lgan dinning mohiyatini tushunish, uning inson va 

jamiyat  hayotidagi  o‘rnini  anglashga  bo‘lgan  e’tiborning  kuchayishini  keltirib 

chiqarmoqda.  SHu  bilan  birga,  dinga  bo‘lgan  qiziqishning  kuchayishi  bugungi 

kunda  kishilik  jamiyati  oldida  turgan  muammolar,  insonning  ularni  hal  qilish 

yo‘llari  haqidagi  o‘y-izlanishlari,  dunyoviy  va  diniy  qadriyatlar  uyg‘unligini 

ta’minlagan holda bugungi kunning og‘ir va murakkab savollariga to‘laqonli javob 

topishga intilishi bilan bog‘liq ekanini ham alohida qayd etish lozim. 

 

Mutaxassislar  ma’lumotlariga  ko‘ra,  XX  asrning  ikkinchi  yarmida 



xristianlik,  buddaviylik,  islom  va  boshqa  dinlar  doirasida  yuzlab  sektalar  paydo 

bo‘lgan. Bu shunday jarayonlar kelajakda davom etishi mumkinligini taxmin qilish 

imkonini beradi. 

 

Yangi  diniy  harakatlar  deganda  odatda  XX  asrning  70  yillarida  Evropa  va 



AQSHda  tarqalgan  noan’anaviy  diniy  guruhlar  va  oqimlar  nazarda  tutiladi. 

Tadqiqotchilar  bunga  an’anaviy  dinlardagi  inqiroz  davri  sabab  bo‘lganligini 

ta’kidlaydilar.  YaDH  liderlari  jamiyat  kayfiyatidagi  o‘zgarishlarni,  bu  “o‘tkinchi 

dunyo”ning  nuqsonlarini  fosh  qilib,  o‘zlarini  “xaloskor”,  yuksak  axloqli 

“haqiqqatgo‘y” sifatida ko‘rsatdilar. YaDH to‘riga ko‘proq yoshlar ilindilar. YaDH 

qat’iy  ta’limotga  ega  bo‘lmagan  tashkilot  bo‘lib,  uning  faoliyati  lider  roli  bilan 

belgilangan. 

 

Liderlar  an’anaviy  diniy  qadriyatlarga  qarshi  tashviqot  ishlarini  olib 



borganlar.  Diniy  hayot  maxsus  ishlab  chiqilgan  tartib  qoida  va  nizomlar  orqali 

amalga  oshirilgan.  YaDHlarning  ba’zilari  dunyoning  turli  burchaklarida  o‘z 

bo‘linmalariga  ega  bo‘lgan,  biznes  bilan  shug‘ullanuvchi  yirik  xalqaro 

korporatsiyalarga  aylandi.    YaDHlar  meditatsiya  amaliyotini  keng  qo‘llaydilar, 

tashkiliy  jihatdan  piramida  shaklida  boshqariladi.  YaDHlarning  aksariyati 

noqonuniy  faoliyat  yurituvchi,  kriminal  tashkilotlardir.  (Aum  Sinrikyo  (Tokio 

metrosi  10/5000  zah.),  Quyosh  ehromi  (fransiya  va  Kanada)  va  b.).  Diniy 

ta’limotlarni buzib talqin qiluvchi harakatlarga: 

protestantlarning  “ikkilamchi” birlashmalari – Iogov shohidlari, Oxirgi kun 



avliyolari Iso Masih cherkovi (mormonlar), Masih serkovi (Boston harakati); 

soxta xristian harakatlar – Mun birlashtirish cherkovi, Vissarion oxirgi Ahdi 



cherkovi, Oq birodarlar;  

sayentalogik  kultlar  –  Xristian  ilmi,  Ron  Xabbard  sayentologiya  markazi, 



Kloneyd, Oq ekologlar harakati

neo-  va  kvaziorientalistik  maktablar  va  kultlar  –  “Tirik  axloq”(Agni  yoga), 



Krishnani  anglash  jamiyati,  Transsendental  meditatsiya,  Aum-Sinrekyo,  Saxadja-


yoga  va b.);  

Yangi  majusiy  tashkilot  va  kultlar  –  “Runvira”  ukrain  milliy  e’tiqodi 



cherkovi, Rossiya jarangli kedrlari, Omsk “qadimgi diniy e’tiqodiga qaytish kulti” 

va boshqalar kiradi. 




Yüklə 270,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin