5-mavzu: Dunyoning konfetsional manzarasi Rеja: Konfessiya tushunchasi Dunyoning konfetsional manzarasi


Dinlar tarixini o’rganishda Sharq allomalarining yondashuvlari. Abu



Yüklə 270,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/11
tarix02.01.2022
ölçüsü270,11 Kb.
#43064
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
3- семинар мавзулари

Dinlar tarixini o’rganishda Sharq allomalarining yondashuvlari. Abu 

Rayhon Beruniy, Ibn Hazm Andalusiy, Abdulkarim Shahristoniy va Abu 

Mansur Bag’dodiylarning asarlarida dinshunoslik asoslari. 

 

Islom  olamida  ham  dinlarni  o‘rganish  bo‘yicha  tadqiqotlar  uzoq  tarixga 



borib  taqaladi.  Milodiy  VII-VIII  asrlardayoq  diniy  tortishuv(munozara)larni  o‘z 

ichiga  olgan  «maqola»lar  (keyinchalik  «maqolot»),  VIII  -IX  asrlardan  e’tiboran 

esa  boshqa  dinlarga  «raddiya»lar  yozila  boshlangan.  Keyingi  asrlardan  esa  «al-

Firaq»  (Firqalar),  «ar-Radd»  (Raddiya),  «ad-Diyonot»  (Dinlar)  va  «al-Milal» 

(Xalqlar) yo‘nalishidagi adabiyotlar vujudga kelgan. 

 

«Ad-Diyonot»  (Dinlar)  yo‘nalishida  yozilgan  ilk  asar  Hasan  ibn  Muso  an-



Navbaxtiyning  (vaf.  910)  «al-Aro  vad-diyonot»  (E’tiqodlar  va  dinlar)  kitobi 

hisoblanadi.  Keyinchalik  Mas’udiy  (957)  o‘zining  «ad-Diyonot»  (Dinlar), 

Masbihiy  (1029)  «Darkul  bug‘yati  fiy  vasfid  diyonoti  val  ibodoti»  (Dinlar  va 

e’tiqodlar vasfida maqsad me’yori) kitoblarini yozganlar. Shuningdek Beruniyning 




(973-1048)  «Tahqiqun  ma  lilhind  min  maqulatin,  maqbulatin  fil-aqli  av 

marzulatin» (Aqlga maqbul yoki noma’qul bo‘lgan Hindistonga oid izlanishlardan) 

nomli kitobi ham shular sirasiga kiradi. 

 

«Al-Firaq»  (Firqalar)  yo‘nalishida  yozilgan  kitoblarga  Abu  Mansur 



Abdulqodir  al-Bag‘dodiyning  (vaf.  1038)  «al-Farq  baynal-firaq»  (Firqalar 

orasidagi  farq)  asari  hamda  Abul-Maoliy  Muhammad  ibn  Ubaydullohning  (vaf. 

1092) «Baynal-adyon» (Dinlar orasida) asarlarini kiritish mumkin. 

 

«Al-Milal»  yo‘nalishida  Qozi  Abu  Bakr  Baqilloniyning  (vaf.  1012)  «al-



Milal  van-nihal»  (Dinlar  va  xalqlar),  Abu  Muhammad  Ali  Ibn  Hazmning  (vaf. 

1064) «Kitobul-fasl fil-milal val-ahvoi van-nihal» (Dinlar, havo va xalqlar haqida 

ajraluvchi  kitob),  Abul-Fath  Muhammad  ibn  Abdulkarim  ash-Shahristoniyning 

(vaf. 1183) «al-Milal van-nihal» asarlarini sanash mumkin. 

 

«Ar-Radd»  (Raddiya)  yo‘nalishida  ham  ko‘plab  asarlar  dunyo  yuzini 



ko‘rgan.  Ularga  Imom  G‘azzoliyning  (vaf.  1111)  «ar-Raddul  jamil»  (Go‘zal 

raddiya),  Ibn  Kalbiyning  (vaf.  819-821)  «Kitobul-asnam»  (Butlar  kitobi)  nomli 

asarlarini alohida qayd etish lozim.  

 

Darhaqiqat,  Musulmon  Sharqi  o‘lkalarida  bu  sohada  ko‘plab  asarlar 



yaratilgan  bo‘lib,  keyinchalik  ular  «Dinshunoslik»  fanining  taraqqiyoti  uchun 

fundamental manba bo‘lib xizmat qilgan. Jumladan, Abu Rayhon Beruniyning «al-

Osor al-boqiya an al-qurun al-xoliya» («O‘tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar»), 

«Hindiston»,  Muhammad  ibn  Abdulkarim  Shahristoniyning  «al-Milal  van-nihal» 

(«Dinlar  va  oqimlar»),  Ibn  Hazm  Andalusiyning  «al-Fasl  fil-milal  val-ahvo  van-

nihal»  («Dinlar,  adashgan  firqalar  va  mazhabni  ajratish»)  kabi  asarlari, 

shuningdek,  Ibn  Nadim  (987-988)  va  Abul  Hasan  Omiriy  kabilarning  tadqiqot 

ishlari ko‘plab Yevropa tillariga tarjima qilingan. Bu esa, islomiy va arab ilmlarini 

o‘rganuvchi  G‘arb  mutaxassislarining  dinlar  tarixiga  oid  islomiy  tadqiqot 

ishlaridan  asosiy  manba  sifatida  foydalanishlari  uchun  qulay  imkon  yaratdi. 

Bunday  asarlarda  mualliflar  tarixiy  voqe’likni  to‘g‘ri  va  xolis  yoritganlar.  Ular 

o‘zlari  musulmon  bo‘la  turib,  boshqa  din  va  e’tiqodlar  haqida  ma’lumot  berish 

yoki  ularni  tavsif  qilishda  noxolislikka  olib  kelishi  mumkin  bo‘lgan  har  qanday 

shaxsiy  hissiyotlarni  suiiste’mol  qilmaganlar.  Buni  Shahristoniyning  quyidagi 

so‘zlari  tasdiqlaydi:  «Men  har  bir  firqani  (din  yoki  diniy  yo‘nalishlarning  hech 

birini) yoqlamay, kamsitmay, ularning kitoblarida qanday bo‘lsa, shundayligicha, 

undagi xatolarni ajratib ko‘rsatmay bayon qilishga ahd qildim».  

 

Beruniy o‘zining «Hindiston» asari haqida shunday yozadi: «Bu kitob bahs-



munozara  kitobi  emas,  tarix  kitobidir.  Hindlarning  dinlarini  ularning  o‘zlaridan 

o‘rganib, fikrlarini tanqid qilmay bayon qilaman». Bu Beruniy asarlarining butun 

dunyoga mashhur bo‘lishiga sabab bo‘ldi. 




 

Ibn  Nadim  esa:  «Dinshunoslik  fani  hijriy  IV-V  asrlarga  kelib  mustaqil  fan 



sifatida shakllandi.», deb yozadi. Bu milodiy X-XI asrlarga to‘g‘ri kelib, aynan shu 

davrda Beruniy o‘zining «Hindiston» asarini yozgan.  

 


Yüklə 270,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin