2- mavzu: Bir ho‘jayralilar (Protozoa). Reja



Yüklə 29,93 Kb.
səhifə9/10
tarix12.05.2023
ölçüsü29,93 Kb.
#112646
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2. Protozoa-ma\'ruza

Ayirish – Amyoba endoplazmasidagi tiniq po‘fakcha qisqaruvchi vakuolalar ortiqcha suvni tashqariga chiqarib turadi. Shu bilan birga mazkur “nasoscha” lar moddalar almashinuvi tufayli tanada hosil bo‘lgan CO2 na ham ayirishga yordam beradi. Hamma amyobalar mitoz yo‘li bilan ko‘payadi. Normal sharoitda yashayotgan amyobalar har 24-48 soatda bir ko‘payadi.
Himoya va tarqalishi – Yashash sharoitining yomonlashishi (marta suvning quriy boshlashi) bilan amyoba tanasi kichrayadi. Ektoplazmasi atrofida maxsus himoya qobig‘i (sista) hosil bo‘ladi. Sistaga o‘ralgan amyoba o‘z hayotini uzoq muddat saqlab qola oladi. Sistalashgan amyobalar shamol yordamida uzoq joylarga tarqaladi.
Kasallik qo‘zg‘atuvchi amyobalar yoki parazit turlari – Parazit amyobalarning bir necha xili odamzod ichagida ham uchraydi. Ularning ba’zilari masalan, ichakda yashaydigan Koli amyobasi (Entamoeba coli) insonga zarar yetkazmasdan ichakdagi mikroblar bilan oziqlanadi. Lekin ichburug‘ amyobasi (Entamoeba histolytica) ko‘p hollarda ichak devorlarida yara hosil qilib, ancha og‘ir o‘tadigan qonli ichburug‘ (dizenteriya - amyoba) hastaligi keltirib chiqaradi. Bularning sistalari odam najasi bilan tashqariga chiqib turadi. Sistalangan amyoba 2-3 oygacha tiriklik hususiyatini saqlay oladi. Bu kasallik asosan issiq va subtropik mamlakatlarda ko‘plab uchraydi.


10. Foraminiferea, Actinopoda, Radiolaria, Acantharea, Heliozoa sinflari sinflari vakillari o‘ziga xos belgilari .
5.1. Foraminiferea синфи.
5.2. Actinopoda синфи.
5.3. Radiolaria синфи.
5.4. Acantharea синфи.
5.5. Heliozoa синфи.

Foraminiferalar va aktinopodalar. Radiolaria, Heliozoa, Acantharea sinflari. O‘ziga xos belgilari, vakillari.




11. Sodda hayvonlar kelib chiqishi va evolyutsiyasi.
Sodda hayvonlar tipiga mansub barcha turlar tanasining bir hujayradan tuzilganligi va bir hujayra – mustaqil organizm bo‘lib yashashga layoqatlanaganligi bilan xarakatlanib, boshqa hamma ko‘p hujayralar hayvonlar (Metazoa) dan keskin farqlanadi. Ularning yagona hujayralaridagi turli organoidlarining har biri, ma’lum hayotiy funksiyani bajarib, ko‘p hujayrali hayvonlar tanasidagi organlar zimmasidagi vazifalarni o‘taydi. Uzoq davom etgan era va davrlar mobaynidagi tadrijiy takomillanish natijasida bir ho‘jayralilar o‘rtasida foraminiferalar, xivchinlilar va infuzoriyalar kabi ko‘p jihatdan murakkab tuzilgan formalar paydo bo‘lganki, shu jthatdan qaralganda, ularni “sodda hayvonlar” deb atash haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. (Shunday bo‘lsa-da mazkur tarixiy nom saqlanib qolgan).
Mana shu eng qisqa xulosalar ham bir hujayralilarni ko‘p hujayrali hayvonlar bilan, ma’lum darajada, teng-parallel holda takomillashib, turlicha hayt muhitiga layoqatlashgan xilma-xil formalar hosil etganligidan dalolat beradi.
Ko‘pchilik zoologlarning fikricha, bir ho‘jayralilar o‘rtasidagi eng qadimgi guruh-o‘simliksimon ovqatlanadigan formalarni o‘z ichiga oluvchi xivchinlilar sinfi hisoblanadi. Sarkodinalar-xivchinlilarning qadimgi avlodlaridan rivojlangan deb faraz qilinadi. Xivchinlilar va sarkodinalarga o‘xshagan turlar-xivchin va psevdopodiyalari bo‘lgan rizomastgina urug‘ining mavjudligi va sarkodinalarning jinsiy ko‘payish davrida gametalarda xivchin paydo bo‘lishi va boshqa faktlar bu fikrning dalilidir.
Sporalilar sarkodinalarning qadimgi avlodlari hisoblanadi. Knedosporidiyalar esa xivchinlilarning avlodlaridan rivojlangan deb ko‘rsatiladi. Lekin, hozirgacha infuzoriyalarning qaysi bir ho‘jayralilardan kelib chiqqanligi masalasi aniqlangan emas. Shunday bo‘lsada, bir qancha olimlar infuzoriyalar bilan ko‘p xivchinlilar o‘rtasidagi o‘xshashliklar va boshqa faktlar asosida, ularni xivchinlilardan kelib chiqqan deb hisoblaydilar.

Yüklə 29,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin