2- mavzu: Bir ho‘jayralilar (Protozoa). Reja


Sporalilar (Apicomplexa, Sporozoa) kenja tipi



Yüklə 29,93 Kb.
səhifə7/10
tarix12.05.2023
ölçüsü29,93 Kb.
#112646
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2. Protozoa-ma\'ruza

8. Sporalilar (Apicomplexa, Sporozoa) kenja tipi.
Sporalilar (Apicomplexa, Sporozoa) kenja tipiga kiruvchi hamma hayvonlar turli hayvon va inson organizmida parazitlik qilib hayot kechirishga moslashgan. Ba’zilari hayvon to‘qimalarida, jigarida ichagida va odamning qonida hayot kechiradi. 5 ming turi bor. Bu kenja tip uchta sinfga bo‘linadi.
3.1. Gregorinalar ( Gregarinea) sinfi. Tuzilishi, ko‘payishi usuli bilan boshqa sporalilardan farqlanadigan gregorinalar faqat umurtqasiz hayvonlarda (chuvalchang, mollyuskalar) ba’zilari esa turli hashoratlarning ichagida, tana bo‘shlig‘ida parazitlik qilib yashaydi. Gregorinaning tanasi deytomerit, protomerit va epimerit degan qismlardan iborat bo‘lib, deytomerit qismida kattagina yadro bo‘lib, ektoplazmadan tuzilgan epimerit qismi ichak ho‘jayralariga yopishishga xizmat qiladi.
3.2. Koksidiyalar(Сoccidia) sinfi. Sporalilarning eng xarakterli guruhi bo‘lib, deyarli hamma turlari ichak ho‘jayralarining parazitlari hisoblanadi. Bular turli hayvonlarda uchraydi.
Bularga vakil Eymeriya uy quyonlarining ichagida parazitlik qiladi. Bularda shunday hususiyat borki quyon eymeriyasi otga yuqmaydi, har bir hayvonning maxsus o‘zining koksidiyasi mavjud. (Koksidiyalarning rivojlanishi gapiriladi).
3.3. Qon sporalilar (Hematozoa) sinfi. Bular umurtqalilar, jumladan insonning qonida, qon tanachalarida parazitlik qiluvchi bir ho‘jayralardir. Bular ikkita organizmda qushlar va qon so‘ruvchi chivinlarda biridan ikkinchisiga o‘tib hayot kechirishga moslashganligi harakterlidir. Bezgak qo‘zg‘atuvchisi (Plasmodium sp.). insonning jigar va qon ho‘jayralarida yashab xavfli“isitma bezgak” (malyariya) kasalligini keltirib chiqaradi. Ular odam qonida har 48 soatda bir ko‘payadi. Hozirgi paytda bezgak hosil qiluvchi plazmodiylarning 4 ta turi ma’lum.


Bezgak qo‘zg‘atuvchisi, malyariyaning(Plasmodium sp.) rivojlanish sikli va migratsiyasi.

Malyariya (bezgak) qo‘zg‘atuvchisi (Plasmodium sp.) fransuz armiyasi vrachi Lui Levaran tomonidan 1880 yilda Shimoliy Afrikada (kasal soldat qonida topilgan) kashf etilgan.



Yüklə 29,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin