2- mavzu: Bir ho‘jayralilar (Protozoa). Reja


Malyariyani qon so‘ruvchi chivinlar orqali odamga yuqishini Britaniyalik harbiy vrach Ronald Ross 1887 yilda Hindistonda aniqlagan



Yüklə 29,93 Kb.
səhifə8/10
tarix12.05.2023
ölçüsü29,93 Kb.
#112646
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2. Protozoa-ma\'ruza

Malyariyani qon so‘ruvchi chivinlar orqali odamga yuqishini Britaniyalik harbiy vrach Ronald Ross 1887 yilda Hindistonda aniqlagan.
Bezgak qo‘zg‘atuvchisi, malyariyaning(Plasmodium sp.) rivojlanish sikli va migratsiyasi qon so‘ruvchi chivindan odamga o‘tishi bilan boshlanadi.


O D A M
1. Qon so‘ruvchi chivin so‘lag bezidagi yupqa chuvalchangsimon shakldagi sporozoidlar chivin odamni chaqqanda odam qoniga o‘tadi.
2.Sporozoidlar odam qonida harakatlanib odam jigari to‘qimalari ho‘jayralariga o‘tadi.
3. Jigar to‘qimalari ho‘jayralarida jinssiz ko‘payish to‘qimaviy shizogoniya yo‘li bilan merazoidlar hosil bo‘ladi.
4. Jigar to‘qimalarida hosil bo‘lgan merazoidlar jigar ho‘jayrasidan chiqib, qonga o‘tadi va qizil qon tanachalari eritrotsitlarga kiradi.
5. Eritrotsitlarga tushgan merozoidlar, eritrotsitlarda eritrotsitar shizogoniya yo‘li bilan ikkinchi bor jinssiz ko‘payadi. да Eritrotsitar shizogoniya bitta merozoiddan 10-20 tagacha merozoidlar hosil bo‘ladi va eritrotsitlarni yemira boshlaydi. Shuning uchun isitma siklliligi merozoidlar va ular tomonidan qon plazmasiga ajralib chiqqan metabolizm jarayoni mahsulotlari ajralib chiqishi siklliligi bilan bog‘liq.
6. Eritrotsitar shizogoniya bir necha bor takrorlangandan so‘ng jinssiz ko‘payishning yangi ovlodi gamontlar ya’ni erkak va urg‘ochi gametalar hosil bo‘ladi. Shu bilan malyariyaning odam organizmidagi migratsiyasi tugaydi. Qachonki qonida gamontlar bo‘lgan odamni chivin chaqqanda odam qonidagi gamontlar chivin oshqazoniga o‘tadi va malyariyaning navbatdagi rivojlanish sikli davom etadi. Gamontlar odamdan chivinga o‘tmasa rivojlanish sikli to‘xtab qoladi. Agar gamontlar odamdan chivinga o‘tsa rivojlanish sikli chivin organizmida davom etadi.


CH I V I N
7. Chivin oshqazoniga tushgan erkak va urg‘ochi gametalar qo‘shilib jinsiy ko‘payish kopulyatsiyayo‘li bilan harakatchan ookineta (zigota) hosil bo‘ladi.
8. Ookinetachivin oshqazoni bo‘ylab migratsiya qiladi va chivin ichak devorlariga o‘tib ootsistaga aylanadi.
9. Chivin ichak devorlaridagi ootsista yadrolari bo‘linib, bitta ootsistа dan 10000 tagacha sporozoid lar dunyoga keladi va ular qon orqali chivin so‘lag beziga o‘tadi. So‘lak bezida malyariya sporazoidi bo‘lgan chivin odamni chaqqanda malyariya odamga yuqadi va migratsiya boshlanadi.
Shunday qilib Bezgak qo‘zg‘atuvchisi, malyariyaning (Plasmodium sp.) rivojlanish sikli va migratsiyasida odam -oraliq xo‘jayin, qon so‘ruvchi chivinlar - oxirgi xo‘jayin vazifasini o‘taydi. Bezgak qo‘zg‘atuvchisi, malyariya ikki usulda ham jinssiz, ham jinsiy ko‘payadi. Bezgak qo‘zg‘atuvchisi, malyariyaning jinsiy ko‘payishi chivinda, jinssiz ko‘payishi odamda kechadi.
.
9. Amyobasimon bir xo‘jayralilar. (Sarcodina).
Amyobasimon bir xo‘jayralilar (Sarcodina) boshqa bir ho‘jayrali hayvonlarga qaraganda bir muncha sodda tuzilgan. Sarkodinalar uchun o‘zgarib turuvchi yolg‘onoyoqlilar hosil qilib harakatlanish va shular vositasida oziq zarralarini ushlab olish harakterlidir.
Vakil: Amyoba (Amoeba sp.). Ko‘llar, hovuzlar yoki suvi tozaroq kichik havzalar tubida yashaydi. Kattaligi 0,5 mm amyoba (Amoeba sp.)ning mikroskop ostida tanasi atrofida bir tomondan o‘sib ikkinchi tomondan qisqarib turuvchi to‘mtoq-cho‘ziq uchlarini aniq ko‘rish mumkin. Bular yolg‘onoyoqlilar deb ataladigan orgonoidlar bo‘lib amyoba shular vositasida harakatlanadi. Bu oyoqlar oziqni qamrab olishga ham xizmat qiladi.
Amyoba tanasi tashqi qavat bilan o‘ralgan bo‘lib, bu ektoplazma deb ataladi. Ektoplazmaning ichki qismi sitoplazma bilan to‘lgan. Sitoplazma tananing qaysi tomoniga harakat qilsa, o‘sha tomonidan yolg‘on oyoq hosil bo‘ladi.
Oziq hazm bo‘lishi – Yolg‘on oyoqlar bilan o‘rab olingan oziq endoplazmaga o‘tgach, tiniq suyuqlik pufakcha bilan qoplanadi.
Bu pufakcha ovqat hazm qilish vakuolasi bo‘lib u oziqni eriydigan holga keltiradi va shu yo‘l bilan tanaga tarqatadi.

Yüklə 29,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin