2- mavzu: Bir ho‘jayralilar (Protozoa). Reja



Yüklə 29,93 Kb.
səhifə4/10
tarix12.05.2023
ölçüsü29,93 Kb.
#112646
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2. Protozoa-ma\'ruza

Kinetoplastidasinfi. Bu geterotrof usulda hayot kechiradigan xivchinlilarni bir necha xili dengizlarda va chuchuk suvlarda hamda hayvonlar va inson tanasida parazitlik qilib hayot kechiradi. Vakillari: tripanosoma (Trypanosoma sp.), leyshmaniya ( Leishmania sp.).
Bularning ayniqsa hayvon va inson tanasida parazitlik qilib nihoyatda xilma-xildir va xavfli kasalliklarni tug‘diradi.
Masalan: triponasomalar – parazit xivchinlilarning eng xavflilaridan bo‘lib, ular turli umurtqali hayvonlar, jumladan insonning qonida hayot kechiradi. Triponasomaning tanasi cho‘ziq yassilashgan bo‘lib oldingi tomondan ayrilgan bitta xivchini orqaga yo’nalib yon tomonga yopishgan. Shu joyda xivchin ektoplazmaga tutashib, to‘lqinlanuvchi parda hosil qiladi. Parazit mazkur parda vositasida harakat qiladi. Murakkab tuzilgan bazal tanacha (kinetoplastlar) xivchinning endoplazmadagi qismida joylashgan. Bir yadroli, bo‘linish yo’li bilan ko‘payadi. Kattaligi 15-30 mk.
Masalan: Uyqu kasali tripanosamasi Afrikada ekvator atrofida va janubiy qismida xavfli kasallik uyqu kasalini keltirib chiqarishi aniqlangan. Bu kasallikni se-se pashshasi tarqatadi. Pashshada uyqu tripanosomasi ma’lum muddatni o‘taydi va uning so‘lak bezlariga kelib joylashib oladi va chaqqanda hayvon yoki odamda o‘tishi mumkin. Qonga tarqalib keyin orqa miyaga joylashib oladi. Tripanosomalar - «uyqu kasalligi», ni keltirib chiqaradi. Boshlang‘ich etap larda bemorning qonida yashaydi va sekinlik bilan orqa miya suyuqligiga o‘tadi. Bemor surunkali ko‘p uxlaydi va bu o‘lim bilan tugaydi. Bu kasallikni tashuvchisi setse pashshasi hisoblanadi. Invaziyani manbasi toq tuyoqli umurtqali hayvonlar (antilopalar) va kasal odamlar sanaladi. Hozirgi vaqtda davolash choralari topilgan.
Leyshmaniyaodamning yuzi va qo‘l oyog‘ining teri to‘qimasida parazitlik qilib surunkali yara (yomon yara) hosil qiladi. Bu kasallik hozir ham uchraydi.
Leyshmaniyalar - leyshmanioz («avg‘on yarasi») ni keltirib chiqaradi. Bularni tashuvchisi – qon so‘ruvchi pashshalar, invaziya o‘chog‘i — yovvoyi kemiruvchilar va kasal odamlar hisoblanadi.
ChlorophytaР. Bu tipni eng ko‘p tarqalgan turlari Volvokslar (Volvocida O) turkumiga ta’luqli bo‘lib eng xarakterli vakili Volvoks — xivchinli bir ho‘jayrali hayvonlarning sharsimon koloniyasidir. Koloniyaning ho‘jayralari zooidlar deb ataladi. Bir dona sharsimon koloniyasida 3 tadan, 60 000 tagacha zooidlar bo‘ladi. Koloniya markazi yopishqoq modda bilan to‘lgan . Aralash (miksotrof) oziqlanadi. Bir yadroli. Jinssiz ko‘payish ho‘jayraning mitoz bo‘linishi orqali, jinsiy ko‘payish gametalar hosil bo‘lishi orqali boradi.



Yüklə 29,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin