16 – bob. Erektil disfunksiya (impotensiya)



Yüklə 363,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix14.12.2023
ölçüsü363,25 Kb.
#177570
  1   2   3   4   5
Erektil disfunksiya



16 
– 
 bob. Erektil disfunksiya 
Erektil disfunksiya (impotensiya)
– seksual faollikni etarli darajada 
qoniqarli amalga oshirish uchun ereksiyaga erishishga va / yoki ushlab turishga 
layoqatsizlik. 
Erektil buzilish har qanday yoshda kuzatilishi mumkin, lekin katta yoshdagi 
erkaklar uchun juda xaraterli. Kasallikning uchrashi yosh kattalashishi bilan oshib 
borib, 40 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan erkaklarda 52 % ni tashkil qiladi. Agar 40 
yoshda har xil darajada namoyon bo‘lgan jinsiy buzilishlarni 40 % erkaklar 
boshdan kechirsa, unda 70 yoshda ular soni 67 % ga etadi. 
Etiologiya va patogenezi.
Erektil disfunksiya ko‘p omilli holat hisoblanadi. 
Kavernoz gavdachalarga qon kelishining kamayishiga (jinsiy olatning arterial 
etishmovchiligi) yoki ulardan qon oqishining ko‘payishiga (venookklyuziv 
disfunksiya) olib keladigan har qanday omillar erektil buzilish sabablari bo‘lishi 
mumkin. Ereksiyaning buzilishini, odatda, surunkali kasalliklar, birinchi navbatda 
ateroskleroz, arterial gipertenziya, kandli diabet, depressiya va nevrozga o‘xshash 
kasalliklar bilan bog‘laydilar. Erektil buzilish ko‘pincha tashqi muhitning yomon 
omillari – radiatsiya, elektromagnit nurlanish ta’sirida paydo bo‘ladi. Erektil 
disfunksiyaning sabablari qon tomirlar, endokrin, asab tizimining surunkali 
kasalliklari, chanoq yoki orqa miya shikastlanishi bo‘lishi mumkin. Erektil funksiya 
chanoq a’zolaridagi radikal operatsiyalar oqibatida ham rivojlanishi mumkin. 
Erektil buzilish paydo bo‘lishi xavfining asosiy omillari yosh, chekish, 
ortiqcha semizlik bo‘ladi. CHekuvchilar orasida impotensiya, chekmaydigan 
erkaklarga qaraganda 15 – 20 % ko‘proq uchraydi. 
Jinsiy funksiyani pasaytiruvchi xususiyatga ega bo‘lgan 200 dan ortiq dori 
preparatlari ma’lum. Bularga ba’zi bir gipotenziv (klonidin, V– blokatorlar, 
rezerpin), me’da – ichak (simetidin, ranitidin, metoklopramid), psixoterapevtik 
(amitriptilin, fluoksetin) va o‘smaga qarshi ishlatiladigan hamma preparatlar kiradi. 
Erektil disfunksiyaning patogenezi har xil. Erektil buzilishlarning psixogen, 
organik va aralash turlari farq qilinadi (16.1– sxema). 
Эректил
дисфункция
Психоген 
Органик 
Аралаш 


 
 
 
 
 
 
16.1– sxema. Erektil disfunksiyaning tasnifi. 
Psixogen erektil disfunksiyaga ereksiya mexanizmining markazdan bosilishi 
sabab bo‘ladi. Ereksiyaning psixogen buzilishiga olib keluvchi asosiy holat 
depressiya va vahima nevrozlaridir. Bir qancha hollarda buzilish psixosomatik tip 
natijasida ro‘y beradi. 
Organik erektil disfunksiya vaskulogen, neyrogen va gormonal turlarga 
bo‘linadi. 
Ereksiyaning vaskulogen buzilishi ham arterial, ham venookklyuziv 
buzilishlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. 
Jinsiy olatning arterial etishmovchiligi ichki yonbosh, ichki uyatli arteriyalar, 
jinsiy olat arteriyalarining aterosklerotik zararlanishi oqibatida, oraliq va chanoq 
suyaklari shikastlanishi natijasida paydo bo‘lishi mumkin. Gipertoniya kasalligi 
arterial tomirlar devorining qotib qolishi ko‘payishiga olib kelishi mumkin va jinsiy
olat arteriyalarining kengayuvchanlik qobiliyati pasayishiga sabab bo‘ladi. Tizimli 
gipertenziyaning kavernoz to‘qimaga negativ ta’siri oqibatida kavernoz 
tanachalarda venooklyuziv mexanizm buzilishi mumkin. 
Neyrogen erektil disfunksiyaning eng ko‘p uchraydigan sabablaridan biri 
orqa miya shikastlanishi, parishonxotirlik sklerozi va diabetik neyropatiya bo‘ladi. 
Neyrogen buzilishlarning boshqa etiologik omillariga umurtqa pog‘onasining 
demielinizlanuvchi va degenerativ kasalligi, periferik neyropatiya, shikastlar va 
operatsiyalarda chanoq nerv bog‘lamlarining shikastlanishi kiradi. 


Gormonal erektil disfunksiya Paskualini sindromida, Itsenko – Kushing 
kasalligida, giperprolaktinemiya va testosteron miqdorining kamayishiga olib 
keluvchi endokrinopatiyalarda kuzatiladi. Ta’kidlash kerakki, ko‘p hollarda organik 
erektil disfunksiya ikkilamchi psixogen buzilishlarda aniqlanadi. 

Yüklə 363,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin