16 – bob. Erektil disfunksiya (impotensiya)



Yüklə 363,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix14.12.2023
ölçüsü363,25 Kb.
#177570
1   2   3   4   5
Erektil disfunksiya

Tashxisi.
Erektil disfunksiyaning tashxisi seksologik testlarga asoslaniladi
bu kasallik (bemor) anamnezini sinchiklab yig‘ishdan boshlanadi va jinsiy 
funksiyaning holatini har tomonlama baholash nazarda tutiladi. Ishonchli suhbatlar 
chog‘ida mijoz seksual hayotining hamma aspektlariga (jimo’ni qilish turi va 
sharoitga, ham adekvat va ham spontan ereksiyalarning buzilish xarakteri hamda 
rivojlanishiga, jinsiy xoxishning saqlanganligiga, orgazm va eyakulyasiyaning 
buzilishi borligiga) e’tiborni qaratish kerak. Juftlikning o‘zaro munosabatini va 
mavjud bo‘lgan muammoga seksual juftining munosabatini ham e’tiborga olish 
kerak, chunki bunday ma’lumotda muammoning muhimligi va sababi aniqlanadi. 
Anamnezni yig‘ganda sababli va xavfli omillar, surunkali kasalliklar, jumladan 
qandli diabet, arterial gipertenziya, nevrologik kasalliklar borligini, shikastlar, 
qovuq, prostata bezi, to‘g‘ri ichakda operatsiyalar bo‘lganligini aniqlashga harakat 
qilish kerak. 
Anamnez ma’lumotlarini taxlil qilish bosqichining o‘zida erektil 
buzilishlarning 
namoyon 
bo‘lish darajasini aniqlash mumkin. Erektil 
disfunksiyaning 
kompensatsiyalangan 
(minimal), 
subkompensatsiyalangan 
(o‘rtacha) va dekompensatsiyalangan (yaqqol) turlari ajratiladi. 
Bemorni ko‘zdan kechirganda
konstitutsion tuzilishiga, ikkilamchi erkaklik 
jinsiy belgilarining rivojlanganligiga, tashqi jinsiy a’zolar, prostata bezining 
holatiga e’tibor beriladi. 


Laborator tashxisi
tarkibiga qonning gormonal profili (testosteron, estradiol, 
prolaktin, gonadotrop gormonlar darajasi)ni tekshirish kiradi. 
Sun’iy farmakologik ereksiya (farmakologik test)
ereksiyaning sifati va 
davomiyligini baholash uchun xizmat qiladi. Kavernoz tanachalarning qon bilan 
to‘lishini paydo qilish uchun kavernoz tanacha ichiga vazofaol preparatlar 
(prostaglandin E1, papaverin, fentolamin yoki ularning kombinatsiyasi) kiritiladi. 
Tekshirish erotik narsalarni ko‘rish va genital stimulyasiya bilan to‘ldiriladi. 
Ereksiya darajasi YUnema (1987) shkalasiga qarab baholanadi: 
Er0– preparatning kiritilishiga reaksiya yo‘q. 
Er1– jinsiy olatning bir oz tumessensiyasi. 
Er2– jinsiy olatning to‘liq bo‘lmagan tumessensiyasi. 
Er3– jinsiy olatning qotmagan to‘liq tumessensiyasi. 
Er4– jinsiy olat qisman qotgan. 
Er5– jinsiy olatning to‘liq qotishi (ereksiya) 
Agar 10 daqiqa davomida to‘liq ereksiya bo‘lsa (Er5), 20 daqiqadan ko‘p 
saqlansa testning natijasi musbat deb baholanadi. 
Jinsiy olatning tungi tumessensiyasini
qayd qilish har xil uzunlikdagi uchta 
nazorat iplari bilan ta’minlangan xalqa yordamida o‘tkaziladi. Bemor uxlash 
oldidan jinsiy olatiga xalqani kiygizadi (16. 1 – rasm). 
16.1 – rasm. Tungi penil tumessensiyani qayd qilish. 
Kalta ipning uzilishi qisman tumessensiya (kavernoz tanachalarning qon 
bilan to‘lishi) paydo bo‘lishidan dalolat beradi. Uchta ipning uzilishi tungi spontan 
ereksiya paydo bo‘lganligini qayd qiladi. Jinsiy olatning qon bilan spontan to‘lishi 
sifat “Rigiscan” apparati yordamida baholanadi, bunda jinsiy olatning 


taranglashishi o‘zgarishini unga to‘g‘ridan – to‘g‘ri o‘rnatilgan tenzodatchiklar 
grafik ravishda qayd qiladi. 
Farmakodopplerografiya
– jinsiy olatning tomirlarini ultratovushli 
dopplerskanerlashni intrakavernozli farmakologik test bilan birga o‘tkazish 
ereksiyaning har xil fazalarida, jinsiy olatda qon oqishining holatini baholashga 
imkon beradi. Bemor yotganida to‘rtta arteriya va jinsiy olatning chuqur dorsal 
venasi aniqlanadi. Qon oqimining maksimal va o‘rtacha tezligi, qon asosiy 
massasining oqim tezligi, qarshilik indeksini aniqlash bilan qon oqimining diastolik 
tezligi va qon oqimining hajmiy tezligi qayd qilinadi. Ko‘rsatgichlar qayd 
qilingandan keyin kavernoz gavdachalarning qon bilan to‘lishini kuchaytirish 
uchun kavernoz gavdacha ichiga vazofaol preparatlar kiritiladi. SHundan 10 daqiqa 
keyin jinsiy olatning tomirlarini takroriy dopplerskanirlash o‘tkaziladi. Keyin 
dastlabki tekshirishda va farmakologik yuklamadan so‘ng olingan gemodinamik 
parametrlar solishtiriladi. Arterial qon oqimining holati to‘g‘risida ob’ektiv 
ma’lumotlardan tashqari, dopplerografiya venookklyuziv kavernoz mexanizm 
buzilishining bilvosita belgilarini aniqlash imkonini beradi. 
Kavernozografiya 
– kavernozli venooklyuziv disfunksiyani va kavernoz 
fibrozni tashxislaydigan rentgenologik usul. Rentgen kontrast preparat kavernoz 
tanacha ichiga kiritiladi. Rentgenogrammada kavernoz tanachalarning tuzilish 
holati va kontrast modda bilan venoz oqimi yo‘llarining to‘lishi qayd qilinadi. 
Vazofaol preparat kavernoz tanachaning ichiga kiritilgandan 10 daqiqa keyin 
tekshirish takrorlanadi Venookklyuziv disfunksiyaning belgisi jinsiy olatning 
boshchasidagi va uretradagi spongioz tanachalar, chuqur dorsal vena, ichki uyatli 
venalar va prostatavezikal chigalning kontrastlanishi, vazofaol preparatni 
kiritgandan keyin saqlanishi bo‘ladi (16. 2 – rasm). 


16.2 – rasm. Kavernozogramma. Venookklyuziv disfunksiya. 
Kavernoz tanachalarning har xil kontrastlanishi va mahalliy pasayishi 
kavernoz to‘qimaning o‘choqli sklerozi (parsial) belgisi deb baholanishi mumkin. 
Jinsiy olatning elektromiografiyasi
– neyrogenli erektil disfunksiyani 
tashxislash usuli. Intrakavernozli farmakologik test bilan yuzaki yoki ignali 
elektrodlar birga qo‘shib o‘tkaziladi. Jinsiy olatning innervatsiyasini baholash 
mezonlari qayd qilinadigan potensiallarning amplitudasi, chastotasi, shakli va 
sinxronligi bo‘ladi. Me’yorda tumessensiya kuchayishiga qarab sinxron 
potensiallar amplitudasi va chastotasi kamayadi, ereksiyaning yuqori darajasida 
izoelektrik jimjitlik qayd qilinadi. 
Erektil disfunksiya bo‘lgan bemorni ixtisosligi bir – biriga yaqin 
mutaxassislar – psixonevrolog, nevropatolog, endokrinologlar birgalikda 
tekshirish, zaruriyat bo‘lganda qo‘shimcha tekshirish usullari (masalan, 
umurtqaning degenerativ kasalliklarida – umurtqaning rentgenografiyasi va 
magnitli – rezonans tomografiyasi) qo‘llanilishi kerak. Anamnezida chanoq va/ 
yoki oraliqda shikast bo‘lishi chanoq tubi va jinsiy olatni (tuzilishidagi buzilishlar, 


mahalliy fibrozni tashxislash uchun) magnitli – rezonans tomografiya qilishga 
ko‘rsatma bo‘ladi. 

Yüklə 363,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin