16 – bob. Erektil disfunksiya (impotensiya)



Yüklə 363,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix14.12.2023
ölçüsü363,25 Kb.
#177570
1   2   3   4   5
Erektil disfunksiya

Davolash 
etiopatogenetik bo‘lishi kerak. Etiotrop davolash deganda erektil 
buzilishlar paydo bo‘lishiga olib keluvchi qandli diabet, umurtqaning degenerativ 
kasalligi, giperprolaktinemiya, nevrozlarni davolash nazarda tutiladi. 
Erektil buzilishlarni davolash konservativ va operativ bo‘lishi mumkin. 
Erektil disfunksiyani dori – darmonlar bilan uzoq muddat davolash uchun 
adaptogenlar va biogen stimulyatorlar (jenshen, eleuterokokk, exinopanaks, aralii, 
pantokrin ekstraktlari va damlamasi), angioprotektorlar, dezagregantlar, qon 
tomirlarni 
kengaytiruvchi 
preparatlar, 
α–adrenoblokatorlar 
(ioximbin), 
antioksidantlar, o‘simliklardan tayyorlangan dori vositalari (tenteks, speman), qon 
aylanishini stimullashga yo‘naltirilgan fizioterapevtik usullar bilan birga qo‘shib 
qo‘llaniladi. YUqorida aytilgan preparatlar bilan davolash kursini o‘tkazish tomirlar 
tonusini stabillashga, tomirlar devorining elastikligini oshirishga yo‘naltirilgan va 
ereksiya vaskulogen buzilishining kompensator turida samarali bo‘ladi. 
CHanoqning qon bilan to‘lishini stimulyasiya qilish uchun markazga ta’sir 
qiluvchi preparatlar – trazodon va apomorfin ishlatilishi mumkin. Periferik ta’sirga 
ega bo‘lgan preparatlarga nitroglitserinli va minoksidil mazlar kiradi, ularning 
samarasi qo‘llagan joyda qon oqimini mahalliy kuchaytirishga asoslangan. 
Neyrogenli erektil buzilishlar prozerin, dupleks, V guruhidagi vitaminlar
fizioterapevtik vositalar bilan davolaniladi. 
Endokrin buzilishlar xarakteriga qarab qat’iy ko‘rsatmasi bo‘yicha gormonal 
terapiya o‘tkaziladi. Androgen etishmovchiligida testosterondan tayyorlangan 
preparatlar (sustanon – 250, andriol) qo‘llaniladi. 
Erektil disfunksiyani davolashda bitta jinsiy juftlikda jimo’ni bajarish uchun 
ishlatiladigan, tabiiy yoki sun’iy (farmakologik) ereksiyani bir marta kuchaytirishga 
yo‘naltirilgan bemorlarni seksual adaptatsiya qilish usuli alohida o‘rinni egallaydi. 
Bularga har xil vakuum – erektorlar, periferik ta’sir qiluvchi kavernoz tanacha 
ichiga in’eksiya qilish uchun (alprostadil, papaverin gidroxlorid, fentolamin) yoki 
endouretral (alprostadil “MUSE”) qo‘llaniladigan hamda tabletkali sildenafil sitrat 


(Viagra) kabi vazofaol preparatlar kiradi. Dori–darmonlar bilan tuzatishning 
bunday turi vaskulogen erektil buzilishlarning subkompensatsiyalangan va 
dekompensatsiyalangan bosqichlarida qo‘llaniladi. Psixogen erektil disfunksiya 
bilan bo‘lgan bemorlarda kavernoz tanacha ichiga yuboriladigan vazofaol 
preparatlarni yoki Viagrani psixoterapiya bilan birga qo‘shib buyurilganda 
psixologik holatni va seksual faollikni tiklashga imkon tug‘iladi. 
Organik 
erektil 
disfunksiyaning 
subkompensatsiyalangan 
va 
dekompensatsiyalangan turlarida operativ davolash qo‘llaniladi. Venoz qon ko‘p 
oqib ketishi sabab bo‘ladigan jinsiy olatning arterial etishmovchiligida va 
venookklyuziv disfunksiyada, kavernoz tanachalarga qo‘shimcha arterial oqim 
paydo qilishga yo‘naltirilgan (jinsiy olatning revaskulyarizatsiyasi) operatsiya 
o‘tkaziladi. Virag–Hauri usuli bo‘yicha revaskulyarizatsiya operatsiyasi – pastki 
epigastral arteriya va jinsiy olatning dorsal venasi o‘rtasida har xil tipdagi 
anastomozlar qo‘yish eng ko‘p tarqaldi. 
Venookklyuziv 
buzilishlarni 
to‘g‘rilashga qaratilgan
operatsiyalar 
(spongiolizis, chuqur dorsal venani bog‘lash va kesib olib tashlash, chuqur dorsal 
venani oqchil parda burmasiga ko‘mish, jinsiy olat oyoqchalarini mahkamlash) 
kavernoz tanachalardan patologik venoz oqimga ustunlik qiluvchi yo‘llarni 
yo‘qotishdan iborat. Venookklyuziv disfunksiya bo‘lgan hollarda venoz jarrohlik 
usullari hozirgi vaqtda jinsiy olatning revaskulyarizatsiyasi bilan birga qo‘shib 
qo‘llaniladi. 
Erektil disfunksiyaning dekompensatsiyalangan turlarida, ayniqsa kavernoz 
tanachalar (miogen) etishmovchiligi bunday tanachalar fibrozi sababli ro‘y 
berganda dori–darmonlar bilan davolash va jinsiy olat revaskulyarizatsiyasining 
samarasizligi falloendoprotezlarni qo‘llashga ko‘rsatma bo‘ladi. Falloprotezlar 
shakli va kattaligi kavernoz tanachalarga muvofiq keladigan silikonli o‘zaklar va 
ballonlardan iborat. Operatsiya paytida kavernoz tanacha boshidan oxirigacha 
bujlanadi. Hosil qilingan kanalchalarga jinsiy olatning qattiqligini saqlab turuvchi 
falloprotezlar o‘rnatiladi (16.3 – rasm). 


16.3 – rasm. Jinsiy olatning uch komponentli gidravlik protezi. 1– suyuqlik
saqlovchi rezervuar; 2– silindrlar; 3– pompa. 
Zamonaviy plastik va ayniqsa gidravlik modelli protezlar jinsiy olatni 
modellashtirish imkonini beradi, ular tabiiy ereksiyaga o‘xshab vazifani bajarish 
bilan mos keladi. Endokavernoz falloprotezlashning yuqori samaradorligi uni 
erektil disfunksiyani operativ davolashda ustivor usul qildi 

Yüklə 363,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin