16 – bob. Erektil disfunksiya (impotensiya)


Simptomlari va klinik kechishi



Yüklə 363,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix14.12.2023
ölçüsü363,25 Kb.
#177570
1   2   3   4   5
Erektil disfunksiya

Simptomlari va klinik kechishi.
Adekvat, spontan va masturbatsiyali 
ereksiyalar farq qilinadi. Adekvat deganda seksual munosabatda paydo bo‘ladigan 
ereksiya nazarda tutiladi. Spontan ereksiya reflektor bo‘lib, jinsiy faollik 
bo‘lmaganda, ko‘pincha tez uxlash fazasida ro‘y beradi, uyg‘onganda yo‘qoladi 
(boshqacha atama –“tunda jinsiy olatning tumessen– siyalanishi”). Tumessensiya 
(jinsiy olatning qon bilan to‘lishi, ereksiyalangan a’zoning o‘lchamigacha 
kattalashishi) ereksiya rivojlanishi fazalaridan biridir. Masturbatsiyali ereksiya – 
qo‘l bilan ishqalab jinsiy olatni qo‘zg‘atish fonida yuzaga kelgan ereksiyadir. 
Erektil 
disfunksiyaning 
namoyon 
bo‘lishi ko‘pincha kasallikning 
etiopatogenetik turiga bog‘liq. Psixogen impotensiya uchun odatda, spontan va 
masturabatsiyali ereksiya saqlangan holda adekvat ereksiyaning birdan pasayishi 
xos. Jinsiy funksiyaning sifati seksual juftlikka jimo’ qilish turiga, muhit holatiga 
va vaziyatga bog‘liq bo‘lishi mumkin. 
Bir qator hollarda eyakulyasiya, orgazm va libido (jinsiy mayl)ning buzilishi 
kuzatiladi. 
Erektil disfunksiyaning vaskulogen turi ham adekvat, ham spontan 
ereksiyalarning asta–sekin pasayishiga, ba’zan uning butunlay yo‘qolishigacha olib 
keladi. Libido, odatda, saqlangan bo‘ladi. Qon tomirlar zararlanishi uchun
eyakulyasiyasiz detumessensiya (jimo’ni davom ettirishga imkon bermaydigan, 
jinsiy olat taranglashishining birdan susayishi ) epizodlari xos. Tomirlarning 
umumiy zaralanishi (ateroskleroz, obliteratsiyalovchi endarteriit, Lerish sindromi) 
“o‘g‘irlanish” sindromi bilan namoyon bo‘lishi mumkin: kuchli friksiyalarda ishlab 
turgan mushaklarga qonning qayta taqsimlanishi natijasida ereksiya susayadi. 
Ereksiyaning turgan vaqtda (ortostazda) kuchayishi va yotganda (klinostazda) 
susayishi 
vaskulogen 
xarakterdagi 
impotensiyani 
ko‘rsatishi mumkin. 
Tumessensiyaning uzoq vaqt bo‘lishi arterial etishmovchilikda kuzatiladi. 


Neyrogen etiologiyali erektil disfunksiyaning namoyon bo‘lishi nerv 
tizimining zararlanish darajasiga bog‘liq. Kortikal va orqa miyaning “yuqori” 
zararlanishlarida spontan ereksiya taktil stimulyasiyadagi ereksiyaning reflektor 
tipida saqlanishi mumkin. Orqa miyaning “past” va periferik neyroretseptorlarning 
zararlanishi jinsiy xoxish saqlangan holda ham spontan, ham adekvat 
ereksiyalarning susayishiga olib keladi. Neyrogen impotensiya ko‘pincha 
eyakulyasiyaning buzilishi bilan kuzatiladi. 
Androgen etishmovchiligi, giperprolaktinemiya fonida rivojlanadigan erektil 
disfunksiya, ko‘p hollarda asta – sekin zo‘rayadi va jinsiy xoxishning susayishi 
bilan kuzatiladi. 

Yüklə 363,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin