15-mavzu. Laboratoriya hayvonlari kasalliklari


Laboratoriya hayvonlarining yuqumsiz kasalliklari



Yüklə 24,04 Kb.
səhifə6/7
tarix26.10.2022
ölçüsü24,04 Kb.
#66259
1   2   3   4   5   6   7
15-maruza

Laboratoriya hayvonlarining yuqumsiz kasalliklari kelib chiqishi sabablari juda keng bo’lib, oshqozon ichak sistemasi, nafas olish organlari, ko’z, quyosh va issiq urishi, muzlab qolish, rahit, avitaminozlar va boshqalarga bo’linadi. Bu kasalliklarning hammasi hayvonlarni saqlash va oziqlantirish sharoitlari, parvarishlash, suv berish va oziqlantirish rejimining buzilishi, shamollash jarayonlari hamda hayvonlarni parvarishlash va ulardan foydalanishdagi kamchiliklar orqali kelib chiqadi.
Oshqozon-teri ichak sistemasi kasalliklariga timpaniya (qorinning shishishi), meteorizm (ichaklarning shishishi), katarlar (oshqozon va ichak shilliq pardasining kataral yallig’lanishi) kiradi.
Pododermatit –setkali pollarda saqlash natijasida kelib chiqadigan kasallik. Oyoqning pastki qismida, ko’pincha orqa oyoqlarda junining tushib quruq korkalar hosil bo’lib mozolga o’tishi, yorilib yaralar paydo bo’lishi bilan kechadigan kasallik. Yaralar stafilokoklar bilan ifloslanganda yiringli yaralar paydo bo’lib, sepsis chaqirishi va hayvonning olimiga olib kelishi bilan xarakterlanadi.
Nafas olish sistemasi kasalliklari saqlash sharoitlari bilan bog’liq bo’lib yelvizaklar, sovuq nam havo, vivariylarning isitilmasligi, haroratning keskin tushib ketishi, ammiak va karbonat angidridining keskin ko’payib ketishi orqali kelib chiqishi mumkin. Rinit, bronxit, o’pka va plevraning katoral yallig’lanishiga olib keladi. Quyosh urishi, issiq yoz kunlarida uzoq vaqt quyosh nurlarining to’g’ridan to’g’ri ta’siri ostida, issiqlik urishi yomon shamollatiladigan xonalarda ventilyatsiyaning yo’qligi, zich joylashuv, yuqori namlik va uzoq vaqt tashish natijasida organizmning qizib ketishi orqali yuzaga keladi.
Yaxlab, muzlab qolish -3 darajaga bo’linadi. 1-yengil daraja shish va og’riq bilan seziladi, 2-o’rtacha daraja- tiniq suyuqlik bilan to’lgan pufakchalar paydo bo’ladi keyinchalik yoriladi ko’p vaqt tuzalmaydi, 3-daraja muzlagan uchastkalarning nekrozi –o’lishi va ajralishi bilan tavsiflanadi.
Konyuktivit –ko’zga chang, qum va boshqa narsalar tushishi, har xil jarohatlar olishi, hamda ozuqada A vitaminining yetishmasligi orqali kelib chiqadi.
Raxit –ozuqada D vitaminining yetishmasligi, kalsiy-fosfor nisbatining buzilishi oqibatida yuzaga keladi. Umurtqa va suyaklarning buzilishi, hayvon o’sishidan orqada qoladi.
Avitaminoz. Laboratoriya hayvonlari uchun A,B,C,D va E vitaminlari muhim rol o’ynaydi. Quyonlar va dengiz cho’chqalari uchun A,B,C,D vitaminlari, sichqon va kalamushlar uchun A,B,D va E, chunki sichqon va kalamushlar C vitaminini o’z organizmida sintez qila oladi.
Laboratoriya hayvonlarining yuqumli invasion va yuqumsiz kasalliklari kelib chiqishining tahlili ko’rsatadiki, bunda quyidagi omillar ta’sir ko’rsatadi:

  1. Genetik faktor, har bir hayvon turida.

  2. Yem komponentlarining agressiv va antogonistik xususiyatlarini hisobga olgan holda to’la ratsionli ozuqalar bilan ta’minlash.

  3. Laboratoriya hayvonlarining biologik xususiyatlariga ko’ra saqlash sharoitlarini optimallashtirish.

  4. Veterinariya sohasining asosi laboratoriya hayvonlaridan foydalanishni doimiy nazorat qilish.


Yüklə 24,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin