15-mavzu. Laboratoriya hayvonlari kasalliklari



Yüklə 24,04 Kb.
səhifə5/7
tarix26.10.2022
ölçüsü24,04 Kb.
#66259
1   2   3   4   5   6   7
15-maruza

Invazion kasalliklarga protozoy kasalliklar, gelmintoz kasalliklar, araxnoz kasalliklar kiradi. Protozoy invazion kasalliklarga dizenteriya amyobasi, malyariya plazmodiyasi, leyshmaniya, toksoplazma va boshqalar kiradi. Ko’pchilik pathogen oddiy hujayralilar hujayra ichida parajitlik qiladi va xo’jayin organizmida, tashuvchida hamda tashqi muhitda o’zining ma’lum bir rivojlanish davrini bosib o’tadi.
Oddiy hujayralilarning eng ko’p tarqalgani bu koksidiozdir. Koksidioz qo’zg’atuvchilari bir hujayrali parazitlar hisoblanadi. Quyonlar organizmida 10 turdagi koksidiyalar parazitlik qilib, ulardan 9 tasi ichak shilliq pardasida va 1 tasi jigarda yashaydi. Koksidiya tashuvchanlik quyonlarda ko’p tarqalgan bo’lib, ular kasallik tarqatish manbai hisoblanadi.
Kasallik koksidiyalar bilan ifloslangan suv, ozuqa, tuproq, to’shamalar, asbob-uskunalar va boshqa inventarlar bilan tarqaladi. Shakllangan oositlar shaklida og’iz orqali parazitlar hayvon organizmiga tushadi. Kasallikning tarqalishiga namlik, zich joylashuv, noto’g’ri oziqlantirish, ozuqani keskin o’zgartirish va antisanitariya holatlari yordam beradi. Amaliyotda aralash ichak va jigar shakli ham birgalikda ko’p uchraydi, hamda katta iqtisodiy zarar keltiradi. Gelmint kasalliklaridan passaluroz va sistiserkoz juda keng tarqalgan. Passaluroz –nematodalar bo’lib yo’g’on ichakda parazitlik qiladi. Kasallik manbai axlat bilan ifloslangan suv va ozuqa hisoblanadi. Ostritsalar anal teshigi atrofiga tuxum qo’yadi va kuchli qichish chaqiradi.
Sistiserkoz (finnoz) –chaqiruvchilari sestodalar –lantasimonlar bo’lib asosiy manbai itlar axlati orqali suv va ozuqani parazit tuxumlari bilan ifloslaydi.
Araxnozlar –kanalar chaqiruvchi kasalliklar bo’lib quloq chesotkasi va sarkoptoz keng tarqalgan. Sarkoptoz – zudnevaya chesotka bilan hayvonlar kasal hayvon bilan kontaktda bo’lganida mayda kanalar orqali yuqadi yoki har xil asbob anjomlar, kiyimlar va boshqa inventarlar orqali o’tadi. Kanalar hayvon terisiga kirib yallig’lanish jarayonlarini va qichish chaqiradi, hayvonlar bezovta bo’lib ishtahasi yo’qoladi va o’lishi mumkin. Quloq chesotkasi ham xuddi shunday mayda kanalar, kasal hayvondan sog’ hayvonga maxsus kiyimlar va parvarishlash vositalari orqali yuqadi. Ushbu kasallik quloq suprasida qichish va eczema hosil qilish bilan xarakterlanadi. Kasallik o’tib ketganda yallig’lanish jarayoni birinchi baraban pardasini, keyin o’rta va ichki quloqni ham zararlaydi. Miya pardasini zararlaganda travma va asab buzilishlari kuzatilib hayvon o’ladi.

Yüklə 24,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin