15-mavzu. Laboratoriya hayvonlari kasalliklari



Yüklə 24,04 Kb.
səhifə4/7
tarix26.10.2022
ölçüsü24,04 Kb.
#66259
1   2   3   4   5   6   7
15-maruza

Axborot manbaalari
12.www. Ziyo.net.uz.
12. www.veterinariya meditsinasi.uz
13. www.sea@mail.net21.ru
14. wwwveterinary@actavis.ru

LABORATORIYA HAYVONLARI KASALLIKLARI.

Tayanch iboralar; virus, bakteriya, invaziya, yuqumsiz, rinit, bronxit, konyuktivit, kolibakterioz, salmonelyoz, tuberkulyoz, koksidioz, miksomatoz.
Vivariyda laboratoriya hayvonlarini saqlash xususiyatlariga ko’ra ular kasalliklarga moyil hisoblanadi. Hayvonlar zich joylashtirilganda, qafaslar talabga javob bermaganda, asosiy profilaktika choralariga amal qilinmaganda va hokazo holatlarda, texnik va tashkiliy kamchiliklarda yuqumli kasalliklar kelib chiqish xavfi ortadi. Butunjahon Sog’liqni Saqlash Tashkiloti (BSST) 1973-yil tavsiyasiga binoan mikrobiologik holati ular ikki guruhga bo’linadi, konvensional (oddiy) va gnotobiotik (ma’lum mikro-florali)
Laboratoriya hayvonlari yuqumli rinit, yuqumli stomatit va yuqumli miksomatoz kabi virus kasalliklari bilan kasallanadi.
Yuqumli rinit kasalligi chaqiruvchilari paragripp-2 virusi, bronxoseptikus bakteriyalari, stafilokoklar, pasterellalar bo’lishi mumkin. Quyonlar ko’proq kasallanib kasallik manbai – kasal hayvonlar, zararlanish aerogen yo’l bilan kechadi. Yelvizaklar, haroratning keskin o’zgarishi, namlik, chang va ammiak miqdorining oshishi sabab bo’lishi mumkin.
Infeksion stomatit-chaqiruvchisi virus, yosh quyonchalar kasallanadi. Zich joylashish, yuqori namlik, harorat tushishi va antisanitariya kasallikning paydo bo’lishi va tarqalishiga olib keladi.
Miksomatoz- chaqiruvchisi virus, kasallik tashuvchilari qon so’ruvchi hashorotlar, ektoparazitlar, qushlar, hayvonlar, odamlar, parvarishlash vositalari va ozuqa yem orqali kuchsizlangan organizmga yuqtirishi mumkin.
Laboratoriya hayvonlarining pasterilyoz, listerioz, tuberkulyoz, psevdo tuberkulyoz, kolebakterioz, sal’monellioz, pnevmokokkoz, plevropnevmaniya, stafilokokkoz va boshqa kasalliklari keng tarqalgan. Ushbu bakteriyali infeksiyalarning tarqalmasligi uchun hayvonlarni toza saqlash, to’yimli oziqlantirish va barcha sanitariya gigeyena qoidalariga amal qilib, veterenariya sanitariya tadbirlarini to’liq o’tkazish talab etiladi.
Zamburug’ kasalliklari –mikozlardan dermatofitlar, kandidomikozlar, kriptokoklar, gistoplazmalar, blastomitsetlar, koksidioidlar va mog’or zamburug’lari guruhlari laboratoriya hayvonlarini zararlashi mumkin. Laboratoriya hayvonlari temiratki (strigushiy lishay) ning ikki turi trixofitiya va mikrosporiya bilan kasallanadi. Temiratki kasalligi hamma joyda tarqalgan bo’lib, yilning hamma faslida, sifatsiz ozuqa, zich joylashish, yuqori namlik va antisanitariya sharoitlarida kelib chiqadi. Aspergillioz (pnevmokokkoz) –chaqiruvchisi aspergillus zamburug’I tashqi muhit sharoitlariga chidamli.

Yüklə 24,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin