11-mavzu: Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar konsepsiyasi


Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni rejalashtirish va unga qo‘yilgan pedagogik talablar



Yüklə 48,89 Kb.
səhifə7/10
tarix09.02.2023
ölçüsü48,89 Kb.
#83635
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
11-mavzu Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar konsep

Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni rejalashtirish va unga qo‘yilgan pedagogik talablar

Sinfdan va maktabdan tashqari ish mazmuni bolalarga beriladigan ma’naviy axloqiy bilimlar tizimi, ishonch, e’tiqod, intizom, xulq-atvorni bir butun holatini tashkil etadi.


Ayniqsa kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning ta’limiy- tarbiyaviy faoliyatlari o‘ziga xos xususiyatga ega: o‘quvchilarda hayotiy tajribalarning kamligi, o‘quv-tarbiya jarayonida hodisalarga qiziqish, «yaxshi», «yomon» harakatlarga chuqur munosabat bildira olmasligi kabilar.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining sinfdan va maktabdan tashqari ish faoliyatini rejalashtirish o‘ziga xos qoidalarga egadir:

  1. Har bir sinf jamoasining tarbiyalangan darajasini o‘rganish.

  2. O‘quvchilarning oilaviy hayoti, ota-onaning farzand tarbiyalashdagi burchi va vazifasini qanday his etishi.

  3. Kundalik o‘zgarishlarga o‘quvchilarning munosabati.

  4. O‘quvchilarning sharqona milliy urf-odat, an’analar haqidagi bilim darajasi.

  5. Qomusiy ma’rifatparvar, mutafakkirlar hamda hozirgi zamon shoir, yozuvchilarning ijodiyotidan namuna bilishlari. Mazkur qoidalar boshlang‘ich sinflarda sodda holda qo‘llaniladi.

Yuqoridagilarni aniqlashda suhbat, anketa usullaridan foydalanish o‘rinlidir. Shundagina har bir o‘qituvchilarning betakror, bir-biriga o‘xshamagan sinfdan va maktabdan tashqari ish tadbir rejalari bunyodga keladi. Bunday rejalar tarbiyaviy ta’sirga ega bo‘lib maqsadga erishtira oladi.

Sinfdan va maktabdan tashqari ish ishlarni rejalashtirishning asosiy omillari:


  1. Vatanga muhabbat va insonparvarlik.

  2. Milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish.

  3. Ma’naviy tarbiya (axloq va odob).

  4. Iqtisodiy tarbiya.

  5. Ekologik tarbiya.

  6. Go‘zallik tarbiyasi.

  7. Jismoniy barkamollik (sog‘lom avlod uchun).

  8. Ota-onalar bilan ishlash.

Yuqoridagi omillarni rejalashtirishda tanlanadigan mavzular quyidagi talablarga javob berishi kerak.

  1. Tuzilgan reja va undagi mavzular davr talabiga javob berishi.

  2. Tanlangan mavzular milliy va umuminsoniy qadriyatlar qamrovida bo‘lishi.

  3. Tarbiyaviy tadbirlar uzviylik qoidasiga amal qilgan bo‘lishi.

  4. Mavzular o‘quvchilarning yoshi va bilim saviyasiga mos bo‘lishi.

Yüklə 48,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin