11-mavzu: Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar konsepsiyasi


Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning ahamiyati



Yüklə 48,89 Kb.
səhifə3/10
tarix09.02.2023
ölçüsü48,89 Kb.
#83635
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
11-mavzu Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar konsep

Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning ahamiyati
O‘quvchilarning sinfdan tashqari ishlari o‘z mazmuniga ko‘ra tafakkur faoliyati va munosabat vositasi hisoblanadi. Chunki sinfdan tashqari ishlarda olingan axborot idrok etiladi, qayta ishlanadi va shu asosda yangi bilimlar hosil qilinadi.
O‘quvchilar maktabdan tashqari ishlarda qatnashib, turli kishilar bilan muayyan munosabatga kirishadi, turli vazifatlarga duch keladilar. SHuning uchun ham o‘quvchilarning maktabdan tashqari faoliyatlari qanchalik xilma-xil bo‘lsa, ularning munosabatlari shunchalik boy, munosabat doirasi keng va ma’naviy o‘sishi samarali bo‘ladi. Maktabdan tashqaridagi tarbiyaviy ishlarda o‘quvchilar jamoada ishlashni o‘rganadilar ijtimoiy mehnat quvonchini his qiladilar, ishlab chiqarish mehnatiga qo‘shiladilar, jamoatchilik fikriga bo‘ysunishga, jamoa sharafi uchun kurashishga odatlanadilar. Maktabdan tashqari faoliyat unda qatnashuvchilarning ma’naviy va jismoniy rivojlanishi hamda yosh xususiyatlariga ko‘ra belgilanadi. Bu jarayonga ular ta’lim olayotgan maktabning sharoiti ham ta’sir etadi. Garchand mamlakatimizdagi barcha maktablarning vazifalari bir bo‘lsa-da, o‘sha maktablarning o‘ziga xos xususiyatlari bor va bu xususiyatlr madaniy va milliy sharoitlarda yaqqol ko‘rinadi. Pedagoglar, sinf rahbarlarining sinfdan va maktabdan tashqari olib boradigan tarbiyaviy ishlarida quyidagi ish usullaridan foydalanishlari maqsadga muvofiqdir.
1. Og‘zaki ish usullari. Turli axborotlar, yig‘ilishlar, ertalabki yig‘inlar, ma`ruzalar, kitobxonlik kechalari, munozaralar, uchrashuvlar, og‘zaki gazetalar.
2. Amaliy ish olib borish usullari, turli joylarga sayyohatlar, sport musobaqalari, olimpiada, yosh tabiatshunoslar to‘garaklari, hasharlar.
3. Ko‘rgazmali ish usullari. Maktab muzeylari, urush va mehnat qahramonlari xonasi, yangi kitoblar ko‘rgazmalari, ijodiy faoliyat namunalari ko‘rgazmasi.
Tarbiyaviy ish pedagogdan butun qolibiliyatini ishga solishni, tinmay izlanishni taqozo etadi. Chunki kelajak avlod tarbiyalangan, uyushgan, ahil, jonajon Vatanimizning haqiqiy fuqarolari bo‘lishlari lozim.
Hozirgi paytda, fan va madaniyatning eng so‘nggi yutuqlari asosida kelajagimiz bo‘lgan yosh avlodni sinfdan va maktabdan tashqari ishlar orqali hayotga tayyorlashning samarali shakl va uslublarini izlash nihoyatda zarurdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to‘g‘risida»gi farmonida ko‘rsatilganidek, jamiyatda yuksak ma’naviy fazilatlarni kamol toptirish, milliy mafkurani shakllantirish, yoshlarni boy madaniy merosimiz, tarixiy an’analarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning hal qiluvchi omilidir.
Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshirish avvalo komil insonni shakllantirishning eng zamonaviy va qulay yo‘nalishlarini topib joriy etishga bog‘liq. Ushbu Kontseptsiya ham xuddi shu maqsadda, shaxs kamoloti bosqichlarini belgilab olishga yo‘naltirilgan.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni davr talabiga javob beradigan holga keltirish uchun tarbiyaning asosi bo‘lgan barcha g‘oyalar qaytadan ko‘rib chiqilishi, asosiy e’tibor bola shaxsiga qaratilishi, yillar davomida to‘plangan ijobiy tajribadan unumli foydalanish zarurligini taqozo etadi.



Yüklə 48,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin