11-mavzu: Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar konsepsiyasi



Yüklə 48,89 Kb.
səhifə6/10
tarix09.02.2023
ölçüsü48,89 Kb.
#83635
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
11-mavzu Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar konsep

Sinfdan tashqari individual ish: har bir o‘quvchi mayl va qobiliyatlarining rivojlanishiga yordam beradi. Individual ishlar: bunda o‘qituvchi o‘quvchining individual yosh xususiyatlariga qarab ish tutadi. Masalan: tortinchoq, passiv o‘quvchilar har bir sinfda ham uchraydi.
Bu ishda sinfdan tashqari o‘qish katta ahamiyatga ega. Maktabda har bir sinf uchun sinfdan tashqari o‘qish dasturi bor. O‘quvchining nima o‘qiyotgani va o‘qigan narsalarini qanday idrok qilayotganini o‘qituvchi bilishi juda muhim. SHuning uchun o‘qituvchining sinfdan tashqari o‘qishga rahbarligi eng yaxshi kitoblarni targ‘ib qilish va o‘quvchilarda o‘qilgan darsliklarni to‘g‘ri, chuqur idrok etishni rivojlantirishdan iborat.
Individual topshiriqlarning turlari juda ko‘p bo‘lib, o‘simliklar o‘stirish, gullar, sabzavotlar etishtirish ham ana shunday topshiriqlar jumlasiga kiradi. Individual topshiriqlarda har bir o‘quvchining imkoniyat va qiziqishlari hisobga olinsa, ular bolalarning qobiliyatlari, iste’dodlarini o‘stirishga yordam beradi.
O‘qituvchi ta’lim jarayonida bolalar ning madaniy ehtiyojlari va kamolot darajalarini aniqlash bilan shug‘ullanadi. Ularga muvofiq tarzda ayrim o‘qituvchilar, gruppa yoki butun sinf bilan olib boriladigan sinfdan tashqari ishlarni rejalashtirish kiritiladi


Maktabdan tashqari ishlar


Maktabdan tashqari ishlar bolalarning yoshi va qiziqishlarini hisobga olgan holda, ularni ihtiyoriy ravishda, faol va mustaqil qatnashishlari sharoitida tashkil qilinadi.
Tuman, shahar, o‘lka va respublika hamda maktab o‘quvchilari saroylari va uylari – ancha keng tarqalgan maktabdan tashqari muassasalardir. Ular xalq ma`orifi organlari rahbarligi ostida ishlaydilar.
Maktabdan tashqari mussasa bolalar kutubxonasining ishi diqqatga sazovor. Bolalar kutubxonalari maktab o‘quvchilariga, shuningdek, maktabgacha tarbiya yoshidagi kitob o‘qiy oladigan bolalarga xizmat ko‘rsatadi. Kutubxonaning butun ishi bolalarga yaxshi tarbiya berishga, fan asoslarini o‘rganishda o‘quvchilarga yordamlashishga, bolalarda o‘qish madaniyatini tarbiyalashga, mustaqil ravishda bilim olish malakalarini hosil qilish va mustahkamlashga qaratilgan.
Ko‘pgina maktabdan tashqari muassasalarning ishlari misolida, maktabdan tashqari muassasalar o‘quvchilar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishida maktab va oilaga jiddiy yordam bermoqdalar degan xulosaga kelish mumkin. O‘qituvchi muayyan aholi yashaydigan joyda maktabda qanday muassasalar borligini bilib, ular bilan hamkorlikda qilinadigan ishni yo‘lga qo‘yadi, o‘quvchilarning qiziqishlarini hisobga olgan holda, ularni to‘garaklarga yo‘llaydi. Maktab bolalalari bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishni rejalashtirishda maktabdan tashqari muassasalardan olishi mumkin bo‘lgan yordamni ham nazarda tutadi. Maktabning tarbiyaviy ish rejasini bolalar muassasalarining rejasiga moslashtirish zarur. Maktab tarbiyaviy ish rejasini o‘quvchilar bilan sinfdan va maktabdan tashqarida olib boriladigan ishlarning qoidasi va usullarini, ularni oqilona yo‘lga qo‘yishni o‘z ichiga oladi.
Maktabdan tashqari bolalar ta’lim tarbiyaviy muassasalarining bola tarbiyasidagi roli beqiyos katta ahamiyatga ega bo‘lib, bunday muassasalarni asosan 2-turga ajratish mumkin:
1. Keng tarmoqli, ya’ni ko‘p xil ta’lim- tarbiya va madaniy ishlarini olib boradigan bolalar ta’lim-tarbiya muassasalari (o‘quvchilar uylari, saroylari, madaniyat uylari qoshidagi bolalar sektorlari, bolalar maydonlari, yozgi dam olish oromgohlari va boshqalar.
2. Tor tarmoqli bolalar ta’lim-tarbiya muassasalari –ya’ni ma’lum bir sohada bolalar bilan ta’lim-tarbiya va madaniy ishlari olib boradigan muassasalar: (bolalar kutubxonalari, yosh tabiatshunoslar, bolalar teatrlari, bolalar ijodiy uylari, bolalar turizmi, ekskursiyasi, bolalar qo‘g‘irchoq teatrlari, sport maydonlari, muziqa maktablari va boshqalar.
Maktabdan tashqari bolalar ta’lim-tarbiya muassasalari, ta’lim-tarbiya sohasidagi muassasalargina bo‘lib qolmasdan, balki sinfdan, maktabdan tashqari olib boriladigan ishlarning metodik markazi bo‘lib ham hisoblanadi.
Tarbiyaviy ishlar tuzilmasida maktab va maktabdan tashqari muassasalari, jamoatchilik, mahalla qo‘mitalari va oqsoqollari bilan o‘zaro hamkorlik qilishi ijtimoiy va pedagogik jihatdan muhim ahamiyatga egadir.
Tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda va ularni to‘la hal etishda maktablardagi ma’naviy va ma’rifiy ishlar tashkilotchisi ham alohida o‘rin egallaydi. Uning bolalar ta’lim-tarbiya muassasalari, sinf rahbarlari, va jamoat tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligi alohida ahamiyatga egadir
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar tashkilotchisi, maktab tarbiyaviy ishining umumiy rejasini tuzadi hamda o‘quvchilarga har tomonlama tarbiya berishda maktab o‘qituvchilari, maktabdan tashqari muassasalarning ishlarini bir-biriga muvofiqlashtiradi.

Yüklə 48,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin