11-mavzu: Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar konsepsiyasi


San’at va madaniyati me’morchiligi



Yüklə 48,89 Kb.
səhifə10/10
tarix09.02.2023
ölçüsü48,89 Kb.
#83635
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
11-mavzu Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar konsep

San’at va madaniyati me’morchiligi:


  1. San’atning sharqona ko‘rinishlari. Ajdodlarimiz san’ati tarixi.

  2. San’at ustalari (o‘tmish va hozir).

v) San’at maskanlari va uning turlari. san’atga munosabat.

  1. Milliy san’atning kelajagi.

  2. Me’morchilik tarixi. Madaniy me’morchilik koshonalariga sayohat va uni o‘rganish.

yo) Qo‘li gul ustoz va shogirdlar hayoti va kelajagi.
z) Me’morchilik ko‘rinishlari (tanlab o‘rganish).

Bobolardan bolalarga nasihat va pandlar:


  1. O‘zbek xalqining qadimiy yodgorliklari.

  2. A.Yassaviy, Bahovuddin Naqshbandiy, G‘azzoliy, Haziniylar ijodiyotida odob-axloq masalalari.

  3. O‘zbek shoiralarining pandlari. Zebiniso, Zavqiy, Nodira, Anbar Otin

  4. Zamonaviy shoir va shoiralar

g). Uchrashuv va kechalar tashkil qilish.
Ularning ijodiyotiga tashabbus qilishga undash.

O‘zbekona insoniy, yuksak axloqiy sifatlar


  1. Allomalarning o‘g‘il va qizlarga aytgan nasihatlari.

  2. Qizlik iffati, hayosi, g‘ururi.

v) Oila va jamoat mehnatiga to‘g‘ri munosabatda bo‘lish.
g) Inson go‘zalligini anglatuvchi belgilar.

  1. «Yaxshilik» va «yomonlik»ni keltiruvchi hasob, uning sabablari, obro‘ qozonish oson ish-mi?

  2. Sayoq yurgan tayoq yer.

yo) Bozor qilish odobi.
j) Tabiat go‘zalligini saqlash.
O‘quvchilarni har tomonlama yetuk, barkamol qilib tarbiyalash masalalarini muvaffaqiyatli hal etish, ularda faol hayotiy mavqeni shakllantirish, o‘zlashtirish va bilim sifatini oshirish ko‘p jihatdan kuni uzaytirilgan guruhlarining samarali ishlashiga bog‘liqdir. Sinfdan va maktabdan tashqari tashkil qilingan ishlar o‘quvchilar hayotidagi tarbiyaviy faoliyatini to‘ldiradi. Ularning dunyoqarashi, to‘g‘ri shakllanishiga, axloqiy kamol topishiga ko‘maklashadi. Nazariy bilimlarni amaliyot ishlab chiqarish bilan bog‘lanishiga zamin yaratadi.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarga rahbarlik qiluvchi tashkilotchilarning vazifalari ham ko‘p qirralidir. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning tashkilotchisining vazifalariga quyidagilar kiradi:

  1. Darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va amalga oshirishni nazorat qilish.

  2. O‘quvchilarning sinfdan va maktabdan tashqari ko‘p qirrali ishlarni o‘quvchilar tashkilotlari sinf faollari yordamida yo‘lga qo‘yish.

  3. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar yo‘nalishiga bevosita rahbarlik qilgan holda o‘qituvchilar, sinf rahbarlari, ota-onalari, sinf faollariga uslubiy yordam ko‘rsatish.

  4. Umummaktab va maktablararo o‘tkaziladigan eng muhim tarbiyaviy tadbirlarda qatnashish.

  5. O‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini tashkil qilishda tarbiya va madaniyat muassasalari hamda jamoatchilik kuchidan keng foydalanish. Bu borada tashkilotchilar faolligini uchta asosiy tomonini ko‘rish mumkin: tashkilotchilik, uslubiy va ma’muriy.

Bular ko‘pincha o‘zaro uzviy bog‘langan holda namoyon bo‘ladi. Tashkilotchining tashkilotchilik faoliyatiga quyidagi bir qator kishilarni kiritish mumkin:

  1. Tarbiyaviy ishlar sohasida erishgan yutuq va kamchiliklarni tahlil qilish.

  2. Tarbiyaviy ishlarning maqsad va vazifalarini aniqlash.

  3. Tarbiyaviy, ommaviy, siyosiy ishlarni rejalashtirish va ularning mazmunini, shakl va usullarini aniqlash.

  4. Sinfdan, maktabdan tashqari ishlarni rejalashtirish, guruhlashtirish va ularning mazmunini, shakl va usullarini aniqlash, boshqaruvchi shaxslarni aniqlash.

O‘quvchilarning sinfdan tashqari ishlari o‘z mazmuniga ko‘ra tafakkur faoliyati va munosabat vositasi hisoblanadi. CHunki sinfdan tashqari ishlarda olingan axborot idrok etiladi, qayta ishlanadi. SHu asosda yangi bilimlar hosil qilinadi. O‘quvchilar maktabdan tashqari ishlarda qatnashib turli kishilar bilan muayyan munosabatga kirishadilar. Turli vaziyatga duch keladilar. Shuning uchun ham o‘quvchilarning maktabdan tashqari faoliyatlari qanchalik xilma-xil bo‘lsa, ularning munosabatlari shunchalik munosabat doirasi keng va ma’naviy o‘sishi samarali bo‘ladi. Maktabdan tashqaridagi tarbiyaviy ishlarda o‘quvchilar jamoadagi ishlarni o‘rganadilar. Ijtimoiy mehnat quvonchini his qiladilar. Ishlab chiqarish mehnatiga qo‘shiladilar. Jamoatchilik fikriga bo‘ysunishga, jamoa sharafi uchun kurashishga otlanadilar.
Yüklə 48,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin