3. Kaykovusning bilim olish borasida odamlarni turli toifalarga bo’lishi haqidagi fiklarini izohlang: (Quyidagi sxemadan o’qituvchi ko’rgazmali qurol sifatida foydalanadi yoki uni taqdimot qiladi):
Kaykovus odamlarni to‘rt xilga bo‘ladi:
3.Quyidagi hikoyatlarni sharhlang: (O’qituvchi guruhga ularni yozma ravishda tarqatadi yoki taqdimot qiladi)
Birinchi hikoyatqaddi yoydek bukilgan. Shunday eshitganmanki, yuz yoshga kirgan va bir qari kishi qo‘liga hassa ushlab borar edi. Bir yigit uni masxara qilib deydi: «Ey shayx, ushbu yoyn; qanchaga sotib olding, ayt men ham sotib olay». Shayx: «Agaj uzoq yashasang, sabr qilsang, bu yoyni senga tekinga beradilar», deb javob beribdi.
Ikkinchi hikoyat.Men shunday eshitganmanki, bir kish: kechasi sahar vaqtida qorong'ida uydan chiqib ketdi va hammomga bormoqchi bo‘ldi. 0‘z do‘stlaridan biriga: «Men bilan hamroh bo‘lib hammomga borgil!» — dedi. U dedi: «Sen bilan birga boramanu, ammo hammomga tushmayman, chunki mening bir zarur ishim bor».
U kishi hamrohi bilan hammom tomon qarab ketdi. Ikki yo‘l kelgan joyga borib, hammomga boruvchi do‘stiga bildir- masdan boshqa yo‘lga kirdi. Hamrohi o‘zi yolg‘iz hammomga ketaverdi va do‘stim bilan kelayotirman deb o‘ylab boraverdi. Ittifoqo bir o‘g‘ri u kishining izidai ketaverdi, u kishi buni do‘sj tim deb fahmladi va uning qo‘ynida yuz tillasi bor edi. Hammomni eshigida tillani qo‘ynidan chiqarib kecha qorong‘isida tanimay haligi o‘g‘riga berdi va dedi; «Ey birodar, men hammomga kirib chiqquncha bu tilla senda tursin, hammomdan chiqqanimdan keyin menga topshirasan». O'g‘ri tillani olib, o‘sha joyda o‘tirdi. U kishi hammomdan chiqib, kiyimlarini kiyib ketaverdi. O'g‘ri uni orqasidan chaqirib dedi: «Ey juvonmard, kel mendan oltinlaringni ol. Bugun men sening omonatingni saqlab o‘z ishimdan qoldim». U kishi dedi: «Sen kimsan, bu oltin qanday oltin?»
0‘g‘ri dedi: «Men bir o‘g‘riman, bu oltin sening menga topshirgan oltiningdir».
“Qobusnoma” asarining ilk pandnoma sifatida yoshlarni hayotga, amaliy faoliyatga tayyorlashdagi ahamiyati to’grisidagi o’z hulosangizni ayting.