Muhokama qilinadigan masalalar: (Dastlab talabalardan mustaqil tayyorlanish ucun berilgan topshiriqlar(uyga vazifa) so’raladi va ularning konspekt daftarlari tekshiriladi. So’ngra mavzu reja asosida muhokama qilinadi.)
“Qobusnoma” asari va uning tarbiyaviy ahamiyati to’g’risidagi ma’lumotlarni o’rganib chiqing va sharhlang:
(O’qituvchi guruhga ularni yozma ravishda tarqatadi yoki uni taqdimot qiladi)
G‘arb va Sharq olimlari, pedagoglari diqqatinn o‘ziga jalb etgan «Qobusnoma» asarining muallifi Unsurul — Maoliy Kaykovus Kuspiy dengizining janubiy qirg‘og‘ida yashovchi Gilon qabila- siilandir. U 412 hijriy (1021—1022 milodiy) yilda feodal oilasida tug'ilgan.
«Qobusnoma» asari shoh Qobus ibn Vushmagar Kaykovus o'g'li Gilonshohga tarbiya beruvchi bir nasihatnoma yoki vasiyat- iioma yozib qoldirish istagi tufayli yaratiladi.
Kaykovusning «Qobusnoma» asarida yoshlar tarbiyasi uchun zarur bo‘gan — juvonmardlik talablari ilgari suriladi. Bulardan eng muhimi yuksak axloqiy tarbiyadir.
U yoshlarda teran insoniy munosabatlarni shakllantirish, adolat, samimiylik, saxiylik kabi xislatlarni tarkib toptirishni orzu qiladi va asarning boshidai oxirigacha ana shu ezgu maqsadlarni amalga oshirishga intiladi.
Kaykovusning ilmiy-falsaviy va ma’naviy-axloqiy hikmatlarini o’rganing va sharhlang:
(O’qituvchi guruhga ularni yozma ravishda tarqatadi yoki taqdimot qiladi)
sovg
.
«.. Dunyoda odamning bilmagan va tanimagan ‘Kaykovusning ilmiy-falsafiy va ma’naviy-axloqiy hikmatlari: Tan jon bilan, jon nafas bilan, nafas aql bilan tirikdir.
Odamning tani ko‘zga ko‘rinadigan va ko‘zga ko‘rinmaydigan moddalardan tuzilgan hech narsasi yo'qdir».
Juvonmardlikning asosi uch narsadir: biri — aytgan so'zni bajarish, ikkinchisi — to‘g‘rilikka xilof qilmaslik, uchinchisi — xayrni ko‘zda tutish.
Ey farzand, yolg‘on va behuda so'zlamagilkim, behuda so‘z jinnilarning so‘zidir.
Barcha kishining kuchi ovqatdandir, aqlning kuchi esaj hikmatdandir. j
«... aql ikki xildir: biri tug‘ma aqldirki, buni aziziy (tabiiyj aql) derlar, ikkinchisi kasbiy aql, buni muktasib (halol mehnat bilan topilgan aql) derlar. Kasbiy aqlga donish ham derlar. Muktasibni o‘rganib boMadi, ammo aziziy aql xudoning a- j sidir, uni ta’lim bilan o‘rganib bo‘lmas».
Bilimni egallamoq uchun mehnat qilish, badanni dangasalikdan qutqarish foydalidir. Chunki dangasalik, ishyoqmaslik j badanning buzilishiga, kasallanishiga sababchi bo‘ladi. Agar mehnat! qilib badanni o‘zingga bo‘ysundurmasang, sog‘lom va balandl martabali bo‘la olmaysan.
Agar kishi oliy mansab, baland martabali bo‘lsa-yu, hunari bo‘lmasa, xaloyiqning izzat va hurmatidan mahrum bo‘Iadi. Ulug‘lik nasl-nasab bilan emas, aql va bilim bilandir. Ota-ona qo‘ygan otiga mag‘rur bo‘lma, chunki bu ot faqat tashqi ko‘rinishdan boshqa narsa emas, ammo hunar bilan bir nomga ega bo'lgil.
Sho‘r erga urug‘ sochma — hosil bermaydi, mehnating bekor ketadi, ya’ni yaxshilikni bilmagan kishiga yaxshilik qilish sho£r erga urug‘ sochish bilan baravardir.
Anushervon dedi: «O‘zini dono sanagan nodondan parhez
qil».
Yana dedi: «Agar g‘amsiz bo‘lmoq tilasang, hasadlik bo‘lmagil».