Reja: “Qutadg‘u bilig” asarining yaratilishi. Asarning asosiy mazmuni. Undagi ilgari surilgan aqliy, axloqiy, tarbiya masalalari.
“Qutadg‘u bilig” asarining ilmiy, ta’limiy-axloqiy ahamiyati. Yusuf Xos Hojib yetuk inson tarbiyasi usullari haqida.
Axmad Yugnakiyning tarjimai holi. “Hibbat ul-haqoyiq” asarining yaratilishi va tuzilishi.
“Hibbat ul-haqoyiq” asarida komil insonga xos axloqiy xislatlarning ifodalanishi. Ahmad Yugnakiy va uning “Hibbat ul-haqoyiq” asarining pedagogik fikr taraqqiyotida tutgan o‘rni.
Muhokama qilinadigan masalalar: (Dastlab talabalardan mustaqil tayyorlanish uchun berilgan topshiriqlar(uyga vazifa) so’raladi va ularning konspekt daftarlari tekshiriladi. So’ngra mavzu reja asosida muhokama qilinadi.)
1.“Qutadg‘u bilig” asari va uning tarbiyaviy ahamiyati haqidagi ma’lumotlarni sharhlang: (O’qituvchi guruhga ularni yozma ravishda tarqatadi yoki taqdimot qiladi):
Yusuf Xos Hojib XI asrda - qoraxoniylar davrida yashab ijod elgan. Adib haqidagi ma’lumotlar uning hozircha topilgan yagona «sari «Qutadg‘u-bilig» («Saodatga yo‘llovchi bilim»)da mavjud.
Asarda keltirilishicha, Yusuf Xos Hojibning tug‘ilgan joyi Ko‘z urdu (hozirgi Bolasog'un) ekani, turli o‘lkalarga safar qilgani, umrining nihoyasida esa Qashqarga kelganligi aytiladi. Demak, Yusuf Xos Hojib 1019 milodiy yillarda Bolasog‘undatug‘ilgan.
Yusuf Xos Hojib «Qutadg‘u bilig» asarini 50 yoshlaridan yo/.a boshlagan. U 6500 bayt — 13000 misradai iborat.
Buyuk mutafakkir asarni yozib tugatgach, uni qoraxoniylar luikmdori Tavg‘achxonga taqdim etadi. Kitob xonga manzur bo‘lib, muallifga Xos Hojiblik (mukarram eshik og‘asi) lavozimini beradi. «Qutadg'u bilig» asari katta shuhrat qozonadi.
Yusuf Xos Hojib faylasuf va qomusiy olim sifatida o‘z asarida quyidagi sohalarga oid fikrlarni bayon etadi:
3. Jadvaldagi insonni kamolga yetishida to’sqinlik qiladigan yomon illatlar to’g’risidagi fikrlarga izoh bering
(Quyidagi jadvaldan o’qituvchi ko’rgazmali qurol sifatida foydalanadi yoki uni taqdimot qiladi)