1. Ibtidoiy odamlar hayotida tarbiyaning o'ziga xosiigi
nimalarda namoyon bo‘ladi?
2. Qadimgi yozuvlar va ulaming
kelib chiqishi haqida
nimalami bilasiz?
3. Xalq og‘zaki ijodida insondagi qaysi xislatlar ulug‘langan?
4. Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘atit-turk” asaridagi
o‘gitlardan misollar keltiring.
5. “Avesto” eng qadimgi yozma yodgorliklari nimalardan
iborat.
Nazorat uchun savol va topshiriqlar
344
XIII BOB. VIIASRJDAN XIV ASRGACHA BO‘LGAN
DAVRDA MAKTAB, TARBIYA VA PEDAGOGIK FIKR
TARAQQIYOTI
1. Islom dini g‘oyalarming ta’lim-tarbiyaga ta’siri.
Musulmon maktablarida fa’Hm-tarbiya mazmuni
Isiom
dinining
asoschisi va targ‘ibotchisi
Muliammad ibn
Abdulloh 570 yilda Makkada quraysh qabilasiga mansub Hoshi-
miylar xonadonida tug‘iladi. Otasi Abdulloh Shorn safariga keta-
yotib
Madina shahrida vafot etganda, yoshi 30 ga yetmagan edi.
Yosh Muhammad besh yoshi da onasi Ominadan ham ajraladi.
Shundan so‘ng uni bobosi Abdul Mutallib o‘z tarbiyasiga oladi. Bu
chog‘da Abdul Mutallibning yoshi yuzdan oshgan edi. Ko‘p o‘tmay
u ham vafot etadi. Bobosining vafotidan so‘ng uning vasiyatiga
ko‘ra, hali voyaga yetib utgurmagan Muhammadni amakisi Abu
Tolib tarbiyalaydi. Ushbu yillarda u
savdogarlik kasbining sir-
asrorlarini o‘rgana boshlaydi. Voyaga yetgach Makka shahrining
badavlat ayollaridan biri bo'lgan Xadichaning xizmatiga ishga
kiradi.
609-610-yillardan boshlab Muhammad payg‘ambar
sifatida
yagona Allohga e'tiqod qilish g‘oyasini targ‘ib eta boshladi. Islom
dinining g‘oyalarini quraysh va boshqa qabilalaming a’zolari
o'rtasida targ‘ib etishda Muhammad alayhissalomga Xadicha har
jihatdan ko‘mak beradi, ular bir umr maslakdosh, ham fikr bo‘lib
qoladilar. Islom dini g‘oyalari targ‘ibotining
dastlabki yillari
payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning g‘oyaviy e’tiqodla-
riga qarshi kofirlar va Makka mushriklarining adovati tobora
kuchayib boradi. Bir necha urushlar bo‘ldi. Shundan so‘ng
Allohning izni bilan Makka shahridan Madina shahriga hijrat
etishga ruxsat bo‘ldi. Payg'ambarimiz
Dostları ilə paylaş: