XIII asr uoshlarida Xorazmda bo‘lgan mashhur sayohatchi va
geograf Yoqut Hamaviyning aytishicha, Vatanidan tashqariga
ketgan har bir kishini xorazmiyliklar “Beruniy”
laqabi bilan
ataganlar. Keyinchalik bu laqab shu an’anaga ko'ra uning nomiga
qo'shilib qolgan bo‘lsa ehtimol. Chunonchi, olimni shaxsan bilgan
mashhur tarixchi Abul Fazil Bayhaqiy unga nisbatan “Beruniy
laqabini qo‘llamay, faqat “Abu Rayhon” deb ataydi. “Abu Rayhon”
esa “marhamatli”, “rahmatli”, “rahmdil” ma’nolarini bildiradi”, -
degan fikrlarni aytadilar.
Abu Rayhon Beruniy boshlang‘ich ta’limni olgach, o‘sha
davrda fan-madaniyat taraqqiy etgan Xorazmning peshqadam
olimlaridan saboq oladi.
Beruniy Xorazm tili bilan birga sug‘diy, forsiy, suryoniy,
yunon, qadimgi yahudiy tillarini, hatto qadimgi hind tili sanskritni
ham o ‘rgangan. U yunon kiassik ilmi,
astronomiya, geografiya,
botanika, matematika, geologiya, tarix,
etnografiya, falsafa va
filologiyadan ham chuqur bilim oladi.
Bundan tashqari o‘zidan oldin o‘tgan matematik, munajjim va
geografiya olimi Muhammad Xorazmiy, geografiya olimi Abul
Abbos, Ahmad Farg‘oniy (IX asr), Marvaziy (IX asr), Javhariy (IX
asr), faylasuf va
tabiatshunos Abu Nasr Forobiy, Abul Vafo
Juzjoniy (940-998), seyistonlik Abu Said as-Sijiy (951-1024), Abu
Muhammad Hamid Xo‘jandiy va boshqalaming asarlarini mustaqil
o‘rganadi.
995 yilgacha Beruniy astronomiya, geografiya, geodeziyaning
amaliy masalalarini
hal etish bilan birga, Sharqda birinchi bo‘lib
Yer va Osmon globusini yasadi va astronomiyaga oid bir necha
kitob yozdi (“Kartografiya”, “Globus yasash kitobi”, “Yerdagi
joylaming uzunlama va kenglamalarini aniqlash haqida maqola” va
boshqalar).
Beruniy hali juda yosh olim boiishiga qaramay, Kot shahrida
994-995 yillarda astronomik kuzatishlar o‘tkazgan. Bu kuzatishlar
uchun o‘zi astronomik asboblar ixtiro etgan.
994-995 yillarda Qoraxoniylar samoniylar davlatiga qarshi
hujum qiladilar. Urganch amiri Ma’mun I tomonidan Beruniy ijod
etayotgan Kot shahri zabt etilib (bu
shahar Janubiy Xorazmning
370
poytaxti bo‘lgan), yagona Xorazm davlati tashkil topadi. Amir Abu
Abdullo Muhammad xizmatida bo‘lgan Beruniy ham boshqa
olimlar kabi Kot-Qiyotni tark etib, Jurjon (Kaspiy dengizining
janubi-sharqijda, so‘ng Rayda (Tehron yaqinida) yashaydi, Raydan
yana
Jurjonga qaytib, olim va kelajakdagi ustozi Abu Sahl Iso
Masihiy bilan tanishadi va undan ta’lim oladi.
0 ‘sha davrda Xorazmda va Kaspiy oldi viloyatlarida Qobus ibn
Vushmagir yosh olimga xayrxohlik ko‘rsatadi. “Shams al-Maoliy”
(“Oliy martabalar quyoshi”) laqabi bilan mashhur bo‘lgan bu
podshohga bag‘ishlab Beruniy “Qadimgi xalqlardan qolgan
yodgorliklar” asarini yozadi va unga taqdim etadi. Bu asar Beruniy
nomini Yaqin va o‘rta Sharqqa mashhur qildi.
1004 yilda Beruniy Ma’mun II ibn Ma’mun
tomonidan
Xorazmga chaqirib olinadi va uning yaqin maslahatchisi bo‘lib
qoladi.
Ma’mun davrida Urganchda “Ma’mun akademiyasi” nomli
ilmiy markaz tashkil etiladi va u yerda musulmon Sharqinmg yirik
olimlari faoliyat ko‘rsatadi.Beruniy bir necha yil kamyob metaliar
va qimmatbaho toslilar ustida kuzatishlar va tajribalar olib boradi
va keyinchalik ana
Dostları ilə paylaş: