Yuqumli kasalliklari haqida umumiy tushuncha. Infeksiyaning tarqalish yo`llari


Infeksiya tarqalishining oldini olishda bakteriya (virus) tashib yuruvchilarni aniqlashning ahamiyati



Yüklə 23,72 Kb.
səhifə2/6
tarix05.05.2023
ölçüsü23,72 Kb.
#108080
1   2   3   4   5   6
YUQUMLI KASALLIKLARI HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA

Infeksiya tarqalishining oldini olishda bakteriya (virus) tashib yuruvchilarni aniqlashning ahamiyati.
Ayrim odamlarga qandaydir yuqumli kasallikning mikrobi, virusi va boshqa infeksion agentlar yuqqanida u kasallanmasligi mumkin, yoki o`zi sezmagan holda kasallikning yengil shaklini o'tkazadi. Kasallik belgilari yuzaga kelmagani uchun, u odam davolanmaydi. Ammo, tomog`ida, ichaklarida, o`t haltasida, o'pkasida, qonida mikrob yoki virusni tashib yuradi va o'zi sezmagan holda, uzoq muddat davomida boshqa odamlarga infeksiyani yuqtiradi. Bunday holat ko'pincha gepatitning B, C turlarida, ich terlama, ichburug', sil, gijja, OIV/OITS va boshqa yuqumli kasalliklarda uchraydi.
Mikrob tashib yuruvchi bunday sog' odamlar bakteriya (virus) tashuvchi deyiladi. Ular yuqumli kasalliklarning tarqalishida, ya'ni epidemiologik jarayonda katta rol o'ynaydi. Shu sababli, hamma odamlar ishga qabul qilinishida, o'qishga kiruvchi abituriyentlar, o'quvchilar, bog'chaga qabul qilinuvchi bolalar tibbiy ko`rikdan o'tkaziladi.Tibbiy ko'rikda mikrob (virus) tashib yuruvchi odam aniqlansa, u davolangandan keyingina ishga, o'qishga, bolalar bog'chasiga qabul qilishga ruxsat etiladi.


Epidemiya._Pandemiya._Endemiya.'>Endemiya. Epidemiya. Pandemiya.
Endemiya. Qandaydir yuqumli kasallikning ma'lum bir chegaralangan hududda, ya'ni ko'cha, mahalla, qishloq, tuman, shahar aholisi orasida bir necha yillar davomida vaqti-vaqti bilan har yili, yoki har 2-3-5 yilda takrorlanib, tarqalib turishi. Masalan, qorin tifi, brutsellyoz, bezgak, gepatit va boshqa kasalliklar.
Epidemiya. Qandaydir yuqumli kasallikning viloyat, respublika miqyosida bir paytning o'zida tarqalishi. Masalan, gripp, OIV, vabo va boshqa kasalliklar.
Pandemiya. Qandaydir yuqumli kasallikning bir necha mamlakatlarda bir paytning o'zida keng miqyosda tarqalishi. Masalan, gripp, OIV, vabo va boshqa kasalliklar.
Immunitet. Odam organizmining yuqumli kasallikka berilmaslik xususiyati, ya'ni organizm o`z-o`zini yuqumli kasallikdan himoyalash xususiyatidir.
Immunitet xususiyati hamma odamlarda bir xil bo'lmaydi. Birovda 1-2 ta, birovda 3-4 va undan ko`proq yuqumli kasallikka qarshi immunitet bo'lishi mumkin. Tez-tez kasallanadigan, uzoq muddat davom etgan kasallik tufayli zaiflashgan, uzoq muddat og`ir mehnat tufayli o'ta charchagan, ovqatning sifati yaxshi bo`lmagan odamda immunitet umuman bo'lmasligi, yoki avval bo`lgan immunitet organizm zaiflashganligi tufayli yo'qolishi mumkin.Bunday odamlar turli xil yuqumli kasalliklarga tez beriluvchan bo`ladilar.

Yüklə 23,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin