Yuqumli kasalliklari haqida umumiy tushuncha. Infeksiyaning tarqalish yo`llari



Yüklə 23,72 Kb.
səhifə5/6
tarix05.05.2023
ölçüsü23,72 Kb.
#108080
1   2   3   4   5   6
YUQUMLI KASALLIKLARI HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA

1.Mexanik usul - kemiruvchilarga tuzoq, qopqon, to'r qo'yiladi.
2.Kimyoviy usul - rux, fosfid, zookumarin, margumush kabi zaharli moddalar kemiruvchilarning iniga (uyasiga) qo'yiladi.
3.Biologik usul - kemiruvchilarga turli xil yuqumli kasallik mikroblari yuqtiriladi. Bu mikroblar ularning ovqat moddalariga aralashtirib, inlariga qo'yiladi. Natijada kemiruvchilar kasallanadi va nobud bo'ladi, ya'ni ular butunlay qirib tashlanadi.
Gigiyena, sanitariya, epidemiologiya.
Gigiyena - tibbiy fan bo`lib, yunoncha "gigiya"-"sog`liq haqya etaman" degan ma'noni anglatadi. Gigiyena fani har bir odam, jamoa, aholi sog`lig'ini muhofaza qilish, turli xil (yuqumsiz va yuqumli) kasalliklarning oldini olish, sog'lom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan gigiyenik qoida, talab va me'yorlarni ishlab chiqadi, ularni hayotga tadbiq etishga tavsiya qiladi.
Sanitariya - tibbiy fan bo`lib, gigiyena fani ishlab chiqqan gigiyenik qoida, talab va me'yorlarni amaliy hayotga tadbiq etilishini, ya'ni bajarilishini nazorat qiladi. Shuning uchun turli xil (yuqumsiz va yuqumli) kasalliklarning oldini olishda gigiyena fani ishlab chiqqan qoida, talab va me'yorlarning bajarilishini nazorat qilishga qaratilgan tadbirlar - bu ikkala fanlarning birgalikdagi sanitariya-gigiyena tadbirlari deyiladi.
Epidemiologiya - tibbiy fan bo'lib, yuqumli kasalliklarni yuzaga kelish sabablarini, ayrim hududlarning aholisi o`rtasida yuqumli kasalliklarni tarqalishini o'rganadi. Shuningdek, yuqumli kasalliklarning oldini olish chora tadbirlarini ishlab chiqadi. Bu tadbirlarning bajaralishini sanitariya fani bilan birgalikda nazorat qiladi. Bunga sanitariya-epidemiologiya nazorati deyiladi.
Sanitariya-epidemiologiya markazi.
Tuman, shahar, viloyat, respublika miqyosida sanitariya-epidemiologiya markazi faoliyat ko'rsatadi. Ularda gigiyena, sanitariya, epidemiologiya va boshqa bo`limlar hamda bakteriologiya-virusologiya laboratoriyalari amaliylari mavjud. Mazkur bo`limlarning har biri o'zining bo'limi faoliyatidan kelib chiqqan holda tadbirlar rejasi, uslubiy ko'rsatmalar ishlab chiqib, shifoxona, poliklinika, maktab, bog'cha, o'quv yurtlarida faoliyat ko`rsatadigan tibbiyot xodimlari (vrach, hamshira, bosh vrach)ga tarqatadi va bajarilishini nazorat qiladi.
Dezinfeksiya o`tkazish vaqtiga ko`ra 3 turga bo`linadi:
l.Profilaktik dezinfeksiya - bunda har bir odam foydalanishi mumkin bo`lgan buyumlar, idish-tovoqlar foydalanishdan oldin muntazam ravishda zararsizlantiriladi.
2.Joriy dezinfeksiya-bemor yashab turgan xona har kuni muntazam ravishda, zararsizlantirib turiladi.
3.Yakunlovchi dezinfeksiya - bemor uyidan shifoxonaga yuborilganda, u yashab turgan uydagi xona dezinfeksiya qilinadi, yoki bemor shifoxonada yotgan xonadan boshqa xona yoki boshqa bo`limga ko`chirilsa, yoki uyiga javob berilsa, u yotgan xona dezinfeksiya qilinadi.
Dezinseksiya - hashoratlarga qarshi kurashishdir.
Dezinseksiya 3 usulda o`tkaziladi: mexanik, fizik, kimyoviy.
Amaliyotda asosan kimyoviy dezinseksiya ko`proq ishlatiladi. Buning uchun hashoratlarga qarshi xlorofos, dixlofos, muksin va boshqa kimyoviy moddalar qo`llanadi.
Deratizatsiya - kemiruvchilar (sichqon, kalamish, yumronqoziq kabilar) ga qarshi kurashish tadbiridir.
Deratizatsiya 3 usulda o`tkaziladi:
1.Mexanik usul - kemiruvchilarga tuzoq, qopqon, to`r qo`yiladi.
2.Kimyoviy usul - rux, fosfid, zookumarin, margumush kabi zaharli moddalar kemiruvchilarning iniga (uyasiga) qo`yiladi.
3.Biologik usul - kemiruvchilarga turli xil yuqumli kasallik mikroblari yuqtiriladi. Bu mikroblar ularning ovqat moddalariga aralashtirib, inlariga qo`yiladi. Natijada kemiruvchilar kasallanadi va nobud bo`ladi, ya`ni ular butunlay qirib tashlanadi.
Gigiyena, sanitariya, epidemiologiya.
Gigiyena - tibbiy fan bo`lib, yunoncha "gigiya"-"sog`liq haqya etaman" degan ma`noni anglatadi. Gigiyena fani har bir odam, jamoa, aholi sog`lig`ini muhofaza qilish, turli xil (yuqumsiz va yuqumli) kasalliklarning oldini olish, sog`lom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan gigiyenik qoida, talab va me`yorlarni ishlab chiqadi, ularni hayotga tadbiq etishga tavsiya qiladi.
Sanitariya - tibbiy fan bo`lib, gigiyena fani ishlab chiqqan gigiyenik qoida, talab va me`yorlarni amaliy hayotga tadbiq etilishini, ya`ni bajarilishini nazorat qiladi. Shuning uchun turli xil (yuqumsiz va yuqumli) kasalliklarning oldini olishda gigiyena fani ishlab chiqqan qoida, talab va me`yorlarning bajarilishini nazorat qilishga qaratilgan tadbirlar - bu ikkala fanlarning birgalikdagi sanitariya-gigiyena tadbirlari deyiladi.
Epidemiologiya - tibbiy fan bo`lib, yuqumli kasalliklarni yuzaga kelish sabablarini, ayrim hududlarning aholisi o`rtasida yuqumli kasalliklarni tarqalishini o`rganadi. Shuningdek, yuqumli kasalliklarning oldini olish chora tadbirlarini ishlab chiqadi. Bu tadbirlarning bajaralishini sanitariya fani bilan birgalikda nazorat qiladi. Bunga sanitariya-epidemiologiya nazorati deyiladi.
Sanitariya-epidemiologiya markazi.
Tuman, shahar, viloyat, respublika miqyosida sanitariya-epidemiologiya markazi faoliyat ko`rsatadi. Ularda gigiyena, sanitariya, epidemiologiya va boshqa bo`limlar hamda bakteriologiya-virusologiya laboratoriyalari mavjud. Mazkur bo`limlarning har biri o`zining bo`limi faoliyatidan kelib chiqqan holda tadbirlar rejasi, uslubiy ko`rsatmalar ishlab chiqib, shifoxona, poliklinika, maktab, bog`cha, o`quv yurtlarida faoliyat ko`rsatadigan tibbiyot xodimlari (vrach, hamshira, bosh vrach)ga tarqatadi va bajarilishini nazorat qiladi.


Yüklə 23,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin