Buyrak kasalliklari bilan xazillashmang!



Yüklə 16,93 Kb.
tarix12.10.2022
ölçüsü16,93 Kb.
#64966
NEFRITM Buyrak kasalliklari bilan xazillashmang


Buyrak kasalliklari bilan xazillashmang!
NEFRITMI Yo GLOMERULONEFRIT?

Buyrakning yallig`lanishidan kelib chiqadigan nefrit (yoki glomerulonefrit) da asosan buyrak koptokchalarining tomirlari ham zararlanadi. Kasallik ko`pincha angina yoki streptokokklar qo`zg`atuvchi yuqori nafas yo`llari xastaligidan keyin yuzaga keladi. Ba`zida o`pka yallig`lanishi, difteriya, toshmali terlama yoki ich terlama, qattiq sovqotish ham nefritga sabab bo`lishi mumkin.


BUYRAK TUShIShI


Nefroptoz – buyrakning tushishi (ya`ni, o`z o`rnidan pastga siljishi) demakdir. Tug`ma nefroptoz buyrakni ushlab turuvchi boylamlarning nimjonligi oqibatida kelib chiqsa, orttirilgan nefroptoz esa shikastlanish, ba`zan qisqa fursatda juda oriqlab ketish natijasida yoki homiladorlikdan so`ng qorin devori mushaklarining kuchsizlanishi oqibatida kelib chiqadi. Dastlabki bosqichda buyrakning pastki qismi qo`lga ilinsa (sog` odamda buyrak qo`lga unnamaydi), ikkinchi bosqichda buyrak to`liq suriladi, uchinchi bosqichda har tomonga suriladigan bo`lib qoladi. Nefroptozning boshlang`ich davrida bemor deyarli hech narsa sezmasligi mumkin. Faqat vaqti-vaqti bilan (ayniqsa ko`p yurib yoki chopib kelgandan so`ng) buyrak, qorin, kindik sohasida belga yo qovuqqa beriladigan og`riq paydo bo`ladi.


Keyinchalik buyrak tomirlari ko`proq cho`zilib, torayib boradi. Oqibatda buyrakning qon bilan ta`minlanishi yomonlashadi. Endi bemor nafaqat og`riqning zo`rayganidan, balki uning qayta-qayta (hatto buyrak sanchig`i darajasida) bezovta qilishidan va peshob rangining o`zgarganidan shikoyat qila boshlaydi. Peshob tahlil qilinganda esa oqsil va eritrositlarning ko`paygani aniqlanadi. Xastalikning uchinchi bosqichi nefrogen gipertoniya (buyrak xastaligi oqibatida qon bosimining ko`tarilishi) va qonli peshob kabi asoratlar bilan kechadi.


Nefroptozni davolash konservativ (operasiyasiz) va operativ usulda olib boriladi. Konservativ usul deganda asosan bandaj taqish, qorin devorini mustahkamlash va qorin bo`shlig`i bosimini oshirish yo`li buyrakni o`z holiga keltirish ko`zda tutiladi. Bandaj qorin pastidan tepaga qarab o`ralishi, qorin devorini bir tekis siqib turishi, uni ertalab yotgan holda qo`yilishi, kechqurun uyqudan oldin echilishi kerak. Bandajdan uzoq muddat foydalanish qorin devori mushaklarining kuchsizlanishiga olib keladi. Davolash maqsadidagi jismoniy mashqlar, ertalabki badantarbiya, suzish juda foydali.


Operasiya usuli (nefropeksiya)da esa tushgan buyrak o`z o`rniga qo`yiladi va yana tushmaydigan qilib mustahkamlanadi. Bu usul nefroptozning asoratlari yuzaga kelmasdan ilgari amalga oshirilsa, ko`proq samara beradi.


YaLLIG`LANISh


Pielonefrit (buyrak jomining yallig`lanishi) kasalligidir. Et uvishishi, tirab-qaqshash, tana haroratining keskin ko`tarilishi, qattiq terlash, belning bir tomonida yoki umurtqa pog`onasining ikki yonida og`riq turishi, ko`ngil aynashi, qayt qilish, og`iz qurishi, mushaklarning bezillab og`rishi singari nohush holatlar pielonefritga xos belgilar sanaladi. Bunda bemorning buyragidan siydik ajralishi qiyinlashadi. Peshob tekshirilganda unda leykositlar va mikroblar ko`pligi aniqlanadi.


Shuni aytish kerakki, surunkali pielonefrit yillar davomida hech qanday belgisiz kechishi ham mumkin, u faqat siydikni tekshirish yo`li bilangina aniqlanadi. Belning bir oz og`rib turishi, sal isitma chiqishi va bosh og`rig`i unchalik kuchli bo`lmagani uchun bemor do`xtirga ko`rinmasdan yuraveradi. Lekin surunkali pielonefrit vaqti-vaqti bilan kuchayib boradi, bunda albatta tegishli muolaja olish zarur. Aks holda buyrakning siydik ajratish fueksiyasi o`zgaradi, buyrak to`qimasi ishi ham asta-sekin izdan chiqadi. Natijada tana azotli chiqindilar bilan zaharlanadi.


UCh XIL TOSh, UChTA DARD...


Buyrak toshlari joylashishiga va hajmiga qarab turlicha bo`ladi. Masalan, urat, oksalat, fosfat toshlari siydikda shovul kislotaning ko`payib ketishi natijasida cho`kmalar paydo bo`lishidank so`ng kelib chiqadi. Kalsiy tuzining siydikdan ko`p ajralib chiqishi oqibatida ham tosh hosil bo`ladi. Xastalikning bu turini davolash uchun parhezga qat`iy rioya qilish kerak. Tarkibida shovul kislota hamda tarkibida tuzlar mavjud bo`lgan mahsulotlar (masalan, shovul, ismaloq, lavlagi, kartoshka, anjtr, olxo`ri, qulupnay, kakao, shokolad, qora choy)ni iste`mol qilmagan ma`qul. Aksincha, magniyga boy mahsulotlar(masalan, na`matak, yong`oq, sabzi, o`rik, grechixa, arpa, kashnich)ni ko`proq iste`mol qilish lozim. Bular organizmda oksalat toshlari hosil bo`lishiga yo`l qo`ymaydi.
Buyrak toshi kasalligi bor bemor semirib ketishdan saqlanishi, jismoniy harakatda bo`lishi, hamir ovqatlar, non, shakarni iloji boricha kam eyishi kerak. Qon-tomir, yurak hastaligi bo`lmasa, bir kunda ikki litrgacha suyuqlik ichishi mumkin. Chunki suyuqlik toshlarni yuvadi. Spirtli ichimliklar ichish aslo mumkin emas. Ichkilik organizmdagi tuzlarning erishiga to`sqinlik qiladi. Bemor shifokor belgilab bergan parhezga qattiq rioya qilishi zarur.
Yüklə 16,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin