Yogʻochga



Yüklə 380,95 Kb.
səhifə5/8
tarix03.03.2023
ölçüsü380,95 Kb.
#86335
1   2   3   4   5   6   7   8
Yog ochga

Duradgorlik — yogʻochsozlik hunari; kasb-hunar turi. Duradgorlik uysozlik, asbobsozlik, aravasozlik, qayiqsozlik, javonsozlik, eshiksozlik, beshiksozlik, egarsozlik, elaksozlik, sandiqsozlik, panjarasozlik singari juda koʻp tarmoklardan iborat. Duradgorlik bilan shugʻullanuvchilar xalq orasida usta, duradgor, durezgar, najjor, eshiksoz, aravasoz, elaksoz kabi nomlar bilan ataladi. D. tarmoklarining hammasi uchun umumiy boʻlgan ish jarayoni — yogʻoch qirqish, tilish, yoʻnish, randalash, parmalash va h. k. Shu tufayli D. ustalari ishlatadigan asboblar (qarang Duradgorlik asboblari), xom ashyolar (tut, yongʻoq, jiyda, chinor, qayragʻoch, tol, terak, eman, qaragʻay, argʻuvon, olcha, olma, oʻrik, nok va b. daraxt taxtalari, gʻoʻlalari, yelim, temir mix, yogʻoch mix va h. k.) ham deyarli bir xil.D. hunarmandlikning eng qad. turlaridan. Jamiyat taraqqiyoti jarayonida inson uchun zarur har xil buyumlar D. ustalari yetishib chiqishini taqozo etgan. Ibtidoiy jamiyatda ovchilik, baliq ovlash, oʻsimlik ildizlarini kavlab olish kabi jarayonlarda tosh asboblar qatori D.ning ibtidoiy buyumlari ham qoʻllanilgan. Tosh davriga oid topilmalar orasida tosh qurollarning yogʻoch soplari, yogʻoch qurollar (tayoq, yoy, nayza) va h. k. uchraydi. Temir va jez davri yodgorliklari D. kasbining ancha murakkablashganini, D. buyumlarining xili koʻpayganini koʻrsatadi. Kishilarning gʻorlardan chiqib uylar (chayla, chordoq, yertoʻla, paxsa uy va b.) qura boshlashi, chorvachilik va dehqonchilik urf boʻlishi [mol qoʻralar qurish, omoch, gʻaltakarava, ariq qaziladigan buyumlar va suv chiqarish vositalari (chigʻir, tarnoye) yasash, mehnat qurollari (belkurak, bolta, ketmon, oʻroq, pichoq) uchun soplar ishlash] D.ning turli tarmoqlariga oid dastlabki na-munalar vujudga kelishiga sabab boʻldi. Suv boʻyida yashaydigan aholi orasida baliq ovlash va aloqa vositalari (ov asboblari, sollar, qayiqlar) paydo boʻldi. Shu tarzda D. hunarmandlikning muhim qismiga aylandi, mustaqil kasb sifatida ajralib chiqdi. Jamiyat taraqqiyotining keyingi davrlarida D. tarmoqlarining har biri mustaqil rivojlandi va murakkablasha bordi. Mas, eng qadimgi yuk tashuv vositalaridan biri boʻlgan gʻaltakarava oʻrnini arava egalladi (ot, eshak, tuya, hoʻkiz kabi hayvonlar qoʻlga oʻrgatilgach) va D.ning aravasozlik (egarsozlik ham shuning ichida) tarmogʻi rivojlandi. Uysozlikning dastlabki koʻrinishlari (chayla, chordoq, yertoʻla kabilar qurish) taraqqiy etib, paxsa, tosh, gʻisht, yogʻoch uylar qurila boshlashi bilan bu tarmoq ichida yangi-yangi kasblar (eshiksozlik, derazasozlik, panjarasozlik, javonsozlik va b.) yuzaga kela boshladi. Uysoz duradgorlar asosan uyning sinch, ustun, hari, toʻsin, vassa, sharafa kabi qismlarini yasab, ularni joy-joyiga qoʻyganlar. Eshiksoz, derazasoz va panjarasozlar uy uchun maxsus eshik, deraza, panjara, darvo-za va h. k. tayyorlaganlar. Sandiqsoz, beshiksoz duradgorlar uy ichi jihozlari yasashga mutaxassislasha bordi. Koʻp hollarda duradgorlar birvarakayiga D.ning bir necha tarmogʻi boʻyicha ham ishlayverganlar (mas, javonsoz usta sandiq ham, deraza ham yasayvergan). Uysoz duradgorlar safiga keyinchalik polsoz, shiftsoz duradgorlar qoʻshildi. Uy-roʻzgʻor buyumlarini yasaydigan duradgorlar bora-bora D.ning maxsus tarmogʻini tashkil etdi. D.ning bir necha ming yillik taraqqiyoti uning baʼzi tarmoklarining sanʼat darajasiga oʻsib chiqishini taʼminladi.Asbobsozlik, yogʻoch oʻymakorligi, panjarasozlik, sandiqsozlik kasbida ishlovchiD. ustalar bu tarmoqlarning yetuk sanʼat namunalarini yaratdilar. Musiqa asboblari (dutor, setor, chortor, tanbur, gʻijjak, chang, doyra, nay, surnay va h. k.) yasovchi D. kasblari paydo boʻldi. D. tarixida Xitoy yogʻoch pardozlash (sayqal, jilo berish, boʻyash, loklash) sanʼati, Yevropa kemasozligi, oʻzbek oʻymakorligi va h. k. mashhur.

Mavzu:Yog’ochlarga lak bilan pardozlashda uning strukturasini to’la bilgan holda


pardozlash.
Reja:

  1. Yog’ochlarga lak bilan pardozlash.

  2. Uning strukturasini to’la bilgan holda pardozlash.

Duradgorlik ishlarida, mebelsozlik korxonalarida yog‘ochdan tayyorlangan buyum va mebellarning sifatini yaxshilash,. xizmat muddatini oshirish maqsadida pardozlash ishlari olib' boriladi. Pardozlash ishlari bir necha xil bo‘lib, ular sirtlarning tekisligi va silliqligini oshirish, ya’ni qurish natijasida hosil bo‘lgan yoriqlarni to‘ldirish va turli xil surgichlar surtish yo‘li bilan tekislikni ta’minlash, buning uchun sirtlarni randalab, qirib, jilvirlab silliqlash; yog‘ochning tabiiy gulini o‘zgartirish maqsadida bo‘yash; yog‘ochning tabiiy gulini o‘zgartmagan holda yoki boshqacha tusga kiritish maqsadida loklash» va politurlashdan iborat.Teshik-kovaklarni to‘ldirish va butun sirtga surtish yo‘li bilan tekislikni ta’minlash maqsadida ishlatiladi. Shunga ko‘ra shpaklyovka quyuq va suyuq holda tayyorlanadi. Quyuq shpaklyovka teshik-kovaklarni to‘ldirishda, suyuq shpaklyovka butun ( sirtga surtib tekislikni ta’minlashda ishlatiladi. Shpaklyovka bir yoki bir necha bor yog‘och yoki metall kurakcha — shpatel (rasm) bilan surtiladi. Shpaklyovka moyli, lokli, yelimli bo‘lishi mumkin. Uning tarkibiga bo‘r, bo‘yoq, alif, lok, yelim, smola, pigmentlar qo‘shilishi mumkin. Shpaklyovka ko‘pincha ish joyida, ishlatish vaqtida tayyorlanadi. Yelimli shpaklyovkaning tarkibida 3% duradgorlik yelimi, 65% bo‘r va pigment, 30% suv bo‘ladi. U tez qotadi. Uning yum-shoq, ilashimli bo‘lishini ta’minlash uchun tarkibiga 2% olif qo‘shiladi. Moyli shpaklyovkaning tarkibida 70% bo‘r va pigment, 30% lok bo‘lib, yelimli shpaklyovkaga qaraganda mustahkam bo‘ladi, sekin quriydi. Uning tez qurishini ta’minlash uchun olifga oz miqdorda moyli lok aralashtiriladi. Moyli shpaklyovkalar moyli bo‘yoq va moyli lok bilan bo‘yaladigan sirtlarga surtish uchun ishlatiladi. Shpaklyovka sirtga surtilgandan so‘ng yog‘ochning rangini, ta-biiy gulini buzadi yoki qoplab yo‘qotadi. Shuning uchun shpaklyovka surtilgan yog‘och buyumlar ko‘pincha bo‘yaladi. Yog’och rangi, tabiiy guli o‘zgarmay qoladigan yog‘och buyumlar-ning sirtini to‘ldirish va tekislash maqsadida tarkibida mum, parafin, talk, skipidar, olif, lok bo‘lgan mo‘mli va moyli to‘ldiruvchilar ishlatiladi. Bular buyumlarni loklash va po-liturlashdan oldin surtiladi.Yog’och buyumlarning sirtiga lok va politurlarning bir tekis yaxshi yopishib puxta birikishini ta’minlash maqsadida gruntovka qilinadi. Sirtlarni keyinchalik pardozlash uchun tayyor-lash maqsadida birinchi bor turli xil qoplovchilar surtish bilan tekislash — gruntovkalash deyiladi. Duradgorlik pardoz ishlarida moyli, lokli va nitrolakli gruntlar ishlatiladi, Duradgorlik buyumlari ko‘pincha, sof alif yoki skipidar ara.' lashtirilgan oliflar bilan gruntovka qilinadi. Olif yog‘och-ning rangini, tabiiy gulini o‘zgartmagan holda sirtlarni tekislash va sirtda yupqa qattiq parda qatlami hosil qilib lok-bo‘yoqlarning puxta birikishiga imkon beradi. Spirtli loklar bilan pardozlanadigan sirtlarga birinchi bor olif o‘r-nida mum surtiladi. Mum surtilgan sirtlarning tabiiy guli, yanada yorqinlashadi, tiniqligi ortadi.Yog’och sirtiga birinchi bor surtilgan to‘ldiruvchi shpaklyovka va gruntlar sirtning tekisligini ta’minlashidan qat’i nazar) ularning notekis surtilishi, gruntlar ta’sirida yog‘och tolala-. rining (zirapchalarning) ko‘tarilishi orqasida sirtning yesh liqlik darajasi pasayadi. Bunday hollarda sirtlarni loklash va politurlashdan oldin qayta jilvirlanib silliqlanadi. Sirtlarni silliqlovchi materiallar. Sirtlarni silliqlash ishlari sirtlarga shpaklyovka surtish, gruntovka.

Mavzu:Dastgohlarni asosiy va yordamchi qismlari.


Reja:
1.Dastgohlarning asosiy qismlari.
2.Dastgohlarning yordamchi qismlari.
Detallar konturi. RDB stanoklarda ishlov beriladigan detallar yuzalari aylanish o‘qiga perpendikulyar tekisliklar, o‘qdosh silindrlar, konuslar, sferalar, torlar va ixtiyoriy yasovchiga ega aylanish yuzalariga hamda rezba hosil qiluvchi vintsimon yuzalarga bo‘linadi. Bu yuzalarning yasovchilari to‘g‘ri chiziq, aylana va nuqtalar ketma-ketligi bilan berilgan chiziqlardan iborat bo‘ladi. Texnologik nuqtai nazardan bu geometrik elementlar va ularga mos keladigan yuzalarni asosiy va qo‘shimchalarga bo‘lish qabul qilingan. Detal konturining asosiy elementlariga plandagi bosh burchagi φ= 950 va yordamchi burchagi φ1= 300 bo‘lgan konturli ishlov berishga mo‘ljallangan keskichlar bilan ishlov berish mumkin bo‘lgan hosil qiluvchi yuzalar kiradi. Bunday keskichlar tashqi va yon yuzalar uchun o‘tish, ichki yuzalar uchun teshik yo‘nish keskichlariga kiradi. Ko‘rsatilgan keskichlar bilan shakl yasash mumkin bo‘lmagan yuzalarni hosil qiluvchi elementlar qo‘shimcha elementlarga kiradi. Detal konturini tashkil etuvchi yuzalar: 1–6 – asosiy yuzalar (1 –yon; 2 – radiusli yon; 3 – tashqi silindrik;4 – konus; 5 – konussimon faska; 6 – silindrik teshik), 7–13 – qo‘shimcha yuzalar (7 – rezba orti ariqchasi; 8 – rezbali yuza; 9 – tashqi trapetsiyasimon ariqcha;10 – burchak ariqcha; 11 – ichki to‘g‘ri burchakli ariqcha; 12 –yon yuzdagi ariqcha; 13 – tarnov). Kichik va o‘rtacha seriyali ishlab chiqarish sharoitlarida, o‘rtacha o‘lchamdagi RDB tokarlik stanoklarda ishlov beriladigan detallar uchun zagotovka sifatida qirqilgan prokat foydalaniladi. Zagotovka diametri 50 mm va undan ortiq bo‘lganda har bir detal uchun donali zagotovkalar qo‘llaniladi. Maksimal diametri 50 mm dan kichik detallar uchun bir nechta detallarga bitta zagotovka foydalanishi mumkin. Markazlarda ishlov beriladigan detallar uchun zagotovkalar ikki tomondan markazlangan bo‘lishi va yonlardan bir tomoni qirqilagan bo‘lishi kerak. Uzunlik bo‘yicha ruxsat etilgan chetga chiqish 0,6 mm dan oshmasligi kerak [9]. Zagotovka sifatida pokovkalar foydalanilganda mahkamlash uchun mo‘ljallangan yuzalar oldindan yo‘nilgan bo‘lishi kerak. Agar termoishlov talab qilinsa, termoishlov zagotovkaga RDB stanokda ishlov berishdan oldin amalga oshirilishi kerak. Zagotovka konturi ko‘pchilik hollarda to‘g‘ri burchakdan iborat bo‘ladi. Quyma yoki shtampovka foydalanilganda zagotovka konturi shakldor bo‘lib, detal konturiga o‘xshab to‘g‘ri chiziq kesmalari va aylana yoylaridan iborat bo‘lishi mumkin. Agar qirqish rejimlari parametrlarini tanlashda xatolik bo‘lsa, RDB stanogining ishi muvaffaqiyatli bo‘lmaydi. Detallarga RDB stanoklarda ishlov berishda asosan, odatdagi stanoklar uchun ishlab chiqilgan metodikaga amal qilinadi, biroq, shu bilan birga ba’zi o‘ziga xosliklar ham mavjud [9]. Tokarlik ishlov berishida qirqish rejimi parametrlarini tanlashning umumiy ketma-ketligi: 1) qirqish qalinligi; 2) surish; 3) qirqish tezligi.Qirqish qalinligi. Har bir holatda mumkin bo‘lgan maksimal qirqish qalinligi tanlanadi, qirqish qalinligi odatda stanok imkoniyatlari bilan cheklangan bo‘ladi. Agar ma’lum bir yuzaga ikki yoki uch o‘tishda ishlov berish nazarda tutilgan bo‘lsa (masalan, xomaki, yarim toza va toza), umumiy qo‘yimni ham mos ravishda ikki yoki uch qismga bo‘lib, ulardan har birini bitta ishchi yurishda qirqishga harakat qilinadi. Qirqim eni va qirqish qirrasi ishchi qismining uzunligi qirqish qalinligiga bog‘liq bo‘ladi. Toza qo‘yim bir qator omillarga bog‘liq bo‘ladi, shulardan asosiylari: detalning talab qilingan aniqligi va g‘adirbudurligi, keyingi ishlov berish zaruriyati, oldingi ishlov berish xarakteri va h.k. Xomaki o‘tishda qirqish qalinligi birinchi yaqinlashishda asbobning bikrligi, mustahkamligi va qattiq qotishmali plastinkaning o‘lchamlariga bog‘liq ravishda beriladi. Xomaki o‘tishda ruxsat etiladigan maksimal qirqish qalinligi va o‘rtacha tavsiya etiladigan qiymati odatda, mos asbobning kartasida yoki normativlarda ko‘rsatiladi. Qirqish parametrlarini optimallashda odatda, birinchi belgilangan qirqish qalinligi, belgilangan surish va qirqish tezligiga muvofiq.Qirqish qalinligi. Har bir holatda mumkin bo‘lgan maksimal qirqish qalinligi tanlanadi, qirqish qalinligi odatda stanok imkoniyatlari bilan cheklangan bo‘ladi. Agar ma’lum bir yuzaga ikki yoki uch o‘tishda ishlov berish nazarda tutilgan bo‘lsa (masalan, xomaki, yarim toza va toza), umumiy qo‘yimni ham mos ravishda ikki yoki uch qismga bo‘lib, ulardan har birini bitta ishchi yurishda qirqishga harakat qilinadi. Qirqim eni va qirqish qirrasi ishchi qismining uzunligi qirqish qalinligiga bog‘liq bo‘ladi. Toza qo‘yim bir qator omillarga bog‘liq bo‘ladi, shulardan asosiylari: detalning talab qilingan aniqligi va g‘adirbudurligi, keyingi ishlov berish zaruriyati, oldingi ishlov berish xarakteri va h.k. Xomaki o‘tishda qirqish qalinligi birinchi yaqinlashishda asbobning bikrligi, mustahkamligi va qattiq qotishmali plastinkaning o‘lchamlariga bog‘liq ravishda beriladi. Xomaki o‘tishda ruxsat etiladigan maksimal qirqish qalinligi va o‘rtacha tavsiya etiladigan qiymati odatda, mos asbobning kartasida yoki normativlarda ko‘rsatiladi. Qirqish parametrlarini optimallashda odatda, birinchi belgilangan qirqish qalinligi, belgilangan surish va qirqish tezligiga muvofiq korreksiyalanadi.

Yüklə 380,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin