Yogʻochga



Yüklə 380,95 Kb.
səhifə6/8
tarix03.03.2023
ölçüsü380,95 Kb.
#86335
1   2   3   4   5   6   7   8
Yog ochga

Qirqish tezligi. Tanlangan qirqish qalinligi va surishda shunday qirqish tezligi olinadiki, u asboblarning optimal bardoshliligini ta’minlashi kerak. Ma’lumki, qirqishda oldingi va orqa yuzalar bo‘yicha yemirilish farqlanadi. Ko‘pchilik holatlarda yemirilish mezoni sifatida orqa qirra bo‘yicha yemirilish lentochkasi hor qabul qilinadi. Har bir holat uchun ruxsat etilgan yeyilish (hor kattalik) o‘rnatilgan bo‘ladi, yeyilish bu miqdorga yetganidan so‘ng asbobni qayta charxlash kerak bo‘ladi. Asbobning bardoshliligi deb, qayta charxlashlar vaqti oralig‘idagi ish davriga aytiladi. Ruxsat etilgan yeyilish hor: xomaki yo‘nishda charxlanmaydigan plastinkalar uchun 1,8 mm va yopishtirilgan qattiq qotishma plastinkalari uchun 1-1,4 mm; toza yo‘nishda qattiq qotishma plastinkalari uchun 0,4-0,6 mm. Amalda RDB stanoklar uchun ruxsat etilgan yeyilish qiymati ko‘rsatilgan qiymatlardan farq qilishi mumkin. Bu esa ishlov berish aniqligiga, asboblarni almashtirishning majburiy sikliga, asboblarni rasmiylash sikliga va h.k. bog‘liq bo‘ladi. RDB stanoklarda qirqish rejimlarini tanlashga yeyilgan asboblarni avtomatik rostlash.

Mavzu:Dastgohlarning tuzilishi.


Reja:
1.Dastgoh vazifasini o`rganib chiqish.
2.Dastgohning ishlash printsipini o`rganish.
Dastgohning tuzilishi (komponovkasi) o`ziga hosligi bilan ajralib turadi. Stol 1 stanina 2 bo`ylab (koordinata X) harakat qiladi. Polzun (sirpang’ich) 4 staninaga biriktirilgan ustun 3 ning yo`naltirgichlari bo`yicha stolga perpendikulyar (ko`ndalang) (koordinata Y) yo`nalishda harakat qiladi. Ustunning vertikal yo`naltirgichlari bo`ylab (koordinata Z) freza kallagi 7 harakatlanadi. SHpindelning aylanishi elektrodvigatel 5 orqali amalga oshiriladi. Dastgoh shpindelidagi asbob-uskunalarni siqish va bo`shatish gidrotsilindr 6 orqali bajariladi. Stol, polzun va freza kallagining surish yuritmalari uzatma reduktori va stanina, ustun va polzunda o`rnatilgan sharik vintli uzatmalar orqali doimiy tok elektrodvigatellaridan amalga oshiriladi. Asosiy harakat (freza kallagining vertikal shpindeli aylanishi) yuritmasi doimiy tok elektrodvigateli va tezliklar qutisi orqali amalga oshiriladi. Tezliklar qutisi yordamida 185-2055 ayl/min diapazonida 8ta pog’onada shpindel aylanish chastotasi ta`minlanadi. Stolning eng katta programmalashgan surilishi 1600 mm, polzunniki 600 mm, freza kallagining 250 mm. Koordinatalar bo`ylab surish tezligi pog’onasiz rostlanadi: X va Y koordinata o`qlari bo`yicha 0,1-1500 mm/min chegarasida; Z o`qi bo`yicha 0,1-1200 mm/min chegarasida. Dastgohning boshqaruv tizimi konturli, surishlar yuritmasi - kuzatuvchi bo`ladi. Ishchi organlarining barcha surishlishlari dastur bo`yicha avtomatik yoki boshqaruv pul’tidan qo`lda amalga oshirilishi mumkin. Freza kallaki pinoli faqat 100 mm uzunlikda sozlash harakatiga ega. Dastgohning gidravlik tizimi shpindeldagi asboblarni qisish va bo`shatish, stanina, ustun, polzun va freza kallagi yo`naltirgichlarini, uzatish reduktori va tezliklar qutisini moylash uchun mo`ljallangan.Bosh teskari aloqa zanjirida aylanuvchi transformatorlar o`lchash qurilmalar sifatida qo`llaniladi.
MS12-250M1 rusumidagi ko`p operatsiyali va asbobni avtomatik almashtiruvli RDB Dastgohi dastur bo`yicha turli detallarni tashqi va ichki yuzalariga ishlov berish, shuningdek murakkab konturlarni frezalash uchun mo`ljallangan. Dastgohda quyidagi texnilogik operatsiyalarni bajarish mumkin: parmalash, ichki yuzalarni zenkerlash va kengaytirish; RDB qurilmasidan aylanma uzatish metodida frezalash yordamida ichki yuzalarga ishlov berish; uchki yuzalarni yo`nish; metchik yordamida diametri 12 mm gacha o`lchamdagi rez’balarni ochish; diametri 60 mm gacha ichki va tashqi rez’balarni frezalash; murakkab yuzalar, kanavka va karmanlarni frezalash.Dastgoh quyidagi komponovkaga ega. Ustun 2 bir nechta sovutish suyuqlik rezervuarlari sifatida ishlatiladigan rezervuarlarga ega va quti shaklidagi cho`yandan quyilgan asos 1 ga o`rnatilgan. Ustunning yuqori qismidagi gorizontal yo`naltirgichlari bo`yicha shpindel’ kallaki harakatlanadi (koordinata Z), uning tepasida kronshteyn 12 ga asbob magazini 10 o`rnatilgan. Kronshteynga asboblarni avtomatik almashuv qurilmasining yuklagichi 9 va manipulyatori 7 o`rnatilgan. SHuningdek, ustunning yuqori qismida shpindelning 12 xil tezlikda aylanishini ta`minlaydigan tezliklar qutisi joylashgan. Ustunning old tomon yuzasidagi vertikal yo`naltirgichlari bo`yicha support 4 harakat qiladi (koordinata Y). Cupport yo`naltirgichlari bo`ylab stol 5 (koordinata X) gorizontal yo`nalishda harakatlanadi.

Mavzu:Dastgohlarning tuzilishi, konstruktiv elementlari.


Reja:
1.Yog‘och materiallarga ishlov beruvchi dastgohlar.
2. Elektr va mexanizatsiyalashtirilgan jihozlar.

Yüklə 380,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin