Yogʻochga


Yog‘ochlarga ishlov berish dastgohlari



Yüklə 380,95 Kb.
səhifə7/8
tarix03.03.2023
ölçüsü380,95 Kb.
#86335
1   2   3   4   5   6   7   8
Yog ochga

.Yog‘ochlarga ishlov berish dastgohlari 
Dastgohlar asosiy elementlarining xarakteristikalari. Yog'ochga ishlov berish dastgohlarining konstruksiyasi ularning bajaradigan ishiga bog'liq. Ba'zi dastgohlar yog'ochni arralash uchun, yana biri randalash uchun, boshqalariparmalab, teshish va hokazolar uchun ishlatiladi. Biroq dastgohlar tuzilishi jihatdan birbiridan farq qilgani bilan ularning konstruktiv elementlari bir xil vazifani bajaradi: staninalar, stollar yoki karetkalar detallar uchun baza bo'lib xizmat qiladi, uzellari esa kesish asbobini mahkamlash va ish vaqtida asbob yoki zagotovkaga harakat uzatish uchun xizmat qiladi. Stanioklarning konstfuksiyasini o'zgartirish ularning elementlari konstruksiyasinmg prinsipial o'zgarishiga hamma vaqt ham sabab bo'lavermaydi. Shunga ko'ra dastgohlarning qismlarini bilish yangi konstruksiyadagi dastgohlar va avtomatik liniyalarni tez o'zlashtirishga imkon beradi. Dastgohlarning elementlari asosiy va yordamchi elementlarga ajratiladi Asosiy elementlar jumlasiga staninalar, supportiar, ish organlari, surish mexanizmlari, yuritmalar, boshqarish organlari
tayanch va yo'naltiruvchi qurilmalar, qisqichlar, siqish moslamalari va tiraklar kiradi, kesish asbobini charxlash, dastgohni sozlash, rostlash va moylash, chiqindidan xalos qilish uchun mo'ljallangan qurilmalar yordamchi elementlar bo'lib hisoblanadi. Ko'pgina dastgohlar dastgoh yoniga o'rnatiladigan mexanizmiar zagotovka bilan ta'minlab turuvchi va taxlash qurilmalari bilan jihozlanadi, biroq aytib o'tilgan elementlar kompleksi bilan hamma dastgohlar ham jihozlanavermaydi.
Stanina dastgohning asosi bo’lib, barcha uzellar va detallar staninaga mahkamlanadi. Stanina dastgohning ayrim elementlari o'rtasida ta'sir kuchlarini, titrama nagruzkalarni hamda ishlov berilayotgan material nagruzkasini qabul qiladi. 
Staninalar quyib va payvandlab tayyorlangan bo'lis hi mumkin. Ularni ichini kavak qilib, kesimi, odatda, qutisimon, shu bilan birga, zarur bo'lgan torg'unlikni ta'minlab ta^yorlanadi. Staninalarning shakli va o'Jchamlari dastgohning vazifasiga hamda konstruksiyasiga bog'liq. Kesish asboblari aylanadigan dastgohlarning ish organlari shpindellari, pichoqlar va arralar o'rnatiladigan vallari ana shu asboblarni mahkamlash va aylantirish uchun xizmat qiladi. Kesish asbobi ilgarilama harakat qiladigan dastgohlarda ish organlari yo kesish asbobini mahkamlash uchun, yoki uni mahkamlash va unga to'g'ri chiziqli kesish harakatini uzatish, yo bo'lmasa to'g'ri yo'nalishda surish uchun mo'ljallangan. G'o'labo'r arrali va jilvirlash tasmali dastgohlarning ish organlari — shkivlari 
aylanadi, kesish asbobi, ya'ni g'o'labur arrasi yoki jilvirlash tasmasi zagotovkaga nisbatan ilgarilamaharakat qiladi.
Yog'ochga ishlov berish tokarlik dastgohlari Tokarlik ishi deb yog'ochdan tayyorlanadiganbuyumni o'zi o'qi atrofida aylantirish orqali uning sirtini yo'nib ishlov berish usuliga aytiladi, Bu usulda tayyorlangan mahsulotlar tokarlik buyumlari yoki detallari deyiladi. Bu ishlar maxsus tokarlik dastgohlari yordamida bajariladi. Ular yordamida yog'ochga silindr, konus, shar va boshqa aylanma 
sirtlar shaklida ishlov beriladi maktab ustaxonasida STD-120 rusumidagi yog'ochga ishlov berish 
tokarlik stanogining umumiy tuzilishi 25rasmda tasvirlangan. Bu dastgoh quyidagi asosiy qisralardan tashkil topgan, 1-asos, 2-dvigatel, 3tasmali uzatmaning himoya to'sig'i, 4-stanina, 5-magnitni ishga 
tushirgich, 6-yoritgich, 7 oldingi babka, 8shaffof himoya oy nasi. Bu dastgoh ishlov beriladigan rnaterialni oldingi babkaning planshaybasi markazi bilan orqa babkaning o'rta tishli markazi orasiga mahkam o'rnatiladi.
Bunda orqa babkaning korpusini staninaning yo'naltiruvchisi bo'ylab ishlov berilayotgan material uzunligiga muvofiq surib, kerakli joyga mahkamlanadi.

Mavzu:Yog’och materiallarga yumaloq arrali dastgohlarda ishlov berish yexnologiyasi.


Reja:
1. Yog’och materiallarga yumaloq arrali dastgohlarda ishlov
berish texnologiyasini o’rganish.
2.Qo‘l аrrаlаr bilan ishlаsh .

Qo‘l аrrа bilan yog‘оchni uzunаsigа tilish, ko‘ndаlаngigа аrrаlаsh mumkin. Аrrаlаsh оldidаn burch аrrа pоlоtnоsining tеkisligi vа tаrаngligini tеkshirib оlish kеrаk (5-rаsm). Аrrаlаsh vаqtidа аrrа tiqilib qоlsа, tishlаriniig kеrilish dаrаjаsini tеkshirib оlish zаrur. Dаstgоh yoki stоlgа mаhkаmlаngаn tахtаni uzunаsigа tilish uchun rеysmus bilan rеjаlаb оlinаdi. Tахtаni stоl yoki dаstgоhgа, uning аrrаlаb оlinаdigаn qismi chеtgа chiqib turаdigаn qilib mаhkаmlаsh kеrаk. Shundаn kеyin dаstgоh yonigа rаsmdа ko‘rsаtilgаn vаziyatdа turib оlinаdi. Endi аrrаni erkin tutib, аrrа tishlаrini yog‘оchgа оhistа tеgizib, pаstgа tоrtish vа аrrа tishlаrini bir оz ko‘tаrib, оrqаgа itаrish kеrаk vа hоkаzо. Ishni shоshmаsdаn, bir tеkis, kеsish hаrаkаtlаr qilmаy hаmdа аrrаni kеrаgidаn оrtiq bоsmаy bаjаrish kеrаk. Аrrаlаsh vаqtidа аrrаni rаsо tik tutish kеrаk аks hоldа yog‘оch nоto‘g‘ri аrrаlаnаdi. Yog‘оchni ko‘ndаlаng аrrаlаgаndа tахtаni dаstgоhgа 6-rasmda ko‘rsatilgandek qo‘yib, chap qo‘l bilan tutib turilаdi, o‘ng qo‘l bilan esа tоrtqili аrrаning qisqа brusidаn ushlаb, uncha qаttiq bоsmаy bir tеkis аrrаlаy bоshlаnаdi. Аrrаlаsh охirigа еtgаndа hаrаkаtni sеkinlаshtirish, аrrаlаnib оlinаdigаn qismini esа (sinib kеtmаsligi uchun) chap qo‘l bilan tutib turish kеrаk 5-rasm. 6-rasm. Taxtani dastgoh ustiga qo‘yib ko‘ndalangiga arralash. Arra pitirsiz, ko‘kishsiz va lqa nuqsonlarsiz charxlanishi m. Arralarning tishlari qiyshiq gani uchun ularni charxlashda mi 60-70° burchak ostida ushlash kerak. Bittadan tish atib bir tomondan charxlab bo‘lgach, tishlar ikkinchi tomondan charxlanadi. Dastarralar odatda egov bilan arralanadi (7- rasm, a-e). Arralarni yog‘och bo‘yiga charxlashda uch qirrali, rombsimon, dumaloq va yassi egovlar ishlatiladi. Arralar tishlarining uchlari bir xil balandlikda bo‘lishi kerak, buning uchun uch qirrali kesigi bo‘lgan kolodkaga egov o‘matiladi, keyin arra kiydirilib polotnosi bo‘yiga suriladi, natijada tish uchlari tekislanadi (7-rasm, f). Bo‘yiga arralanadigan taxta dastgoh yoki stol ustiga shunday o‘rnatilishi kerakki, bunda arralab olinadigan qism chetga chiqib tursin. Xatkash yoki chizg‘ich bilan arralash chizig‘i o‘tkaziladi. Chap qo‘l bilan tirgakning orqa tomoniga yaqin joyidan ushlab, o‘ng qo‘l bilan tirgakning ikkinchi uchidan polotnoga yaqin joyidan ushlab(8-rаsm) dastgoh oldiga turiladi. Erkin harakatlar bilan arrani arralash tubiga tirab, pastga tortish arra tishlarini biroz ko‘tarib yuqoriga (salt yurishda) tortish kerak. Arralash jarayonida arrani vertikal ushlash lozim, aks holda yog‘och qiyshiq arralanishi mumkin. Yog‘ochlarni bo‘yiga arralashda mayda tishli dastarra va burcharralardan ham foydalansa bo‘ladi. Yog‘ochni arralayotganda yog‘ochning kerak qismini chap qo‘l bilan tutib arralashga odatlanish lozim. Dastgohda bo‘laklarni ko‘ndalangiga arralash. Tilinadigan yog‘och dastgoh iskanjasiga siqib o‘rnatilishi ham mumkin. Arralash boshida yog‘ochda iz hosil bo‘lguncha arrani bir necha bor orqaga, ya'ni o‘zingizga tortiladi, so‘ng arralash davom ettiriladi. 7-rasm. Arrani egovlab o‘tkirlash: a) egovlaganda egovchining turishi; b) tishlarni qiyshiq egovlaganda egovning turishi; d) yoy arrani egovlash; e) yoy arrani yog‘och qolipiga qisib egovlash; f) yog‘och kolodkaga joylashgan egov bilan arra ichipi tekislash. Yog‘och xomashyolarini arralash tartibi quyidagicha: arraning ishga tayyorligini aniqlash; rejalangan yog‘ochni dastgoh iskanjasiga moslamalaridan foydalanib mahkamlash; reja chizig‘idan arrani bir yurgizib iz tushirish; arrani engil bosgan holda bir tekis arralash. Arralash jarayonida vaqti-vaqti bilan ko‘tarib borish talab qilinadi. Yog‘ochni navbatdagi balandlikka ko‘tarishda arra taxtadan chiqarib olinishi lozim, yoki taxta bilan birga tutib ko‘tarilishi shart. Taxtani ko‘ndalang arralaganda (9-rasm), taxta dastgoh ustiga arralab olinadigan qismi osilib turadigan qilib qo‘yiladi, keyin taxtani chap qo‘l bilan ushla, bir tekis, bosmasdan qirqib tushiriladi. Arralashni tugatishdan oldin arra harakatini sekinlatib, qirqib tushiriladigan qismi sinib ketmasligi uchun chap qo‘l bilan tutib turiladi. Torsovkalash yoki burchak ostida kesishda yon devorlarida to‘g‘ri va malum.

Mavzu:Dastgohlarda bajariladigan ish turlari.


Reja:

  1. Yog’oshlarga ishlov berish dastgohlarida bajariladigan ishlar turlari.

  2. Dastgohdan foydalanish qoidalari.

YOg’оch matеriallarni qo’lda randalash bilan bir qatоrda randalash stanоgi yordamida ham randalanadi. Randalash stanоgi stanina 9 ustiga o’rnatilgan оldingi 7 va kеtingi 2 plitalardan ibоrat, plitalarning оrasida val 5 aylanadi. Randalash stanоgini ishga sоzlashda tig’lar kеtingi plita tеkisligiga mоslab o’rnatiladi. YUpqa yoki qalin payraхa оlish оldingi plitani richag 4 yordamida kеtingi plitaga nisbatan ko’tarish yoki pastga tushirish yo’li bilan sоzlanadi. Randalash vaqtida randalanadigan taхta matеrial оldingi plitadan kеtingi plitaga qarab suriladi. Bunda kеsish yo’nalishi (tig’ning aylanishi) bilan surish (taхtaning harakat yo’nalishi) hamma vaqt bir-biriga qarama-qarshi bo’ladi. Randalash stanоgi: a-umumiy ko’rinishi. Randalash stanоgida taхta matеrialning bir tеkis randalanishini ta’minlash uchun uni оldingi plitaga jips hоlda suriladi. Taхtalarning chеtlarini «bеt»ga nisbatan to’g’ri burchak оstida (go’niyaviy) randalash uchun uning «bеt» qismi yo’naltiruvchi linеyka 3 ga jips taqalgan hоlda surib bоriladi. Yo’naltiruvchi linеykani . plitalarga nisbatan turlicha burchak hоsil qilib jоylashtirish bilan taхta chеtlarini «bеt»ga nisbatan har хil burchak hоsil qilib randalanadi. YUpqa taхtalarnn randalashda (umuman har qanday qalinlikdagi taхta randalanishidan qat’i nazar) panja yoki kaft tig’ga tushib qоlmasligi uchun surish ishi mоslamalar yordamida bajariladi. Randalash vaqtida val оstida payraхaning to’planib qоlishiga yo’l qo’ymaslik kеrak. Uni vaqt-vaqti bilan tоzalab оlib turiladi. Tоzalash stanоkni elеktr tarmоg’idan uzib, val harakatdan to’хtagandan so’ng оlib bоriladi. Tig’lar o’tmaslanib qоlganda ularni valdan chiqarish va o’tkirlangandan so’ng qayta o’rnatish yoki yangi tig’lar almashtirishda elеktrik dvigatеlini faqat stanоkning o’ziga mоntaj qilingan kalit yordamida uzish bilan kifоyalanmasdan, balki shchitdagi rubilnikni uzib qo’yishga alоhida e’tibоr bеriladi yoki bu vaqtda shkivdan tasmani chiqarib qo’yiladi. Randalash dastgоhini yurgizish va to`xtatish. Valni tеzda to`хtatish. Val pichоg’ini o`tmaslashishi hоlatitni aniqlash va valdan bo`shatish, charхlash va jоyiga o`rnatish. Fugankalash stanоklari. Fugunkalash stanоklarida dеtal sirtini tеkislash va burchak chiqarish bajariladi. Dеtal qo’lda (SF6, SF4) va mехanikaviy uzatiladigan (SFK6, SFA4, S2F4, S2FZ-2) bir tоmоnlama va ikki tоmоnlama fugankalash stanоklarida ishlab chiqariladi. SF6, SF4, SFA4 fugankalash stanоklari hamda S2F4 ikki tоmоnlama fugankalash stanоklari unifikatsiyalangan kоnstruktsiyaga hamda bir хil kinеmatik sхеmaga ega. SFK6, SFA4, S2F4, S2FZ-2 stanоklari ishlanadigan matеrialni uzatish mехanizmlari bilan jihоzlangan. SFK6 stanоgida matеrial kоnvеyеr bilan, SFA4, S2F4, S2FZ-2 stanоklarida esa rоlikli avtоuzatkich bilan uzatiladi. Fugankalash stanоgining staninasi cho’yandan yaхlit tayyorlangan staninaga pichоqli valni harakatga kеltiradigan elеktrik dvigatеl, оralarida pichоqli val aylanadigan оldingi va kеtingi stоllar mоntaj qilingan. Pichоqli valda ikkita-to’rtta yupqa pichоq bo’lib, bu pichоqlar valga pоnali qurilma yordamida mahkamlanadi. Pоnalar pichоqlarni tig’iz mahkamlanishini ta’minlaydigan shaklga ega bo’lib, bundan tashqari yog’оchni sinishdan saqlaydigan qirindi sindirgich.  Aniqlik darajasi bo‘yicha dastgohlar 5 sinfga bo‘linadi. N sinf - 
normal aniqlikdagi dastgohlar; bu sinfga universal dastgohlaming ko‘pchiligi kiradi. L sinf oshirilgan aniqlikdagi dastgohlar, ayni dastgohlar normal aniqlikdagi dastgohar asosida tayyorlanadi. Ammo dastgohda muhim detallami tayyorlashda yig‘ish hamda rostlash sifatiga nisbatan yuqori talablar qo‘yiladi. V s in f - yuqori aniqlikdagi dastgohlar, dastgohlaming yuqori aniqligiga ayrim uzellaming max- sus tuzilishi, detallarining tayyorlanishiga, uzellarini va butun 
dastgohni yig‘ish hamda rostlash sifatiga nisbatan yuqori talablar qo‘yilishi hisobiga erishiladi.

Mavzu:Dastgohlardan foydalanish qoidalari.


Reja:
1.Umumiy qonun qoidalar.
2. Xavfsizlikka qo‘yiladigan umumiy talablar .

1. Mazkur Qoidalar o‘quvchi-talabalarning o‘quv va o‘quv-ishlab chiqarish ustaxonalarida amaliyotlarni o‘tkazish bilan shug‘ullanuvchi barcha ta’lim muassasalariga (bundan buyon matnda ta’lim muassasalari deb yuritiladi) taalluqlidir.


2. Mazkur Qoidalar ishlab chiqarish binolarini va inshootlarini loyihalash, qurish va qayta qurishda, texnik jihozlash va qayta jihozlashda, texnologik jarayonlar hamda uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim.
3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
4. Ta’lim muassasalarida mehnatni muhofaza qilish va ishlab chiqarish bo‘yicha xavfsizlikka oid normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bunga maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan saylanadigan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi.
5. Ta’lim muassasalarida mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish Mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil etish to‘g‘risidagi namunaviy nizomga (ro‘yxat raqami 273, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshiriladi.
6. Ta’lim muassasalarida quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqiladi (tasdiqlanadi) va yuritiladi:mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha bo‘limni o‘z ichiga olgan jamoaviy shartnoma; tasdiqlangan mehnat sharoitlarini baholash va ish o‘rinlarini attestatsiya qilish uslubiga muvofiq ish o‘rinlarini attestatsiya qilish kartalari;
mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;xodimlar vamuhandis-texnik xodimlarni o‘qitish, yo‘l-yo‘riq berish va bilimlarini sinovdan o‘tkazish dasturlari; mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ma’muriy-jamoatchilik nazoratini yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);xodimlarga yong‘inga qarshi yo‘l-yo‘riq berish va yong‘in-texnikaviy minimum mashg‘ulotlarini o‘tkazish dasturi; har bir kasb va ish turlari bo‘yicha mehnatni muhofaza qilish yo‘riqnomalari.Oldingi tahrirga qarang.
7. O‘zbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq bo‘lgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini ta’minlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha tegishli tayyorgarlikka ega bo‘lgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud bo‘lgan tashkilotda yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etiladi yoki yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Xodimlarining soni ellik nafardan kam bo‘lgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassis lavozimini joriy etish to‘g‘risidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining o‘ziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2019-yil 26-dekabrdagi 49-2019-B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2454-1, 08.01.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 10/20/2454-1/0029-son)
8. Mehnatni muhofaza qilish xizmati o‘z maqomiga ko‘ra ta’lim muassasasining asosiy xizmatlariga tenglashtiriladi va uning rahbariga bo‘ysunadi hamda ta’lim muassasasining faoliyati tugatilgan taqdirda bekor qilinadi.
9. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yo‘riqnomasiga binoan ularning majburiyatlari jumlasiga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb etilishlari mumkin emas.

Mavzu:Dastgohlarda bajariladigan ish turlari va dastgohlardan foydalanish qoidalari.


Reja:

  1. Dastgohlarda bajariladigan ish turlari.

  2. Dastgohlardan foydalanish qoidalari.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 2000-y., 7-son, 39-modda) bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilishga doir qoida va normalarni qayta ko‘rib chiqish, ishlab chiqish va joriy etish Dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida buyuraman:
10. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yo‘riqnomasiga binoan ularning majburiyatlari jumlasiga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin emas.

Yüklə 380,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin