Yillarda Angliya


Leyborsitlarning ikkinchi hukumati



Yüklə 73 Kb.
səhifə5/5
tarix28.11.2022
ölçüsü73 Kb.
#70961
1   2   3   4   5
1918-1939-yillarda Angliya

Leyborsitlarning ikkinchi hukumati
1929-yilning may oyida Buyuk Britaniyada navbatdagi parlament saylovi bo’lib o’tdi. Unda Leyboristlar, kichik farq bilan boisa-da, g’alaba qozondi (287 o’ringa ega bo’ldi. Konservatorlar partiyasi 260 o’ringa egabo’ldi). Leyboristlar bu g’alabaga ko’mir sanoatini, transport va banklarni milliylashtirish, ishsizlikni tugatish, 7 soatlik ish kunini tiklash, 1927-yilgi tred-yunionlar haqidagi bergan va’dasi tufayli erishdi. Iyun oyida R. Makdonald leyboristlarning ikkinchi hukumatini tuzdi. 1929-yilning kuzida boshlangan jahon iqtisodiy inqirozi hukumat va’dalarining bajarilishini qiyinlashtirib qo’ydi. 1930-yil boshlarida Buyuk Britaniyada ham iqtisodiy inqiroz boshlandi va u 1932-yilda o’z cho’qqisiga chiqdi. Shu yili sanoat ishlab chiqarishi 1929-yilga nisbatan 20 foizga qisqardi. Ishsizlar soni 3—3,5 mln. Kishini tashkil etdi. Funt sterling qiymati uchdan birga qadrsizlandi. Real ish haqi kamaydi. Qishloq xo’jaligida ham ishlab chiqarish qisqardi.
Tashqi savdo hajmi keskin kamaydi. Buyuk Britaniyani an’anaviy bozorlardan siqib chiqarish jarayoni kuchaydi. Shunday sharoitda ham hukumat qator va’dalarni bajardi. Chunonchi, ko’mir konlarida 7 soatlik ish kuni joriy etildi. Ishsizlik bo’yicha, sug’urta to’g’risida yangi qonun qabul qilindi. Ishsizlik bo’yicha nafaqa olish muddati 3 oydan bir yilga uzaytirildi.
Ishsizlikka qarshi kurash bo’yicha yangi vazirlik va ishsizlar uchun ish qidirish bo’yicha maxsus qo’mita tashkil etildi. Bu tadbirlar ishsizlarning ahvolini ma’lum darajada yaxshilashga xizmat qildi. Biroq yirik kapital tazyiqi ostida kun tartibida ish haqini, ishsizlik nafaqalarini kamaytirish, bilvosita soliqlarni oshirish masalasi ko’ndalang bo’lib qoldi. Bu hol Leyboristlar partiyasining bo`linib ketishiga olib keldi.
Yuqorida qayd etilgan masala tarafdori bo’lgan R. Makdonald 1931-yil 25-avgustda «Milliy hukumat» deb atalgan koalitsion hukumat tuzdi (uning tarkibiga milliy-leyboristlar, milliy-liberallar va konservatorlar partiyasi vakillari kirdi).
Shunday sharoitda, 1931-yil oktabr oyida parlamentga navbatdan tashqari saylov o’tkazildi. Unda konservatorlar partiyasi g’alaba qozondi (740 o’rin). Yana milliy hukumat (1931 — 1935) tuzildi. Uni yana R. Makdonald boshqardi. Hukumat ish haqini va ijtimoiy sohalarga ajratiladigan xarajatlarni kamaytirish hisobiga inqirozdan chiqish dasturini amalga oshira boshladi. Ingliz kapitalining chetga ko’plab chiqib ketishidan qo’rqqan hukumat funt sterlingning oltinga nisbatan qiymatini bekor qildi. Binobarin, endilikda funt sterling oltinga almashtirilmaydigan bo’ldi. Ayni paytda AQSH va Fransiya banklari Buyuk Britaniyaga 80 mln. Funt sterling miqdorda qarz berdi.
Hukumat tashqi savdoda erkin savdodan voz kechish va proteksionizm (milliy iqtisodiyotni himoya qilish) yo’lidan bordi. Unga ko’ra, imperiya tarkibiga kiruvchi hududlarda ingliz tovarlaridan olinadigan boj chet davlatlar tovarlarinikidan 10 foiz kam miqdorda belgilandi. Bu tadbir Buyuk Britaniya-ning imperiya bozorlaridagi mavqeyini mustahkamladi.
Hukumat ko’rgan chora-tadbirlar o’z samarasini berdi. 1932-yil oxiridan boshlab iqtisodiyotda biroz bo’lsada, sogiomlashish boshlandi. 1934-yilga kelib sanoat ishlab chiqarishi hajmi 1929-yil darajasiga yetdi.
1935-yil oxirida parlamentga bo’lib o’tgan saylovlarda Konservatorlar partiyasi g’alaba qozondi (385 o’rin). Bu partiya rahbari S. Bolduin ikkinchi milliy hukumatni tuzdi. Hukumat iqtisodiyotni to’la sog’lomlashtirish siyosatini davom ettirdi. Chunonchi, proteksionizm davom ettirildi. Bu siyosat avtomobil, aviatsiya, elektrotexnika va kimyo sanoatiga katta ijobiy ta’sir ko’rsatdi.
Funt sterlingni oltinga almashtirish bekor qilinishining davom ettirilishi ham ijobiy samara bermay qolmadi. Bu yo’l ingliz sarmoyasini chetga chiqarishning oldini oldi. Chunki funt sterlingning oltinga almashtirilmasligi sarmoyani chetga chiqarishni foydasiz yoki samarasiz qilib qo’ydi. Endi sarmoyadorlar o’z sarmoyalarini asosan mamlakat ichida joylashtira boshladi. Masalan, 1936-yilda Buyuk Britaniya chetga 61 mln. Funt sterling sarmoya chiqargan bo’lsa, bu ko’rsatkich mamlakat ichkarisida 217 mln. Funt ster¬lingni tashkil etdi. Bu esa sanoatning yanada taraqqiy etishiga olib keldi. Xususiy sarmoyalaming ichki bozorga joylashtirilishiga hukumat olib brogan moliyaviy siyosat ham katta yordam berdi. Xususan, hukumat banklarning tadbirkorlarga eng arzon — 2 foiz miqdorida kredit berishi tartibini joriy etdi.



Mavzu: 1918-1939-yillarda Angliya
Bajardi: Rahmatov Sunnatilla
TS 1-19
Tekshirdi: __________________
Yüklə 73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin