Yillarda Angliya



Yüklə 73 Kb.
səhifə1/5
tarix28.11.2022
ölçüsü73 Kb.
#70961
  1   2   3   4   5
1918-1939-yillarda Angliya


1918-1939-yillarda Angliya
Birinchi jahon urushining Angliya uchun oqibatlari Birinchi jahon urushining Angliyauchun oqibatlari, avvalo, uning bu urushda g'olib chiqqan davlatlardan biri boiganligi bilan belgilanadi. G'alaba tufayli Angliya ko'p narsalarga erishdi. Chunonchi, Germaniyaning Angliyaga xavfi barham topdi. Britaniyaning harbiy qudrati va xalqaro maydondagi ta'siri yanada o'sdi hamda u Millatlar Ligasida hukmron mavqega ega bo'lgan davlatga aylandi. Millatlar Ligasi joriy etgan mandat tizimi eng ko'p darajada Buyuk Britaniyaga foyda keltirdi. Chunonchi, magiub Germaniya va Turkiya sobiq mustamlakalarining eng ko'p qismi Buyuk Britaniyaga tegdi. Masalan, Buyuk Britaniya Yaqin Sharqda Falastin, Transiordaniya va Iroqni boshqarish huquqini qoiga kiritdi. Afrikada Tanganika, Togo va Kamerunning bir qismida ham Buyuk Britaniyaning shunday huquqi qaror topdi. Shuning-dek, Buyuk Britaniya dominionlari ham quruq qolmadi. Millatlar Ligasi, xususan, Janubiy Afrika Ittifoqiga Germaniyaning Janubi-G'arbiy Afrikasini, Avstraliyaga Yangi Gvineyadagi Germaniya mustamlakalarini, Yangi Zelandiyaga esa G'arbiy Samoa orollarini boshqarish huquqini berdi.
Biroq shuni ham alohida ta'kidlash zarurki, urush Buyuk Britaniyaga faqat muvaffaqiyat keltiribgina qolmadi. Urush uning dunyodagi mavqeyiga katta putur yetkazib, jahon bozorida hukmronlik mavqeyini pasaytirdi. Moliyaviy yetakchiligi ham barham topdi. Natijada u qarz beruvchi davlatdan qarz oluvchi davlatga aylanib qoldi. Chunonchi, Buyuk Britaniyaning ichki davlat qarzi 1914-yildagi 650 mln. funt sterlingdan 8 mlrd. funt sterlingga yetgan. AQSHdan esa 5 mlrd. dollardan ortiq miqdorda qarz bo'lib qoldi. Sanoat ishlab chiqarishi keskin darajada pasaydi. Ishlab chiqarilgan tovarlarning raqobatbardoshligi pasayishi oqibatida mamlakat tashqi savdosi hajmi 2 baravardan ortiq kamaydi.
Buyuk Britaniya shundan so'ng o'zining «dengiz malikasi» maqomini tiklay olmadi. Germaniya harbiy-dengiz floti qudrati sindirilgan boisa-da, endilikda AQSH harbiy-dengiz flotining qudrati shitob bilan o'sib bordi. Natijada 1920-yilga kelib Buyuk Britaniya hukumati ikki davlat harbiy-dengiz flotiga teng keladigan flot saqlash an'anasidan voz kechishga majbur bo'ldi. Bu omillar va Buyuk Britaniya mustamlakalaridagi milliy-ozodlik kurashi oqibatida Britaniya mustamlakachilik tizimining inqirozi boshlandi.

Yüklə 73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin