Yasama ot va yasama sifat



Yüklə 118,81 Kb.
səhifə1/2
tarix07.01.2024
ölçüsü118,81 Kb.
#211662
  1   2
Davron Akbar 2-etaplik test uchun




  1. Quyidagi qaysi javobda yasama ot va yasama sifat qatnashgan?

    1. Bola bekorchiligi tufayli bemaza ishlarga o‘rganib qolishi mumkin, farzandingizning tarbiyasiga e’tiborli bo‘ling, uning bo‘sh vaqtini nazorat qiling.

    2. Erta kelgan bahor dehqonlarni quvontirdi, bu yil hosilning mo‘l bo‘lishidan umidvor odamlar ancha xotirjam.

    3. Bu yerda hamma vaqt uchraydigan ba’zi olimlar, shoirlar, xattotlar bilan turli mavzularda suhbatlashishdi.

    4. Nohaqlik qilishinishiga yo‘l qo‘ymagan kishining ikki marta hurmatga loyiq ekanligini unutma.




  1. Qissada qahramonning tilidan sanab o‘tilgan ta’kidlardan tashqari yana ikki voqea ham keltiriladi, bular izlanishlar-u tadqiqotlar bilan javobi topiladigan jumboqlar emas.

Ushbu gapda qatnashgan sodda yasama

so‘zlar haqidagi xato ma’lumotni aniqlang.


    1. Barcha sodda yasama so‘zlar bir xil turkumga tegishli.

    2. Barcha sodda yasama so‘zlarning asosi bir xil turkum bilan ifodalangan.

    3. Sodda yasama so‘zlardan birining asosi shakldoshlik xususiyatiga ega.

    4. Sodda yasama so‘zlarning birida sintaktik shakl yasovchi qo‘shimcha qatnashgan.




  1. Qaysi javobda paronimlarni qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy xatolik kuzatilgan?

    1. Gunohkor bo‘lmay turib o‘rinsiz ta’nalar eshitsang, yoqmas ekan.

    2. Besh asrkim nazmiy saroyni Titratadi zanjirband bir she’r.

    3. Xalqimiz uchun o‘sha davrlarda e’tiqod, islom kabi tushunchalar butunlay yot edi.

    4. Ishning sur’atini oshirishimiz, kuniga yuz tup olma ko‘chatini o‘tqazishimiz kerak.

  2. Qaysi raqamdagi gaplarda so‘z yasovchi, sintaktik shakl yasovchi va lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchalar qatnashgan?

  1. U beg‘ubor yaylov havosida ulg‘aygan kamgap va qaysargina bir bola edi.

  2. Keksa bog‘bonni hamma o‘quvchilar hurmat qilishadi.

  3. O‘sha kuni yigit do‘kondagi barcha atirgullarni sotib oldi.

  4. Hunarmand yigit o‘z kasbini, uyini, oilasini juda qadrlar ekan.

  5. Rejadagi zarur ishlarni amalga oshirishga vaqt yetkaza olmayapman.

  6. U ot tagiga to‘kilgan bedalarni bir quchoq qilib supurib olib keldi.

A) 1, 2, 6 B) 2, 4, 5 C) 1, 2, 5 D) 3, 4, 6



  1. Barcha so‘zlari imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan gap berilgan javobni aaniqlang.

    1. Keyin sal hushimni yig‘ib qarasam, oyoqlarim go‘yo o‘zidan-o‘zi yurib ketyapti.

    2. Xalqimizning o‘ziga xos tabiyatini, lutfkorligini, urf-odatlarini hammamizga jonday aziz bo‘lgan bu so‘zsiz tasavvur qila olmaymaiz.

    3. Fuqarolar yaxshi fazilatli shohlarga taqlid qilishadi, xuddi shuningdek, yomon xulqlilaridan ham o‘rnak olishadi.

    4. Stol ustida turgan kitoblardan bittasi ko‘ziga issiq ko‘rindi va uni asta qo‘liga olib varoqlay boshladi.




  1. Mamlakatimizning turli viloyatlarida yashayotgan, o‘z mehnati bilan yurt ravnaqiga hissa qo‘shayotgan yoshlarimizga e’tibor berish, ularni har jihatdan qo‘llab-quvvatlash bugungi kunning dolzarb masalasi sifatida e’tirof etildi.

Ushbu gapda qanday turdagi qo‘shimcha

qatnashmagan?


    1. sifat yasovchi qo‘shimcha

    2. ismning munosabat shakli qo‘shimchasi

    3. fe’llarning munosabat shakli qo‘shimchasi

    4. ot yasovchi qo‘shimcha

  1. Sintaktik shakl yasovchi qo‘shimcha(lar) ta’sirida tovush tushishi, tovush ortishi va tovush almashishi kuzatilgan gapni aniqlang.

    1. Bulut bugun o‘zining ko‘kish ko‘ylagini erinmay yuvishga tushdi, shundan shekilli, yomg‘ir tinay demasdi.

    2. Biz ish unumdorligimiz oshsin deb, dam olish kunlarida ham ishlashga qaror qildik”,

— dedi unga hayron qarab turgan Naziraga.

    1. Bu achchiq gapni eshitgan zahotimoq peshonamdan sovuq ter chiqib ketdi, yuragimni qo‘rquv eza boshladi.

    2. Bobom singlimga hamisha: “Kimki

o‘zgalarning yomonligiga yaxshilik bilan javob qaytarsa, unga Ollohning mukofoti yoziladi”, − deb ta’kidlar edi.



  1. –iq qo‘shimchasi bir o‘rinda ot yasovchi, boshqa o‘rinda sifat yasovchi qo‘shimcha vazifasida qo‘llangan gapni aniqlang.

    1. Tirnoq yuzasi burchagidagi nuqtani biroz bosib tursangiz, og‘riq darrov to‘xtaydi; Mumtoz she’riyatda faqat cho‘ziq va qisqa unlilar raviy bo‘lib kela oladi

    2. Bu topshiriqni qanday baiargani esidan chiqmaydi;

Tiniq osmon o‘zining bor go‘zalligi va malohatini ko‘z-ko‘z qilib turardi.

    1. Derazaning ochiq tabaqasidan mayin shamol kirib turardi;

Shogirdim Aminjon, o‘zi yosh bo‘lsa ham, juda pishiq, og‘ir, g‘ayratli.

    1. Hozirgacha daladagi g‘o‘zalar uch marta

chopiq qilindi;
Quyosh olam uzra iliq nurlarini taratmoqda.



  1. Qaysi gapda asosi sifat bilan shakldosh

bo‘la oladigan sodda yasama so‘z qatnashgan?

    1. Amakimlarning bir nechta qo‘ylari va sog‘in sigirlari bor edi.

    2. Sojida oqimtir rangli narsalarni yaxshi ko‘radi.

    3. O‘tgan yilning yozida mana shu chiroyli imoratni qurganman.

    4. Ahmad - endi yigirmaga kirgan, bo‘ydor, kelishgan yigit.
  1. Quyida berilgan gap haqida xato ma’lumot berilgan javobni aniqlang.


Bizning o‘qituvchimiz o‘quvchilarni ham, nevaralarini ham, o‘g‘il-qizlarini ham - barchani sizlab gapirar edilar.

    1. Gapda tub va yasama shaxs otlari qatnashgan.

    2. Gapda fonetik hodisaga uchragan ot qatnashgan.

    3. Gapda shaxs va narsa otlari qatnashgan.

    4. Gapda otlarning tuzilishiga ko‘ra ikki turi qatnashgan.




  1. Qaysi javobdagi tegmoq so‘zi turmush qurmoq ma’nosida qo‘llangan?

    1. Xotin chars bedanaday patillab, qochmoqchi bo‘lganida yuzini karnaygulning poyasiga urib oldi: yuzi butoqqa yomon tegdi.

    2. Bu g‘o‘zalarning shoxlab ketishi asosiy shoxning biron sabab orqasida singanligi yoki mol-hol tegganligi natijasi, bu har kimga ma’lum.

    3. Xo‘sh, Zargarov, amaldor emas, yelkasiga arqon tashlab, bozorda yurgan hammol bo‘lsa, tegarmidingiz?!

    4. Tekin pul, tekin maishatdan taltayib ketgan Ahmedov hozir tegganga tegib, tegmaganga kesak otadigan bo‘ldi.




  1. Qaysi javobda berilgan barcha yasama fe’llarning asosi bir xil turkum bilan ifodalangan?

    1. Qisqa gapirish va fikrlarni aniq ifodalash tinglovchiga so‘zlarning oson va yoqimli eshitilishini ta’minlaydi.

    2. Nozimjon ishonmadi va bu gaplarni noto‘g‘ri deb o‘ylagani uchun: “Yaxshilab tekshirish kerak bu ishni”, − dedi qat’iylik bilan.

    3. Tinchlik bizning eng bebaho boyligimizdir, shuning uchun bu uni qadrlashimiz kerak, shuningdek, bu yurtni aslo qoralamaslik lozim ”, − deb ta’kidlar edi.

    4. Yuragim hayajonlanganidan gupullab urardi, bundan keyin nima qilishga aqlim ham yetmadi.
  1. Qaysi javobdagi gapda ajratib ko‘rsatilgan


so‘zlarning asoslari o‘zaro asosdosh sanaladi?

    1. Bilolmaymiz, taqdirimizga endi qanday qismat bitilgan ekan?

Bu jannatmakon diyorning tog‘larida juda ko‘p dorivor o‘simliklar bitadi.

    1. Har tomonga shoxlab ketgan o‘rik tagida biroz gaplashib turishdi.

Ho‘kizning shoxlari ko‘ziga juda vahimali ko‘rindi.

    1. Ochiqqan bolalar darrov ovqatlanishga tushdilar.

Qalbida tuygan bu hislarni unga ochiq ayta olmas edi.

    1. Oybek o‘ychil va sermulohaza nosir, shuningdek, tuyg‘un shoir hamdir.

Kishilar o‘rtasidagi iliq munosabatlar mehr- oqibat tuyg‘usini tarbiyalaydi.



  1. Tarkibida sifat, ot va fe’l turkumiga oid yasama so‘zlar ishtirok etgan gapni aniqlang.

    1. Shoirning qalbi samimiy va beg‘ubor tuyg‘ulardan oziqlansa, uning ijod daraxti gurkirab bo‘y cho‘zadi.

    2. Endi uni harbiy mashq va ta’limning mashaqqatli sinovlari, yangi kasb, yangi do‘stlar kutmoqda edi.

    3. Tal’at shimining cho‘ntagidan taroq olib, sochini tekislarkan, tag‘in jilmaydi.

    4. Ertalabki choy ustida picha hangomalashgach hammamiz yo‘lga otlandik.




Yüklə 118,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin