Yasama ot va yasama sifat


Quyidagi gapda tushirib qoldirilgan



Yüklə 118,81 Kb.
səhifə2/2
tarix07.01.2024
ölçüsü118,81 Kb.
#211662
1   2
Davron Akbar 2-etaplik test uchun

Quyidagi gapda tushirib qoldirilgan


qo‘shimchalar haqida berilgan to‘g‘ri javobni aniqlang.
Hayot − ulug‘ ne’mat, bu ne’mat… o‘z vaqti… to‘g‘ri foydalana olishimiz, ya’ni kuch-g‘ayratimizni ezgu ishlarga, bunyodklorlikka sarflashimiz lozim.

    1. chiqish va jo‘nalish kelishigi

    2. chiqish va o‘rin-payt kelishigi

    3. qaratqich va o‘rin-payt kelishigi

    4. tushum va o‘rin-payt kelishigi

  1. tuyaday bo‘y(1) beribdi-yu, tugmaday o‘y(1) bermabdi senga.

Ushbu gapda raqamlab ko‘rsatilgan so‘zlarning


shakldoshi qatnashgan gaplarni aniqlang.

    1. 1. Shoirning qalbi beg‘ubor tuyg‘ulardan oziqlansa, uning ijod daraxti bo‘y cho‘zadi;

      1. Ular hozircha kovlab kirolmabdilar, lekin allaqancha yerni o‘yib yuboribdilar.

    2. 1. Axir baliq ham suvga intiladi, ko‘kat yorug‘lik sari bo‘y cho‘zadi;

      1. Nuri goh sevinib, goh ma’yus holda o‘ylar girdobiga botardi.

    3. 1. Anvar qizining to‘zg‘igan sochlarini to‘g‘rilab, kokillarining muattar bo‘yini hidladi;

      1. Yerni o‘yishdi, lekin ular kutgan oltinlar bu yerda yo‘q edi.

    4. 1. Atirgullarning bo‘yi atrofga taralar edi, bog‘bon esa ketmoni bilan yo‘lga tushdi.

      1. Podsho goh kulib, goh jiddiy, goh o‘y bilan quloq soldi.




  1. Qaysi javobda yasama mavhum otlar ikki o‘rinda qatnashgan?

    1. U sevinchini ichiga sig‘dirolmay hamma bilan qadrdonlarcha ko‘risha boshladi.

    2. Dunyoning ishlari ko‘p qiziq ekan: quvonch va qayg‘u hamisha yonma-yon yuradi.

    3. Bilim ado bo‘lmas boylikdir, shuning uchun yoshlik chog‘ingdan bilim olish payida bo‘l.

    4. Tinchlikning ortida turadigan eng asosiy omillardan biri bu – bilim va tarbiya hisoblanadi.




  1. Berilgan qaysi maqolda otdan yasalgan sodda yasama so‘z mavjud?

    1. Do‘stingga rost gapir, Dushmaningga − maqtanib.

    2. Qaynoq sut ichib og‘zi kuygan Qatiqni ham puflab ichar.

    3. Chillasi chiroq ko‘rmaganning Sochi taroq ko‘rmas.

    4. Bir etikka ikki oyoq sig‘mas, Bir yurakka ikki muhabbat.
  1. O‘zaro ma’nodoshlik hosil qila oladigan


so‘zlarni aniqlang. A)


B)



C)



D)




  1. Otlarning tuzilishiga ko‘ra faqat bir turi

qatnashgan javobni aniqlng.


    1. Tomoshabinlar unga qarata guldastalar otishdi, lekin u gullarga e’tibor bermay sahnani bir aylanib chiqdi.

    2. Biz va siz tuproqqa aylanamiz, lekin kitoblar toshdan yasalgan haykallar kabi abadiy saqlanadi.

    3. Ota-onangiz, qavm-qarindoshlaringiz,

yor-birodarlaringizning ahvolini so‘rashni, ularni yo‘qlashni unutmang.

    1. Kitoblar o‘zining qimmatbaho yukini avlodlardan avlodlarga avaylab eltuvchi tafakkur kemalaridir.

  1. O‘g‘lim, ko‘ngil buyurgan ishdan zaruri bo‘lmaydi, ko‘ngilga quloq tuting.

Ushbu gapdagi buyurgan so‘zi qaysi gaplarda ajratib ko‘rsatilgan so‘z bilan shakldoshlik hosil qiladi?

  1. Men hazrati oliylari buyurgan madrasa tarhini chizish bilan bandmen.

  2. Dangasa odam buyurgan nasibasidan ham quruq qoladi.

  3. Ba’zan yugurganing befoyda, buyurgan bo‘lsa, erishasan.

  4. Tortinmang, olavering, shularning hammasi sizga buyurgan ekan.

A) 1, 2, 4 B) 1, 2, 3 C) 1, 3, 4 D) 2, 3, 4
  1. Qaysi javobda ma’noli qismlari asos +


lug‘aviy shakl yasovchi + so‘z yasovchi + sintaktik shakl yasovchi tartibida joylashgan ot turkumiga oid so‘z qatnashgan?

    1. Surayyoning peshonasiga qo‘limni qo‘yib qo‘rqib ketdim: isitmasi nihoyatda baland.

    2. Qishloqdagi do‘konlarda oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak va hattoki yoqilg‘i sotiladi.

    3. Qizg‘anchiqdan sen saxovat kutma.

    4. Ko‘z-ko‘z qilma, ko‘z tegar, Maqtanchoqqa so‘z tegar.

  1. Qaysi javobda tub va yasama shaxs otlari

qatnashgan?


    1. Yurtimizga kelgan har bir sayyoh uni sevib qoladi, chunki xalqimiz juda samimiy va mehmondo‘st xalqdir.

    2. Insonning eng yaxshi tarbiyachisi kitob, eng qattiqqo‘l tarbiyachisi − hayot.

    3. Ijodkor o‘z qalbidagi eng go‘zal tuyg‘uni − o‘zidan o‘zgani samimiyat bilan sevish tuyg‘usini − tasvirlay olgan.

    4. Gar oqilsan, do‘stdan o‘girma yuzing, Dushman jur’at etmas o‘ymoqqa ko‘zing.
  1. Qaysi raqamda berilgan gaplarda ajratib ko‘rsatilgan so‘zlar ko‘chma ma’noda qo‘llangan?


  1. Dengiz moviy osmonning olis etagiga tutashib ketgan.

  2. Bulut bugun o‘zining ko‘kish ko‘ylagini erinmay yuvishga tushdi, shekilli, yomg‘ir tinay demasdi.

  3. Achchiqtosh xalq tabobatida keng qo‘llanib kelingan.

  4. Suhbat birdan jonlanib ketdi, hamma o‘z fikrini dadil o‘rtaga tashlay boshladi.

  5. Otning porlab turgan qop-qora ko‘zlari qizning qalbini zavqqa to‘ldirib yuborgan edi.

  6. Kishilar o‘rtasidagi iliq munosabatlar mehr- oqibat tuyg‘usini tarbiyalaydi.

A) 2, 4, 6 B) 1, 3, 5 C) 2, 3, 4 D) 1, 2, 6



  1. Imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini aniqlang.

    1. murojatnoma, taassurot, baxt-saodatli

    2. tafovut, muruvvat, tarjimayi hol

    3. sivilizatsiya, tassuf, qanoatsiz

    4. ihtiyoriy, qadriyat, umumiste’mol




  1. Quyidagi qaysi raqamda berilgan so‘zga so‘z yasovchi qo‘shimcha qo‘shilishi lozim?

Bu yer…ga(1) suv chiq…sak(2), suv…gan(3) ekinlarga jon baxsh etgan bo‘lamiz, vodiy yanada yashna…(4) ketadi.

    1. 1 B) 2 C) 3 D) 4




  1. Quyidagi gapda qatnashgan otlar haqida xato

ma’lumot berilgan javobni aniqlang.


Bizning eng bebaho ma’naviy boyligimiz ota-bobolarimiz aql-zakovatining mahsuli bo‘lgan, ularning dahosi mujassamlashgan
noyob asarlardir, bunday merosga ega xalqlar esa dunyoda ko‘p emas.

    1. Shaxs va narsa otlari qatnashgan.

    2. Otlarning tuzilishiga ko‘ra ikki turi qatnashgan.

    3. Tub va yasama shaxs otlari qatnashgan.

    4. Aniq va mavhum otlar qatnashgan.

  1. Yashash uchun foydali mehnat qilishni anglash insoniylikning birinchi shartidir.

Ushbu gapda qatnashgan yasama so‘zlar
haqidagi to‘g‘ri ma’lumotni toping.

    1. Sodda yasama sifat fe’ldan yasalgan.

    2. Fe’ldan yasalgan ot qatnashgan.

    3. Sodda yasama fe’llar otdan yasalgan.

    4. Sondan yasalgan sifat qatnashgan.

  1. Qovurdoq antiqa bo‘lgan ekan, ochig‘ini aytsam, bunaqa shirin go‘shtni umrimda yemagan edim.

Ushbu gapda qanday turdagi qo‘shimcha qatnashmagan?

    1. ot yasovchi qo‘shimcha

    2. sifat yasovchi qo‘shimcha

    3. lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimcha

    4. fe’l yasovchi qo‘shimcha

  1. Quyida berilgan gapda qatnashgan yasama so‘zlarning miqdorini aniqlang.

Bugungi dasturimizda iqtisodchilar, muhandislar, huquqshunoslar, dasturchilar, shifokorlar va o‘qituvchilar ishtirok etadi.

    1. 4 B) 5 C) 6 D) 7







Yüklə 118,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin