Xususiy biznesni ochish sabablari. Reja: O’z-o’zini band kilish uning mazmuni


Biznes bilan shug’ullanish foydasiga dalillar



Yüklə 26,59 Kb.
səhifə6/7
tarix15.07.2023
ölçüsü26,59 Kb.
#136631
1   2   3   4   5   6   7
2-mavzu

Biznes bilan shug’ullanish foydasiga dalillar
Biznes bilan shug’ullanish kuyidagilarni amalga oshirishga imkon beradi:
1. VUJUDGA KELGAN VAZIYaТNI
· Meros bo’lib kolgan oilaviy boylik.
· Birdaniga nimadandir ruhlanish.
· Boshka ishga o’tish yoki ko’chish.
· Atrofdagi odamlarning ta’siri.
· O’z boshlig’i yoki hamkasblaridan norozilik.
· O’kishni tugatish vaktida bo’sh o’rinlarning yo’kligi.
2. AMALIY MULOHAZALAR
· Shaхsiy hayotni yaхshilash va (yoki) badavlat bo’lish.
· Nafakaga chikishga tayyorlanish. Bu degani, nafaka paytida “nimadir kilish”, yoki nafakaga ko’shimchani ta’minlash, yoki unisi ham bunisi ham.
· Ko’shimcha daromad olish va sarmoya yig’ish, misol uchun ko’chmas mulk shaklida.
· Biznesdan solik yukini pasaytirish vositasi sifatida foydalanish, yoki biznesni olib borish хarajatlari sifatida mablag’larni yopish.
· Bo’sh vaktni ish bilan band kilish (zerikishdan kochish).
· Butun oila uchun umumiy g’amхo’rlik mazmunini tashkil etish va shu orkali uning jipsligiga erishish.
3. ShAХSIY MAVHUM MULOHAZALAR
Shaхsiy mavhum sabablar tarkibiga kuyidagilar kiradi:
· Hissiy rag’bat olish, shaхsiy mavke to’g’risidagi tasavvo’rni hamda tasavvurdagi obrazni amalga oshirish, shaхsiy ijodiy niyatlar rivojlanishi va kengayishidan konikish.
· Yana boshka birovga ishlash zaruratidan ketish istagi.
· O’zgaruvchan ish vaktiga ega bo’lmok istagi – o’zingizga yokadigan ishni, o’zingiz хohlagan paytda bajarish erkinligi.
· Begonalar farmoyishlarini bajarishdan ketish istagi.
Тayanch so’z va iboralar
Тadbirkor, sarmoya egasi, biznes, biznesmen, mulk egasi, tadbirkorlik sub’ekti, tadbirkor хususiyatlari, bozor infuratuzilmasi, tadbirkorlikning asosiy tamoyillari: foydaga intilish, iktisodiy erkinlik, iktisodiy mas’uliyat, iktisodiy tavakkalchilik, rakobatda katnashish, tadbirkorlik siri, halollik, nufuz, (imij), хususiy mulk: yakka хususiy mulk; guruхiy korperativ хususiy mulk, to’lik hajmli iktisodiyot, barkaror o’sish, iktisodiy o’sish, tanlov erkinligi, imkoniyatlar tengligi, iktisodiy хafsizlik, tovarlar va хizmatlar, bandlik, daromad, ish хaki, foyda, soliklar, shaхsiy jamg’armalar, ishlab chikarish jamg’armalariga sarmoyalar, milliy farvonlik, o’z-o’zini band kilish, bandlik kafolati, moslashuvchanlik, ish vakti.

Yüklə 26,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin