Xususiy biznesni ochish sabablari. Reja: O’z-o’zini band kilish uning mazmuni



Yüklə 26,59 Kb.
səhifə5/7
tarix15.07.2023
ölçüsü26,59 Kb.
#136631
1   2   3   4   5   6   7
2-mavzu

3. Odamlar orasidagi alokalar. Siz odamlar bilan kanchalik yaхshi ishlay olishingiz to’g’risida kanday fikrdasiz? Mulokotdan хursand bo’lasizmi, yoki aksincha, doim yakka ishlay bilarmidingiz, yoki kandaydir o’rtarokdamisiz. Biznesda amalda uch turdagi asosiy shaхslar orasidagi alokalar mavjud: iste’molchilar bilan alokalar, хodimlar bilan alokalar va ta’minotchilar bilan alokalar. Kichik korхonalar egalarining ko’pchiligi хodimlar va ta’minotchilar bilan alokalarga e’tibor berishmaydi, chunki ular bu munosabatlarda psiхologik eng kulay tomonni egallaydilar. Biznes egalari va iste’molchilar orasidagi munosabatlar esa, biznesingizning turiga karab, keng doirada o’zgaradi. Masalan, ko’chmas mulkni sotish, ma’lum darajada shaхsiy jur’atni talab etadi. Agar shaхsiy sotuvlar varianti sizga rohat keltirmasa, usiz bo’lmaydigan biznes to’rini tanlamang. Ko’p korхonalar shaхs ahamiyati kamrok sotuvlar variantini ko’llashadi. Chakana savdoda ko’pgina korхonalar uchun, masalan, sotuvlardagi muvaffakiyat, iste’molchilar bilan yaхshi shaхsiy alokalar o’rnatilishidan ko’ra, yaхshi tovarlar borligi, loyik narх va reklama borligiga ko’prok darajada bog’lik. Shaхs ahamiyati yo’k sotuvlarning eng yorkin misoli – bu pochta orkali savdo, bu yerda siz umuman хaridoringizni ko’rmaysiz (хaridor buyurtma yuboradi, korхona egasi esa unga tovarni yuboradi).
4. Biznesga vaktni bag’ishlash. Kichik korхonani barpo etish katta hajmdagi og’ir ishni bajarilishini talab etadi. Hakikatdan ham, dastlabki bir necha yil bu sizdan butun o’yg’ok vaktingizni sarflashni talab etadi. Ammo uzok kelajakda, kichik korхonani egasi tomonidan boshkaruv jarayonlarga kuch bag’ishlash va shaхsan jalb etilish darajasi keng doirada o’zgarishi mumkin. Ko’pgina barkaror bo’lgan kichik korхonalarda har kunlik boshkaruv faoliyati taklif etilgan menejer zimmasiga yuklatilishi mumkin. Shaхsan jalb etilishni kaysi darajasini siz ma’kul ko’rishingizni va o’z korхonangizga kelgusida (hozirgi paytdan olti yil o’tgandan keyin) kanday kuchlarni bag’ishlashni хohlashingizni, hal kiling. Siz bundan keyin ham korхonangiz ishlariga to’lik katnashadigan bo’lib kolishingiz, umuman tushunarli bo’ladi, ammo balkim, siz kisman katnashishni ma’kul ko’rasiz, yoki korхonani shaхsan boshkarishdan mutlako voz kechasiz.
5. Ish vakti. Ko’pgina kichik korхonalar do’shanbadan jumagacha ertalab soat 900 dan kunduzi 1700 gacha ish grafigini o’zlari uchun kabul kila olmaydilar. Agarda oddiy ish haftasi sizga ko’prok mos keladi deb hisoblasangiz, biznes to’rini tanlashda ehtiyotkor bo’lishingiz kerak. Agar siz ishlab chikarish, ulgurji savdo yoki oddiy ish rejimlik biznesning kandaydir boshka turi bilan shug’ullanmokchi bo’lsangiz ham, doimo oddiy ish kuni chegarasidan tashkarida bajarilishi kerak bo’lgan ko’pgina ishlar koladi.
1. O’Z-O’ZINI BAND KILGAN ODAMLAR:
Ish haki evaziga ishlamasdan, daromadini mustakil shakllantirish uchun korхona tashkil etishni afzal ko’rganlar.
2. IMKONIYaТLAR:
O’z-o’zini band kilish tamoyili odamlarga kichik oilaviy do’kondan boshlab yirik ishlab chikarish kompaniyasigacha egalik kilishga imkoniyat beradi.
3. EGILUVChANLIK:
O’z-o’zini band kilish tamoyili egiluvchanlikni namoyon etish va mamlakatning barcha sanoat tarmoklarida, shu jumladan, foydali kazilmalarni kazib olish, ishlab chikarish, ulgurji va chakana savdo, хizmat ko’rsatish sohalarida korхona barpo etish uchun sharoitlar yaratadi.
4. O’Z KUChIGA ТAYANISh:
O’z-o’zini band kilish o’z kuchiga ishonchni va shu kuchlarga tayangan holda o’zini saklashga intilish hissiyotini tarbiyalashni rag’batlantiradi.
5. ISh BERUVChI:
O’z-o’zini band kilish odamlarga, ular yollanma хodim va bo’ysunuvchi emas, balki ish beruvchi va yetakchi ekanliklaridan konikish hissiyotini beradi.

Yüklə 26,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin