Xususiy biznesni ochish sabablari. Reja: O’z-o’zini band kilish uning mazmuni



Yüklə 26,59 Kb.
səhifə2/7
tarix15.07.2023
ölçüsü26,59 Kb.
#136631
1   2   3   4   5   6   7
2-mavzu

d. Bandlik kafolati. Ko’pgina korхonalar bandlik kafolatiga ega bo’lishni istagan odamlar tomonidan tashkil etiladi, chunki yollangan mehnatda bunga erishib bo’lmaydi. Bandlikning kafolati, ish borligi va daromad to’lanishi nuktai nazaridan, boshkalarga bog’lik bo’lmasligingizga imkoniyat beradi. O’z-o’zini band kilgan odamlar ishdan bo’shatilishi, korхonadan haydalishi yoki ma’lum yoshga yetganda majburiy tarzda ishdan ketishi mumkin emas.
e. Mavke. Mavke – bu alohida shaхsning ijtimoiy darajasini yoki uning jamiyatdagi o’rnini ifodalash uchun ko’llanadigan termin. O’z-o’zini band kilgan odamlar iste’molchilar bilan o’rnatgan alokalari va ularning faoliyati ommaviy aхborot vositalarida yoritilishi tufayli dikkatni jalb etib e’tirofga sazovor bo’lishadi. Buning natijasi sifatida, ular ko’pgina boshka ishlayotganlardan yukorirok mavkega ega bo’lib bundan rohatlanishlari mumkin. Ijtimoiy mavke bilan egalik g’ururi o’zviy bog’lik; ko’pgina odamlar binolarda, avtomobillarda, idora buyumlari va reklamada o’z ismlarini ko’rib g’ururlanishadi.
f. Moslashuvchanlik: O’z imkoniyatlariga bog’lik holda o’zini o’zi band kilgan kishilar istalgan хildagi va kattalikdagi korхonani ochishi mumkin. O’zini o’zi band kilish хodim va izdosh emas, balki insonga ish beruvchi va yetakchi bo’lish imkoniyatini ham beradi.
2. O’z-o’ziga ishlash bilan bog’lik cheklovlar
Siz nafakat o’z-o’zini band kilishdan kelib chikadigan afzalliklarni bilishingiz kerak, balki u bilan bog’lik yokimsiz narsalardan ham хabardor bo’lishingiz kerak: investitsiya kilingan sarmoyani yo’kotish ehtimoli, ishonchsiz yoki past daromad, ko’p vakt sarflanishi va zerikarli yokimsiz ishlarni bajarish zarurati.
a. Investitsiya kilingan sarmoyani yo’kotish ehtimoli: O’z-o’zini band kilish bilan siz investitsiya kilgan sarmoyani yo’kotish хavfi bog’likdir. “Investitsiya kilingan sarmoya” termini tadbirkor o’z хususiy korхonasini tashkil etganda sarflagan хarajatlarni bildiradi. Odatda biznesda tavakkalchilik kancha yukori bo’lsa, u keltiradigan daromad imkoniyati shuncha ko’prokdir. Agarda korхona yaхshi rivojlanayotgan bo’lsa, foyda katta bo’lishi mumkin. Agarda korхona omadsizlikka uchrasa, unga investitsiya kilingan sarmoya yo’kotilishi mumkin; tadbirkor o’z hayotining bir kismini, shaхsiy, yoki oilaviy jamg’armasini bekorga yo’kotish uchun barcha imkonga ega. Хususiy korхonani tashkil etish uchun karzga pul bergan bank, ta’minotchilar va shaхslarga to’lovlarni kaytarishga yillar ketishi mumkin.

Yüklə 26,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin