Xorijiy til



Yüklə 289 Kb.
səhifə1/6
tarix31.12.2021
ölçüsü289 Kb.
#49729
  1   2   3   4   5   6
3-k ишчи дастур



О’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA О’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI

Tasdiqlandi”



О’quv ishlari bо’yicha prorektor

_________dots. R.A.Mullajonov

2021 yil “___” avgust

XORIJIY TIL”



(FRANSUZ TILI) fanining

ISHCHI О’QUV DASTURI

(3 kurs sirtki)


Bilim soxasi:

100000



Gumanitar soxa

Ta’lim soxasi:

110000



Pedagogika

Ta’lim yunalishlari:

5110700



Informatika о’qitish metodikasi

Umumiy о’quv soat – 356 soat

Shu jumladan:



Amaliy mashg’ulotlar – 96 soat

(1-smester– 16 soat, 2-smester-16 soat, 3-smester-16 soat, 4-smester-16 soat, 5-smester-16 soat, 6-smester-16 soat)



Mustakil ta’lim soati – 260 soat

(1-smester– 44 soat, 2-smester-44 soat, 3-smester-44 soat, 4-smester-44 soat, 5-smester-44 soat, 6-smester-40 soat)


Andijon-2021 y.

Fanning ishchi о’quv dasturi О’zbekiston Respublikasi Oliy va о’rta maxsus ta’lim vazirligi 2018 yil “14” iyundagi 531 sonli buyrug’i bilan (buyruqning

1 ilovasi) tasdiqlangan “Xorijiy til” fani dasturi asosida tayyorlangan.
Ishchi о’quv dasturi Andijon davlat universiteti Kengashining 2020 yil __ avgustdagi “__” sonli bayoni bilan tasdiklangan.



Tuzuvchilar:







Y.Mirzaaxmedova



AndDU, Fakultetlararo chet tillar (aniq va tabiiy fanlar)kafedrasi mudiri

N.Xasanboyeva



AndDU, Fakultetlararo chet tillar (aniq va tabiiy fanlar)kafedrasi о’qituvchisi


Taqrizchilar:















A.Mamatkulov



AndDU, Chet tillar fakulteti dekani, filologiya fanlari nomzodi, dotsent

A.Mamadaliyev



AndDU, “Fransuz tili va adabiyoti” kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi, dotsent

AndDU Chet tillar fakulteti dekani:

2021 yil “___”____________ F.f.f.d dotsent D.A.Rustamov


Fakultetlararo chet tillar (aniq va tabiiy fanlar) kafedrasi mudiri:

2021 yil “___”____________ F.f.f.d PhD D.N.Satimova






  1. О’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi о’rni

О’zluksiz ta’lim tizimining chet tillar bо’yicha davlat ta’lim standartidagi “Chet tillar bо’yicha ta’limning barcha bosqichlari bitiruvchilarining tayyorgarlik darajasiga qо’yiladigan talablar”ga muvofik oliy ta’lim muassasalarining ixtisosligi chet tili bо’lmagan fakultetlari bitiruvchilari chet tili bо’yicha B2 darajasini egallashlari belgilab berilgan.

Xorijiy til fan dasturi mazmun-mohiyatiga kо’ra umumiy ilmiy (akademik) til kо’nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan, talabalarning bо’lg’usi kasbiy faoliyatlarida foydalanadigan til kompetensiyalarini rivojlantirishga moslashtirilgan. Mustaqil ta’lim talabalarda tildan erkin foydalanish kо’nikma va malakalarini egallash motivatsiyasini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan.

Ushbu dastur “Xorijiy til” fanini о’qitish davrida talabalarning umumiy, akademik va kasbga yо’naltirilgan til kо’nikma va malakalarini rivojlantirishga qaratilgan. Xorijiy tilni о’rganishning mustaqil muloqot (V2) darajasi talabalarda kо’proq akademik va kasbga yо’naltirilgan til kо’nikmalarini rivojlantirishni taqozo etadi.


  1. О’quv fanining maqsadi va vazifasi

Xorijiy tilni о’rgatishdan asosiy maqsad - bо’lg’usi mutaxassislarda kundalik xayotlari, ilmiy va kasbiy faoliyatlarida chet tili yoki bir necha tillardan erkin foydalanuvchi mutaxassislarni tayyorlash. Shu bilan birga, ularda vatanparvarlik xissini rivojlantirish, mustaqil izlanish, bilim va kо’nikmalarini darsdan tashqari, OTMni bitirganlaridan keyin ham rivojlantirish malakalarini hamda umumbashariy va sohaga oid ilmiy mavzularda mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishdan iborat.

Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar ilgari suriladi:



  • talabalarning nutqiy (о’qish, yozish, tinglab tushunish, gapirish), til (leksik, grammatik), ijtimoiy-madaniy va pragmatik kompetensiyalarini DTSi talablariga binoan rivojlantirish;

  • ilmiy, kasbiy va maishiy faoliyatga bog’liq mavzular yuzasidan og’zaki va yozma ravishda bayon etish kо’nikma va malakalarini rivojlantirish;

  • umumbashariy va milliy qadriyatlar bilan tanishtirish, madaniyatlararo bag’rikenglik va millatlararo hamdustlik hislarini singdirish;

  • ilmiy va kasbiy faoliyatda qо’llaniladigan termin va atamalarni о’rgatish;

  • talabalarning ilmiy va sohaviy yо’nalishlaridan kelib chiqqan xolda mustaqil ishlarini tashkil etish.

Fan bо’yicha talabalarning bilim, kо’nikma va malakalariga quyida keltirilgan talablar quyiladi. Davlat ta’lim standartlariga kо’ra chet tili bо’yicha B2 daraja bitiruvchilari tayyorgarligi darajasiga quyiladigan talablar asosida quyidagi kompetensiyalarni egallash kо’zda tutilgan.


Yüklə 289 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin