“Xalqaro bank ishi va moliya” фани 1-mavzu. Globalizatsiya va xorijiy firmalar. Xalqaro valyuta tizimlari


Bank to‘lovlari texnologiyasi ikkita operatsiyadan iboratdir



Yüklə 45,12 Kb.
səhifə10/12
tarix07.01.2024
ölçüsü45,12 Kb.
#209747
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
1-mavzu. Xalqaro bank moliya (1)

Bank to‘lovlari texnologiyasi ikkita operatsiyadan iboratdir:
1) bank-korrespondentga xabar (avizo) jo‘natib, ma’lum yuridik va jismoniy
shaxsga ma’lum summani o‘tkazish bo‘yicha topshiriqnoma berish orqali;
2) to‘liq hisob-kitob, ya’ni pulni (transferni) amalda o‘tkazib berishdan iboratdir.
Uzil-kesil hisob deganda – to‘lovchi (misol uchun, importyor firmaning) hisobidan korrespondent bankning hisobi orqali oluvchi (misol uchun, eksportyor
firmani) hisobiga pul mablag‘ini harakati yoki kelib tushishiga aytiladi. Pul mablag‘larini o‘tkazib berish juda ham kamdan-kam holatlarda naqd valyutani
harakati bilan amalga oshiriladi. Hamma vaqt ham pul o‘tkazib berishlar oddiy buxgalteriya yozuvlari shaklida o‘z timsolini topadi. Sotib oluvchi, ya’ni to‘lovchi hisobidan pul chiqariladi (uni hisobi debetlanadi), sotuvchi, ya’ni pul oluvchining hisobi (kreditlanadi), ya’ni pul unga yoziladi.
Hisob-kitoblarni ikkita bazasi (asosi) mavjud. 1. Rambursirovaniya (qoplab berish). Xorijiy bank mijoz-firmaning(importyorning) talabi bo‘yicha uning hisobidan zurur summani, eksportyor Tovar xaqqini to‘lab berish uchun, ushbu bankning mijozi hisoblangan (O‘zbekistonlik eksportyor uchun) O‘zbekiston bankining loro hisobiga pul o‘tkazib beradi, ya’ni pul tushiriladi. Shundan keyin u bank O‘zbekistondagi korrespondent-bankga, unga zarur summani (rambursiroval) qoplabergani to‘g‘risida xabar (avizo) jo‘natadi. Bu xabarni olib, O‘zbekistondagi bank, xorijiy valyutadagi tegishli summani eksportyorni dastlab transit, so‘ngra valyuta hisob raqamiga yoki uning xohishiga va topshiriqnomasiga ko‘ra, dollarni o‘zbek so‘miga konvertatsiya qilib uni eksportyorning hisob raqamiga tushirib beradi.
2. Debetlash. Rambursirlashga nibatan debetlash teskari tartibda amalga
oshadi. Misol uchun, AQSHdan tovarlar import qilinayotganda O‘zbekistondagi
importyorni banki, eksportyorni Amerikadagi bankiga uning loro hisobidan tovar
sotib olish uchun zarur summani ko‘chirishga (debetlashga) ko‘rsatma beradi. Oldindan
u O‘zbekistondagi importyor firmani valyuta yoki hisob raqamidan tegishli summani
ko‘chiradi. Bu xabarni olib Amerika banki olingan summani o‘zining mijozi bo‘lgan
eksportyorning hisob raqamiga tushiradi (kreditlaydi).

Yüklə 45,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin