“Xalqaro bank ishi va moliya” фани 1-mavzu. Globalizatsiya va xorijiy firmalar. Xalqaro valyuta tizimlari


Ofshor banklar quyidagi oʼziga xos tomonlarga ega



Yüklə 45,12 Kb.
səhifə7/12
tarix07.01.2024
ölçüsü45,12 Kb.
#209747
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1-mavzu. Xalqaro bank moliya (1)

Ofshor banklar quyidagi oʼziga xos tomonlarga ega:
•bankni roʼyhatdan oʼtkazgan davlatlarni rezidentlari bilan ishlash
huquqiga ega emaslik;
•roʼyhatdan oʼtish uchun toʼlanadigan ustav kapitali miqdori, boshqa
davlatlarga nisbatan ancha past boʼladi;
•bank soliq toʼlovlaridan toʼliq ozod etilgan boʼladi;
•ofshorda rezerv saqlash va boshqa bank normalari boʼyicha talablar, boshqa davlatlarga nisbatan juda ham kam talab etiladi, davlatdan tashqari operatsiyalar boʼyicha valyuta nazorati butunlay mavjud emas.
Quyidagi ofshor banklar Jahon iqtisodiѐtida katta ahamiyatga ega: Men, Gernsi va Djersi orollari, Bagam orollari, Sent-Kristofer va Nevis Federatsiyasi, Niderlandiyaning Аntil orollari, Аrubi (Italiya mafiyasining anʼanaviy makoni), Kayman orollari, Qarib davlatlariga tegishli Terksa va Kaykosa orollari, Britaniyaning Virgin orollari, ofshor biznesining beshigi hisoblangan Panama va nihoyat bizga yaqin boʼlgan Kipr davlati. Keyingi vaqtda ofshor biznesi dongi chiqqan Shveytsariyaning xususiy banklari orqali keng rivojlanmoqda.
Kayman orollarida 500 dan oshiq ofshor banklar va 1300 ta sugʼurta kompaniyasi, Jahonning 50 ta yirik banklarini 43 ta filial va ―shoʼʼba‖ banklari roʼyhatdan oʼtkazilgan. Kayman orollaridagi bank filiallarida toʼplangan deposit omonatining jami miqdori astronomik summaga yetib, 150 mlrd. dollarni tashkil etmoqda. Gonkongda xorijiy banklarning 1,5 mingdan oshiq filiallari amal qilmoqda.
Hozirgi sharoitda Jahon trasmilliy kapitalining bironta ham moliyaviy chizmasi ofshor banklarini ishtiroksiz, umuman amalga oshirilmaydi.
Jahon bank tizimi oʼzida butun planeta tarmogʼini mujassam aks ettiradi, qaysiki uning boʼgʼunlarida – xalqaro moliyaviy markazlar – yirik TMB va uning filiallari toʼplangan (ѐki yigʼilgan). Har bir global va yirik TMB oʼzining filial tarmoqlari va shoʼʼba banklariga ega hamda ular Jahon davlatlarining katta qismida faoliyat koʼrsatmoqda. Bu tarmoqlar tizimdagi moliyaviy oqim uchun magistral quvur xizmatini oʼtaydi.
Transmilliy va eng avvalo, milliy banklarga hududiy va tarmoq banklari korrespondentlik munosabatlari tizimi orqali ulangan, ularni soni juda ham koʼp.
Xalqaro faoliyat maʼlum bir tashkiliy ishlarni talab etadi. Odatda,
bankning bosh ofisida ixtisoslashgan xalqaro departament amal qiladi. Unchalik
katta boʼlmagan banklarda boʼlim ѐki guruh boʼlishi mumkin.
Endi banklarni xorijiy vakolatxonalari, filiallari va ―shoʼʼba banklari faoliyatini tahlil qilishga oʼtamiz.
1. Xorijiy vakolatxonada, odatda, shtatlar uncha katta boʼlmaydi, bitta
tajribali mutaxassis va kotibdan iborat boʼladi. Ular mahalliy banklar bilan
korrespondentlik munosabatlari toʼgʼrisida kelishishadi, mahalliy moliya bozori
toʼgʼrisida maʼlumot yigʼishadi. Baʼzi bir davlatlarda xorijiy banklarni
filiallari va vakolatxonalari ochilishi taqiqlangan. Koʼpincha vakolatxonalar ishi
filial ochilishi bilan davom etadi.
2. Xorijiy bank filiallari oʼzining operatsiyalari boʼyicha mustaqil banklarga oʼxshab ketadi. Ular mustaqil ravishda xodimlarni jalb qiladi, deposit va omonatlar qabul qiladi, kreditlar beradi va mahalliy moliya bozorida ish yuritadi. Filiallar ota bank (bosh bank) topshirigʼi boʼyicha xalqaro operatsiyalarni amalga oshiradi. Biror bir davlatda filial ochish uchun qabul qilaѐtgan davlatni hukumati va markaziy banki ruxsatnomasi boʼlishi zarur.
Xalqaro bank operatsiyalarini toʼrtda katta guruhlarga boʼlish mumkin:
.
Xalqaro bank operatsiyalari va xizmatlari
Toʼrtinchi guruh turli tuman bank xizmatlarini tashkil qiladi va ular xalqaro nokredit operatsiyalari deb ataladi. Hozirgi paytda bu zamonaviy banklarga bu xizmatlar sezilarli darajada daromad keltiradi. Buning tarkibiga valyuta, fond va derivativ bozorlardagi ishlar hamda anderrayting, moliyaviy konsalting, moliyaviy bozor marketinggi va boshqalar kiradi.

Yüklə 45,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin