“Xalqaro bank ishi va moliya” фани 1-mavzu. Globalizatsiya va xorijiy firmalar. Xalqaro valyuta tizimlari


Xalqaro bank operatsiyalarining turkumlanishi



Yüklə 45,12 Kb.
səhifə3/12
tarix07.01.2024
ölçüsü45,12 Kb.
#209747
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1-mavzu. Xalqaro bank moliya (1)

1.2.Xalqaro bank operatsiyalarining turkumlanishi.
Bank faoliyatining rivojlanishi, moliyaviy va texnika resurslaridan samarali foydalanilishiga qarab oʼzining raqiblariga qaraganda yaxshiroq natijalarga erishish imkoniyatiga ega boʼladi.
Jahon tajribasining koʼrsatishicha, universal va ixtisoslashgan banklar faoliyati boshqaruvining oʼziga xos xususiyatlari mavjud. Masalan, universal banklar mahsulotlar va xizmatlarni diversifikatsiyalash, faoliyat sohasini kengaytirish, innovatsion mahsulotlarni gorizontal boʼyicha (joʼgʼrofiy rivojlanish) oʼzlashtirish yoʼli bilan oʼz taraqqiѐtini taʼminlaydilar. Universal banklar faoliyatning turli-tuman yoʼnalishlarini yuritishadi, talabga ega boʼlmagan yoʼnalishlardan voz kechishadi va istiqbolli yoʼnalishlarni rivojlantirishadi.
Faoliyatni rejalashtirish rivojlanaѐtgan bozor sharoitida alohida
ahamiyatga ega boʼladi. Bank rahbariyati bankni boshqarishning samarali vositasi toʼgʼri tashkil etilgan rejalashtirish negizida mashaqqatlarni izchillik bilan bartaraf qilishdan foydalangani holda tanazzulli munosabatlarning murakkab shart-sharoitlariga barham berish imkoniyatiga ega boʼladi. Moliyaviy-iqtisodiy tangliklar oqibatlarini oʼzida sinab koʼrgan rivojlangan mamlakatlar amaliѐti shuni koʼrsatadiki, tanglik sharoitidagi bank faoliyatini rejalashtirishda quyidagi tamoyillarga rioya qilish zarur:
• harakatlarning hujumkorligi (eson-omon qolish uchun muhim boʼlgan muammolarni birinchi navbatda, soʼngra — muhimlarini va boshqalarni hal qilish);
• ustuvor yoʼnalishlarni belgalash (muammolarning bir tizimda kayd kilinishi). Banki uzluksiz faoliyat kursatishi jaraѐnini kullab-kuvvatlashga bevosita taʼsir kursatadigan zaif buginlar va jiddiy elementlarni belgilash, anik, vaktli muddatlarni belgilagan xolda izchil xatti-xarakatlarning puxta rejasini tuzish;
dasturlar, modellar, stsenariylarni ishlab chikish (real imkoniyatlar va axvolning salbiy tomonga karab uzgarishini hisobga olish asosida);
• qarzlarning tartibga solinishiga taʼsir kiladigan tashki va ichki omillar ustidan doimiy nazoratni amalga oshirish, uzgartirishlarni uz vaqtida kiritish.

Yüklə 45,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin